Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

13.3-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv
21
 
 
Rasmdan  ko‘rinib  turibdiki,  makroiqtisodiy  yo‘nalishda  –  iqtisodiyot 
miqyosidagi,  mezoiqtisodiy  yo‘nalishda  –  tarmoq  miqyosida,  mikroiqtisodiy 
 
21
 
Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет.
 
Yuzaga chiqish darajalari 
Makro-iqtisodiy 
Raqobat – ko’pqirrali hodisa 
Mezo-iqtisodiy 
Mikro-iqtisodiy 
Nano-iqtisodiy 
Iqtisodiyot 
miqyosida 
Tarmoq 
miqyosida 
Mahsulot bozori 
miqyosida 
Firma miqyosida 
R A Q O B A T  
Bozor ho’jaligining 
amal qilish tamoyili 
Bozor 
agentlarining 
o’zaro aloqa 
mexanizmi 
Iqtisodiy 
maqsadga 
erishish usuli 
Raqobat ho’jalik faoliyatini 
muvofiqlashtirish usullari 
miqyosida 
Kapital 
raqobati 
Biznes-
birliklar 
raqobati 
Omilkorlik 
raqobati 
Raqobat 
ustunliginini 
qo’lga kiritish 
usuli 


 
225 
yo‘nalishda – mahsulot miqyosida va nano iqtisodiy yo‘nalishda firma  miqyosidagi  
raqobatni yuzaga chiqish darajasi ifodalangan. 
Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi:  
•  tarmoq ichidagi; 
•  tarmoqlararo raqobat. 
Tarmoq  ichidagi  raqobat  deganda  bir  tarmoqqa  kiradigan  firmalar  o‘rtasida 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun 
kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat 
unumdorligi  darajalari  turlicha  bo‘lganligi  sababli,  ular  chiqarayotgan  tovarlarning 
individual  qiymati  ham  har  xil  bo‘ladi.  Biroq,  bizga  ma’lumki,  tovar  xo‘jaligida 
qiymat  qonunining  amal  qilishi  sababli  turli  individual  qiymat  ijtimoiy  bozor 
qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagi raqobat kurashidir.  
Tarmoqlararo  raqobat  deganda  turli  tarmoq  firmalari  o‘rtasida  eng  yuqori 
foyda  olish  uchun  olib  boriladigan  kurashni  tushunamiz.  Kapitalning  xususiyati 
shuki,  u  doimo  harakatda  bo‘lib,  o‘z  sohibiga  foyda  keltirib  turishi  kerak.  Kapital 
sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun 
nimani bozor ko‘tarsa, shuni ishlab chiqarib ko‘proq foyda olish muhimdir. 
Tarmoqlararo  raqobat  kurashi  kapitalni  yaxshi  foyda  keltiradigan  oohalarga 
joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko‘p bo‘lsa, shu erga resurslar oqib o‘tadi, 
chunki  shu  erdagi  tovarga  talab  ko‘p  bo‘lib,  u  qondirilsa,  yaxshi  foyda  ko‘rish 
mumkin. 
Raqobatning  ikki  usuli  bor:  narx  vositasida  raqobatlashuv,  narxdan 
foydalanmay  raqobatlashuv.  Erkin  raqobat  davrida  raqobat  kurashning  bosh  usuli 
tovarni  raqibinikidan  pastroq  narxda  sotish  bo‘lgan.  Bu  usulni  qo‘llash  uchun 
korxona  boshqalarnikidan  ko‘ra  unumliroq  texnologiyani  kiritishi,  malakaliroq 
ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, 
uning  tovarini  individual  qiymati  bozor  qiymatidan  past  bo‘lib,  bu  narxni  tushirish 
imkoniyatini  beradi. Iqtisodiyotning  monopollashuvi  raqobat  kurashi  usullarini  ham 
o‘zgartiradi.  Endi  narx  vositasida  amalga  oshiriluvchi  raqobat  usullari  o‘rnini  narx 
bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  usullar  egallay  boshlaydi.  Raqobat  kurashida  mahsulot 


 
226 
sifati,  mahsulotni  sotish  shart-sharoitlarini  yaxshilash  va  reklama  qilishning 
ahamiyati ortib boradi.  
Yirik  korporatsiyalar  narxni  tushirish  yordamida  raqobatchisini  bozordan o‘zi 
ziyon  ko‘rmagan  holda  siqib  chiqarishi  amrimahol  bo‘lganidan,  u  bozordagi 
vaziyatni  o‘zgartirish  uchun  o‘zining  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanishni 
kamaytirib  tovar  taklifini  qisqartiradilar.  SHu  sababli,  hatto  inqiroz  davrlarida  ham, 
narxlar barqarorligicha qolaveradi. 
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‘rin egallaydi, chunki: 
1)  narxni  pasaytirish  tovar  sotishni  ko‘paytirish  imkonini  bermaydi,  chunki 
raqib  ham  narxni  pasaytirishya  mumkin,  bundan  hech  kim  yutmaydi.  Bas,  shunday 
ekan,  tovar  sifatini  oshirish,  savdo  xizmatini  yaxshilash  yo‘liga  o‘tiladi,  bu  bilan 
tovar sotishni ko‘paytirish mumkin; 
2)  yirik  firmalar  kuchli  bo‘lganligi  sababli  mahsulotyai  yangilash,  uni 
modernizatsiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar. 
Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarining qo‘llanishi o‘zaro kurashda 
narxdan  foydalanilmaydi  degan  gap  emas.  U  ko‘proq  yashirin  tus  olmoqda,  ya’ni 
tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. 
Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‘llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon 
bozoriga  ham  kirib  borgan.  U  erda  narx  bilan  raqobat  qilish  po‘lat,  gazlama, 
elektronika, kimyoviy va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish