Mening o‘g‘rigina bolam
(hikoya)
Otamizning o‘lganiga anchagina yil bo‘ldi. Bu yil o‘n yettinchi yilning
ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetim-
dan xabar olib turishga katta onam – onamning onalari Roqiya bibi kelib turib-
dilar. Bu kishini biz erkalab Qora buvi deb ataymiz.
77
Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uyum-to‘da ko‘rpa-
yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz.
Sentabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina sal-
qin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga
ketamiz. Qatorda eng so‘nggi bo‘lib, ona chumchuqday Qora buvim yotardilar,
u kishi saksondan oshgan kampir edilar.
Buni qarang-a, bizning uyimizga o‘g‘ri kelibdi. Bizni ham odam deb
yo‘qlaydigan kishilar bor ekan-da dunyoda? Ertaga o‘rtoqlarimga toza maqta-
nadigan bo‘ldim-da. O‘g‘ri o‘sha amakivachchalarimning tomidan sekin yurib
kelib, buvimning to‘g‘rilariga kelganda aksi urib yuboribdi. Buvim hali uxlama-
gan ekanlar, tomga qarab:
– O‘g‘rigina bolam, hoy o‘g‘rigina bolam, hoynahoy biror tirikchilik uchun
tomga chiqqan ko‘rinasan. Axir kasbing nozik, gumon-pumoningni yozib chiq-
sang bo‘lmaydimi? – debdilar.
78
O‘zbek tili 10-sinf
– Axir, buvijon, birorgina kecha tinchgina uxlasangiz bo‘lmaydimi, bizning
tirikchiligimizning yo‘lini to‘saverasizmi? – debdi.
Men gap shu yerga kelganda uyg‘onib ketgan bo‘lsam kerak. Qolgan gaplarni
eshitganimcha yozaman.
– Hoy, aylanay, o‘g‘rigina bolam, boshimga shunday musibat turganida
ko‘zimga uyqu keladimi? Mana olti oy bo‘ldi, bir soat mijja qoqib uxlaganim
yo‘q. Kechalari xayol olib qochib ketadi.
– Nimalarni xayol surasiz, buvijon? – bu gapdan keyin ustidagi to‘nini
bo‘g‘otning ustiga yostiq qilib qo‘yib, o‘g‘ri ham yonboshlab oldi.
– Nimalarning xayolini surardim. Shu to‘rtta yetimning ertasini o‘ylaymanda,
bolam. Zamonni o‘zing ko‘rib turibsan, tirikchilik toshdan qattiq. Hali bularning
qo‘lidan ish kelmaydi, ro‘zg‘orda bo‘lsa, ko‘z ko‘rib, quloq tutguday arzigulik
buyum qolgani yo‘q. Bir chekkadan sotib yeb turibmiz. «yotib yeganga tog‘ ham
chidamas» deganlar. Eh-ha bu bolalar qachon ulg‘ayadi-yu, qachon o‘zining no-
nini topib yeydigan bo‘ladi?
– To‘g‘ri aytasiz, buvijon, – dedi o‘g‘ri. – Mening ham ikki bolam, xotinim,
bitta kampir onam bor. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak deganlari-
dak, shularni boqishim kerak. To‘rtta non topish uchun o‘zimni o‘tga-cho‘qqa
uraman. Bo‘lmasa ishlay desam, bilagimda quvvatim bor, aql-u hushim joyida,
menga hozir qilib yurgan o‘g‘rilik kasbi yoqadi deysizmi?
– Biror boshqa kasb qilsang bo‘lmaydimi, bolam? – dedi kampir.
– Nima kasb qilay? Hamma kasblarning ham bozori kasod…
– Ha, mayli, o‘g‘rigina bolam, shu yetimlarning ham peshonasiga yozgani
bordir. Axir noilojlikdan-ku shu harom yo‘lga qadam bosibsan. O‘ziga to‘qroq,
badavlatroq odamlarnikiga borsang bo‘lmaydimi?
– E, buvim tushmagur, soddasiz, sodda – dedi o‘g‘ri. – boylarning uyiga
tushib bo‘ladimi? Ularning eshiklari temirdan. Har bittasining qo‘rasida ikkita-
uchtadan itlari bor.
– Bu gaping ham to‘g‘ri, o‘g‘rigina bolam. Ammo lekin ehtiyot bo‘l. El-
yurtning oldida tag‘in badnom bo‘lib qolmagin,– dedi bizning kampir. – Endi
bu yoqqa qara, o‘g‘ri bolam, hademay, tong yorishib qolar. Oshxonaning yoni-
dagi tutdan sirg‘alib pastga tush. O‘tinimiz yo‘q. Oshxonada bir-ikkita yong‘oq
to‘nka bor, boltani olib shuni yorib ber, qumg‘on qo‘yaman. Kecha tog‘ang berib
ketgan zog‘ora nondan ikkitasini olib qo‘yganman, birgalashib choy ichamiz.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |