Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit soʻzlar: Til, lison, til siyosati, lisoniy vaziyat, millat, milliy til, adabiy til, 

mustaqillik, polivalentlik, me’yoriylik, umummajburiylik, uslubiylik, etnos. 

 

Annotation. The linguistic situation in Uzbekistan on the event of independence, the 

issues of attention to the language in our country are the basis of research. The situation 

with the Uzbek language in the pre-independence period and in the years of independence 

is analyzed. 

Keywords: language, lison, language policy, linguistic situation, nation, national 

language, literary language, independence, polyvalence, normality, universality, methodology, 

ethnos. 

 

 



Ma’lumki, har bir millatning milliy oʻz-oʻzini anglashida etnosni saqlab 

qolishga  intilish  ham  bor.  Milliy  oʻzlik  va  uni  anglash  unsuridan  bexabar 

millatlar  XX  asrning  birinchi  yarmida  etnik  fojiaga  uchradi.  Ammo  bu  fojia 

sun’iy  faktorlar  asosida  keltirib  chiqarildi.  «Sotsialistik»,  «baynalminal» 

davlatning  milliy  siyosati  shunday  ediki,  har  bir  respublikada  yashagan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

123 


mahalliy millat va elatlar uchun rus tilini oʻrganish majburiy edi. Lekin rus va 

rus  tilida  soʻzlashuvchi  aholida  milliy  tillarni  oʻrganish  uchun  obyektiv, 

subyektiv ehtiyoj yoʻq edi. «Tillar tengligi» faqat nazariy prinsip sifatida qolib 

ketib, amalda esa rus tili ishlatilgan edi. Milliy tillar taraqqiyoti imkoniyatlarini 

cheklash «ruslashtirish» siyosatining bir tomoni boʻlgan. 

Til boʻyicha  siyosat  «barcha  tillar  kelajakda  bir  tilga  aylanib ketishi 

lozim»  degan  gʻayriilmiy,  notabiiy,  mantiqsiz  fikrga  asoslangan  edi.  Shuning 

uchun ba’zi kam sonli xalqlarning milliy tillari, milliy madaniyatlari umuman 

rivojlanmagan.  B.R.  Karimov  va  Q.  Mira’zamov  yozganidek:  «Rossiya 

imperiyasida  rus  tili  davlat  tili  deb  e’lon  qilingan  va  rus  boʻlmagan tillarga 

nisbatan shoministik ... siyosat olib borilgan... Turgʻunlik mafkurasi va 

psixologiyasi hukmronlik qilgan davrda qoʻyilgan shominizm ruhidagi nazariy 

hamda  amaliy  xatoliklar  sababli,  milliy  tillarning  qoʻllanish koʻlami va 

rivojlanishi nuqtayi nazaridan tengligi va teng huquqliligi ta’minlanmadi»[6, 3]. 

Bunday  siyosat  ittifoqdosh  respublikalar  tillarining  milliy  tillariga 

ikkinchi  darajali  til  sifatida  qarashni  shakllantirdi.  Aytish  mumkinki, 

milliytilning  qay  darajada  boyligi  yoki  oʻsha  tilda  qancha  aholi  soʻzlashishi, 

qoʻllanish doirasi masalalari deyarli hech kimni qiziqtirmas qanday yoʻl bilan 

boʻlsa ham goh yashirin-goh  oshkora  ittifoq  hududida  yagana  til 

hukumronligini oʻrnatishga harakatlar olib borilgan. 

Bu harakatlar natijasida rus tili asosiy ish yuritiladigan tilga aylangan 

edi.  Deyarli  150  yil  qaramlik  davrida  oʻzbek  tili  ham  koʻp  aziyat  chekdi. 

Mustamlakachi ma’murlar har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham milliy taraqqiyotni 

boʻgʻishga intildilar.  «Biz  50  yil  tub  joy  aholisini  taraqqiyotdan  jilovladik, 

maktablar  va  rus  hayotidan  chetda  tutdik»,  deb  bejiz  keltirmagan  edi, 

Turkiston general-gubernatori A.N. Kuropatkin [8, 42]. «Oʻlkani ruslashtirish 

rejasini  amalga  oshirishda  rus  tili  va  maktablar katta ahamiyat kasb etishi 

lozim», degan edi general Rozenberg [8, 39]. 

Mustamlakachilikning  uzoq  davri  davomida  barcha  ishlar 

yuqoridagilarning rejasidek ketdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. lekin vaqti-vaqti 




 

124 


bilan  milliy  ozodlik  harakatlari  boʻlib turgan  boʻlsada,  bu  intilishlar  osonlik 

bilan  bartaraf  etildi.  Asosan  mahalliy  aholi  vakillari  yordami  bilan  bu  ishlar 

nihoyasiga yetmay yakunlanar edi. Ammo keyinchalik bunday harakatlar avj 

ola  boshladi.  Turkiston  oʻlkasida  boshlangan  milliy  ozodlik  harakati,  bu 

kurashda  xalqning  barcha  qatlamining  yakdil  boʻlib  maydonga  chiqqani 

chorizmni yangicha siyosat yuritishga majbur qildi.  

Rus millatiga mansub barcha koʻchirib keltirilgan mutaxassislarga tub 

millat tilini oʻrganish majburiyati yuklandi. «Turkiston oʻlkasida yashovchi rus 

jamoasining  bolalari  mahalliy  tilni  va  yozuvni  bilishlari  shart.  Rus-tuzem 

maktablarida  oʻqigan  rus  bolalarining  oʻqituvchilar  rahbarligida  mahalliy 

bolalar bilan birga oʻqitilishi  ularning  tili  va  yozuvini  oʻrganishlarini 

yengillashtiradi  va  bu  nihoyatda  foydalidir»  [9,  173].  Turkistoigeneral-

gubernatorining buyrugʻida barcha chinovniklar va xizmatchilar oʻzbek tili va 

yozuvini oʻrganishning bir yillik kursini tugallashlari majburiydir, deb ta’kidlab 

oʻtiladi. 

Ittifoqda  davlat  siyosati  va  unga  mos  ravishda  til  siyosatining  botiniy 

maqsadi  xalqlarning  tilini  yaqinlashtirish  niqobi  ostida  ruslashtirish 

boʻlganidan  milliy  adabiy  tillarni  me’yoriylashtirishda  olimlar  hukmron 

xalqtilining xususiyatini asos qilib olishga majbur boʻldi. Ushbu talabga rioya 

qilmagan olimlar tahqirlandi, qattiq jazolandi. 

Aslida  esa,  bu  ittifoqdagi  millatlar  tilini  suniy  ravishda  buzishga  olib 

kelardi. Shuningdek mustamlaka mamlakatlar aholisini rus tilida soʻzlashishga 

boʻlgan  chaqiriq  edi.  Umuman  olganda,  milliy  xususiyatlarni  hurmat  qilish 

prinsiplariga toʻgʻri kelmaydigan holat edi.  

Adabiy til ma’lum bir hududda istiqomat  qiluvchi millatlarning davlat 

sifatida  shakllangach,  oʻsha  yerda  yashovchi  xalqlarning  eng  koʻp  aholisi 

soʻzlashuvchi millat tilining rasmiy davlat tiliga aylantirilishi natijasida vujudga 

keladi.shuningdek,  asos  qilib  olingan  til  turli  me’yor,  qonun-qoidalarga  mos 

tushishi va birdek tushunarli boʻlishi bilan birga hech qaysi bir tilning ta’siri 

ostida  boʻlmasligi  lozim.  Unga  majburan  boshqa  bir  tilning  qoydalari 




 

125 


singdirilmasligi  darkor.Ammo  ittifoq  tillari  bunday  erkin  qoidalar  asosida 

emas, ma’lum talablar asosida shakllantirilishi majburiy edi. 

Mashxur  olim  A.V.  Isachenkoning  fikricha  adabiy  til  xalq  millat boʻlib 

shakllangandan  keyingina  hosil  boʻladi.  Bunday  tilning  farqlovchi  belgisi 

toʻrtta:  

Polivalentlik,  

Me’yoriylik,  

Umummajburiylik, 

Uslubiylik [4, 149] 

Polivalentlik  deganda  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohasida  adabiy  til 

ishlatilishi  nazarda  tutilsa,  umummajburiylik  deganda  jamiyatning  barcha 

a’zosi tomonidan adabiy til qoʻllanishining majburiyligi, adabiy til me’yorlariga 

hammaning barobar rioya qilishi tushuniladi. 

Shoʻro  talqinchisi  M.  M.  Guxman  va  uning  izdoshlari  adabiy  tilning 

xususiyatini belgilashda boshqacha yoʻl tutadi. Bu olimlar masalaga ijtimoiy-

tarixiy hamda tipologik nuqtai nazardan yondashib adabiy tilning millat boʻlib 

shakllanmagan xalqlarga ham xosligini koʻrsatadi. Natijada adabiy tilning ikki 

bosqich va ikki xil koʻrinishi borligi e’tirof etiladi:  

Xalq, adabiytili, 

Millatning adabiy tili (milliy adabiy til). 

M. M. Guxmanning koʻrsatishicha adabiy tilning birinchi koʻrinishiga xos 

belgi uchta:   

ishlov berilganlik,  

tanlanganlik, 

qoidaviylik [3, 506] 

Tipologik  tahlilga  asoslanib  M.  M.  Guxman  adabiy  tilning  boshqa 

farqlovchi belgilari (polivalentlik va uslubiylik) ham barcha adabiy tilde yoki 

bir tilning oʻzida birdaniga emas, asta-sekin shakllanaboradi deb yozadi.  

Bir soʻz  bilan  aytganda,  barcha  sohalarda  rus  tilining  roli  oshirilib 

boshqa millatlar tillari ikkinchi darajali tilga aylanib qolganligi hech kimga sir 




 

126 


emas.  Boshqacha  aytganda  faylasuf  jamiyatga  non  oʻrniga  tosh  berdi  (V. 

Moroz).  Tilshunos  ham  ularga  joʻr boʻlib  ona  tili  darsligida  rus  tilini  faqat 

ziyolilar emas, ishchi va kolxozchilar ham sevib oʻrganmoqda. Rus tili oʻzbek 

tilining oʻrnini egallab, uning ish koʻrish doirasini kamaytirayotgani yoʻq, balki 

ikkinchi ona tilif unksiyasini bajarayotir [1, 14] deb yozdi. 

Aslida  esa  ahvol  tamoman  boshqacha  edi.  Yil  sayin  oʻzbek  tilining 

qoʻllanish doirasi, ya’ni ijtimoiy vazifasi torayib bordi. Keyinchalik butunS SSR 

miqyosida barcha ish rus tilida olib borila boshladi, rus tili oʻz-oʻzidan davlat 

tili boʻlib qoldi.  

Rus tilining tashviqoti bogʻchadan boshlandi. Ahvol shudarajaga borib 

yetdiki, rus tilini bilmagan qishloqi oʻzbek dehqoni pochtadan nafaqasini ham 

ololmaydigan boʻldi [10, 61].  

Barcha majlis rus tilida oʻtkazilar, hujjatlar ham shu tilde toʻlgʻazilar edi. 

Majlisda bor-yoʻgʻI ikki nafa rrusiyzabon kishi qatnashyapti, kelinglar oʻzbek 

tilida gaplashaylik degan kishi millatchilikda ayblanardi. Hujjatlarni faqat rus 

tilida rasmiylashtirish esa shovinzmga kirmas edi [11, 24]. Fan-texnika, davlat 

idoralari,  tibbiyot,  hisob-kitob,  statistika,  sport,  harbiy  sohada  toʻliq  rus  tili 

hukmron boʻlib oʻzbek tilidan deyarli foydalanilmas edi.  

Oʻzbek tilining nufuzi pasayib, nafaqat davlat ishlarida, ish  yuritishda, 

balk ioʻzaro  muloqotda  ham  kam  qoʻllana  boshladi.  80-yillardan  boshlab 

ommaviy nashrlarda ushbu muammoga takror-takror murojaat qilindi, uning 

yechimini  toppish  yoʻllari  axtarildi.  Nafaqat  ilmiy  muassasalar,  boshqaruv 

apparatlarida, texnikaviy, qurilish, sud lov va ma’muriy sohalarda, hatto ishlab 

chiqarish sohalarida ham rus tili ish yuritish va muloqot tiliga aylangan edi.  

80-yillarning oxiriga kelib milliy harakatlar kuchaydi.Oʻzbekistonda ham 

oʻzbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan harakatlar oshib bordi. Oddiy xalq 

vakillaridan  tortib,  ziyoli  olimlargacha  buning  uchun  kurashdilar.  Ommaviy 

axborot  vositalari,  gazeta,  jurnallar  orqali  turli  chiqishlar  qilish  bilan  birga 

koʻplab  namoyishlar  oʻtkazildi  buning  oqibatida  1989-yil  21-oktyabrda  ona 



 

127 


tilimizning  qonuniy  hujjati  yaraatilishiga  erishildi.  Bu  orqali  oʻzbek  tilining 

rasmiy tilga aylangani va qonuniy himoyasiga ega bolgani koʻrsatib qoʻyildi. 

Til  mustaqil  davlatning  milliy  tili  boʻlgach,  oʻzining  an’anaviy 

funksiyalaridan  tashqari  qator(muloqot,  voqelikni  inikos  ettirish,  oʻzlikni 

ifodalash va hokazo), muhim funksiyaga ham ega boʻladi – u milliy davlatchilik 

belgilaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Tabiiyki, u shunchaki muloqot vositasi 

emas,  balki  qonun  tomonidan  muhofaza  qilinuvchi  davlat  ramzlaridan  biri 

sifatida  qabul  qilinadi.Agar  millat  oʻz  milliy  davlatchiligiga  ega  boʻlsa,  bu 

holatda u konstitutsion huquqiy darajada, qonuniy yoʻl bilan oʻzining ijtimoiy-

madaniy  qadriyati  sifatida  milliy  tilni  har  tomonlama  rivojlantirish  uchun 

gʻamxoʻrlik  qiladi.  Oʻzbekiston  ham  oʻz  mustaqilligiga  erishgach  barcha 

sohalarda boʻlgani singari til masalasi rivojiga kata e’tibor qaratdi. 

Istiqlolga  erishganimizdan  keyingi  oʻn  yillikda  mamlakatimizning 

mustaqillikka erishuvi arafasidagi, mustaqillikning dastlabki davr tahliliga oid 

bir  qator  maqolalar[2],  kitoblar[5]  dunyo  yuzini  koʻrdi,  ularda  jamiyatimiz 

hayotining yaxshilanishi, turli sohalardagi oʻsish e’tirof etildi. 

Davlat tili – davlatning asosiy aholisi tomonidan davlat ichida umumiy 

qoʻllaniluvchi tildir. U siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha 

sohalarida  keng  qoʻllaniladi.  Til  vositasida  davlat  oʻz  fikrini  ifodalaydi, 

faoliyatini olib boradi va xalq bilan muloqotda boʻladi. Davlat tili – milliy davlat 

suvereniteti  belgisi.  U  davlat  irodasini  koʻrsatuvchi,  harakatlarni  amalga 

oshishi uchun xizmat qiluvchi, davlatchilikning funksiyalovchi elementidir[7, 

34].Mustaqillikka  erishganimizsdan  soʻng  oʻzbek  tili  ham  manashunday 

jihatlarni oʻzida kasb etdi.  

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishish  arafasida  1989  yil  21  oktyabr 

sanasida  “Davlat  tili  haqida”gi  qonuni  qabul  qilinganligi  oʻzbek  tilining 

dunyoda mustaqil tilga aylanishiga imkon berdi. Keyingi bosqichlarda amalga 

oshirilgan ishlarning  poydevorini qoʻyib  oʻzbek tilini kelgusida  rivojlantirish 

uchun  zamin  yaratdi.  Shuningdek,  respublikamizning  Asosiy  qonuni  – 

Konstitutsiyamizning  oʻzbek  tilida  yaratilishi  uning  nufuzini  yanada 




 

128 


yuksaltirdi. Oʻzbek tili oʻtgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq 

millat va elat vakillarini oʻzaro  bogʻlaydigan  mehr-oqibat  tiliga 

aylandi. Keyinchalik esa mamlakatimizda yozuv masalalari isloxoti oʻtkazilib, 

lotin  yozuviga  asoslangan  oʻzbek  alifbosini  joriy  etish  haqida  qonun  qabul 

qilinib  oʻzbek  tilining  yozma  koʻrinishi yangi  alifboda  belgilandi.shu  tariqa 

tilimizning ilk qonuniy himoyasi yaratildi. Bugungi kunda oʻzbek tili davlat tili 

sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol 

qoʻllanmoqda,  xalqaro  minbarlardan  baralla  yangramoqda. Oraliq  davr 

mobaynida til masalalariga e’tibor nazarimizda susaygan holga kelib qoldan 

edi. Ammo soʻnggi yillarda tilimizga boʻlgan e’tibor jonlandi. Xususan, Alisher 

Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  oʻzbek  tili  va  adabiyoti  universitetining 

faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi bu ishlarning amaliy misolidir. Qayd etish joizki, 

ushbu  universitetda  oʻzbek  tilining  har  tomonlama  rivojlanish  bosqichlari 

taraqqiyot  yoʻllari  tadqiq  etilmoqda.  Shu  oʻrinda  oʻzbek  tilining  jahon 

miqyosidagi nufuzi va kengayishi hamda tadqiqi masalalariga toʻxtalib oʻtsak. 

Oʻzbek tili Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, 

Shvetsiya,  Rossiya,  Ukraina,  Xitoy,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Hindiston, 

Turkiya,  Afgʻoniston,  Ozarbayjon,  Tojikiston,  Qozogʻiston,  Turkmaniston, 

Qirgʻiziston  kabi  davlatlarning  60  ga  yaqin  universitetlari  va  100  dan  ziyod 

maktablarida oʻrganilmoqda. Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha ilmiy izlanishlar 

olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin koʻpaymoqda. 

Dunyo boʻyichaoʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni ellik milionga yaqinlashgani 

ham tilimizning qamrovi tobora kengayib borayotganligidan dalolat beradi. 

Xulosa  qilib  aytganda  oʻzbek  tili  istiqlolga  erishishimizdan  avvalgi 

yillarda  qanchalik  soyada  qolib,  nufuzi  tushib,  hurmatsizlikka  uchrab, 

qoʻllanish  doirasi  pasayib  ketgan  boʻlsa,  mustaqillik  arafasida  va  istiqlol 

yillarida  qilingan  amalaiy  harakatlar  natijasida  yorugʻlikka  chiqdi  hamda 

oʻzining asl qiyofasini eganladi. Barcha sohalarda teng qoʻllana boshladi.Qayd 

etish lozimki, oʻzbek tilining bunday maqomga erishishida xalqimiz jonbozlik 

koʻrsatgani  etirofga  loyiqdir.Soʻnggi  yillarda  esa,  oʻzbek  tilini 




 

129 


takomillashtirishga  qaratilgan  ishlar  yanada  jonlanayotganligi  tilimizning 

tobora nufuzi oshib borishiga xizmat qilmoqda. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish