2-dars
4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Mening do‘stlarim
Sardor, Alisher, Asror va Diyor yaqin do‘stlar. Ular nima ish qilishsa birga mas-
lahatlashib bajarishadi.
Asror: 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun. Shu kunga
bag‘ishlab qanday tadbir o‘tkazamiz?
Sardor: Men qo‘shiq tayyorlayman.
Alisher: Men devoriy gazetalarni yozib, bezashni yaxshi ko‘raman.
Asror: Men mavzuga oid sahna tayyorlayman va boshlovchilik qilaman, bunga
qarshilik qilmaysizlarmi?
Diyor: Yo‘q, bularni sendan yaxshi bajaradigan odam yo‘q. Agar qarshi
bo‘lmasang, men senga yordam beraman.
Asror: Albatta, menga yordaming kerak. Bu tadbirga qizlarni ham takalif qilsak.
Dilnoza, E’zoza va Gulnozalar chiroyli raqsga tushadilar.
Sardor: Sinfimizning qolgan o‘quvchilariga g‘azal, ruboiy bersak.
Diyor: Ayniqsa, Ruxshona bilan Muslima she’rlarni ifodali aytishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |