Self-psixologiya doirasida (shaxsiy Men psixologiyasida) himoya shaxsiy
Menning qarama-qarshi bo’lmagan, ijobiy tuyg’ularini qo’llab-quvvatlash vositasi
sifatida ko’rib chiqiladi. Masalan, ikkita bir xil suitsidal maqsadli odam subyektiv
kechinmalar bo’yicha farklanishi mumkin. Bittasi o’zini yomon his qiladi, o’zining
hyech nimaga arzimas mavjudligi uchun gunohkor sezadi. Obyekt munosabatlari
nazariyasi tilida u uni yomon deguvchi internalizasiyalangan obyektlar bilan to’lib
toshgan. Boshqasi o’zini axloqsizdanda ko’ra ichki bo’shlig’i bor, Nuqsonli, xunuk
deb his qiladi. Subyektiv ravishda u o’zini anglashi mumkin bo’lgan internaliza-
siyalangan ichki obyektlardan mahrum bo’ladi.
Alfred Adlerning individual psixologiyasi og’ishgan xulq psixologik
sabablarining ko’plab shakllari tushunishga yordamlashdi. A.Adler asosiy hayotiy
maqsad individuallikni rivojlantirishni belgilovchi asosiy omil deb hisobladi.
Umumiy ko’rinishda - bu boshkalar ustidan ustunlikka erishish maqsadi. Uning aniq
mazmuni o’ta turli-tuman bo’lishi mumkin: hokimlik, go’zallik, boylik, kuch,
mashhurlik, bilimlilik va h.k. ga intilish. Ustunlikka erishish maqsadi o’z zaifligini
boshdan kechirishda tug’iluvchi to’laqonli bo’lmagan tuyg’uga reaktsiya kabi
hayotning birinchi yillarida paydo bo’ladi. Zaiflik to’laqonli emaslik tuygusi sifatida
boshdan kechiriladi. To’laqonli emaslik tuyg’usi Adler fikricha, dastlab 4-5 yoshda
paydo bo’ladi. Uni ikkita asosiy omillar kuchaytiradi. Birinchidan, tug’ma nuksonlar
(sog’likning zaiflashuvi, jismoniy yetishmovchiliklar, o’ta past bo’y), ikkinchidan,
bu-bolani oilada noto’g’ri tarbiyalash (o’ta erkalatish, bolaga muhabbatning
yetishmasligi). To’laqonli emaslik tuygusi bolaning muhit talablarini qay darajada
uddalashiga qaytma proporsionaldir.
43
Ustunlik maqsadiga erishishga yo’nalganlik me’yori boshqa odamlar (umu-
miylik tuyg’usi asosida) bilan hamkorlikka yo’nalish bilan uyg’unlashgan, demak
insonning shaxsiy yutuqlari umuman olganda, odamlarning jamoatchilik hayotini
yaxshilashga xizmat qiladi. Har qanday me’yordagi odamga to’laqonli emaslik
tuyg’usi va unda tug’ilgan o’z-o’zini tasdiqlash (mukammal, tik, ustunlik)ga intilish
o’rtasidagi ichki nizo begona emas. To’laqonli emaslik tuyg’usini yengishning ikkita
asosiy usuli mavjud: kompensatsiya (saqlanganlarini kuchli rivojtantirish hisobiga
buzilgan xislatlar ko’rininishini kamaytirish) va yetishmovchiliklarni yuqori
kompensasiyalash (buzilgan xususiyatni yukori ishlash darajasigacha kuchaytirilgan
mashq olib borish). Tutma ijtimoiy tuyg’ular ham inson zaifligini to’ldiradi. Odamlar
to’laqonli emaslik tuyg’usini kompensasiyalash uchun turlicha yo’llardan
foydalanadilar. Boshqalari esa "qonuniy" usulga murojaat qiladilar-muvaffaqiyat,
hukmronlik, guruhlarga birlashish.
To’lakonli emaslik tuyg’usini etarlicha bo’lmagan yoki axloqsiz tarzda
kompensatsiyalash o’ta o’tkir kechiniladi va to’laqonli emaslik kompleksiga o’tadi.
Bu to’laqonli emaslik niqoblangan ko’rinishida ifodalanuvchi tasavvurlar yoki
harakatlar yig’indisi. A.Adler ko’rsatishicha anomal va me’yoriy ko’rinishlari keng
tarqatdi. To’laqonli emaslik kompleksi bir vaqtning o’zida nafaqat jiddiy
muammolar, balki shaxsiy rivojlanishning ichki rag’bati ham hisoblanadi.
Buzilgan axloq holida to’laqonli emaslik kompleksi teng bo’lmagan xayotiy
ko’rsatma va rivojlanmagan ijtimoiy tuyg’u bilan uyg’unlashadi. Anomal shaxsda
ustun hayotiy yo’nalish umumiylik tuyg’usining paydo bo’lishi va rivojlanishiga
deyarli to’lik karshilik qiladigan yaqqol ifodalangan ustunlikka erishishga intilish
hisoblanadi. Bunday inson odamlarni shaxsiy foydasiga erishish vositasi deb qabul
qiladi, jamiyatda dushman kuchini ko’radi, boshqalar bilan hamkorlikni istamaydi va
kila olmaydi. Bu konfrontasiya jamiyatning har qanday talablariga qarshi e’tirozning
gipertrofik reaktsiyasini namoyish qiladi: boshqalarni hurmat qilish, haqiqatni
gapirish, o’qish va ishlash, boshqalarning haqligini tan olish, minnatdor bo’lish.
Ustunlik g’oyasi bo’ysunish, yerga urish va boshqalarni kamsitish harakatlarini
44
uyg’otadi. Natijada shaxsning mustah-kam salbiy - chidamsizlik, hasad, o’z fikrini
ustun qo’yish, shubhalilik - shaxsning axloqi kabi umuman uning hayotiy yo’lini
aniqlaydigan chiziqlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |