Diversifikatsiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va
qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va
rivojlantirish.
Imij - tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks ettirishi,
tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat.
Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona
va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |