Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Firmaning sotish siyosati vazifalari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

11.1-rasm. Firmaning sotish siyosati vazifalari 
 
Faqat  bozorga  ixtisoslashgan  vositachi(taqsimot)ning  kirib  kelishi  ayriboshlash 
jarayonini  tubdan  o‘zgartirib  yuboradi.  Ilgarigi  ishlab  chiqaruvchilar  endi  zarur 
Sotish siyosatining 
vazifalari
Taqsimlash 
kanallarini 
boshqarish
taqsimlash kanalini 
shakllantirish
taqsimlash kanalini 
nazorat qilish
tovarlarni fizik 
joylashtirishni 
boshqarish
Omborga 
joylashtirish va 
tashishni 
rejalashtirish
tovarlarni 
joylashuvini tashkil 
etish va nazorat qilish


 
181 
tovarlarni bir joyda sotishlari va ayni paytda o‘zlariga zarur tovarlarni xarid qilishlari 
mumkin  edi.  Ayirboshlash  harakatlari  soni  kamaydi.  Vositachilar  o‘zlarining 
aloqalari,  tajribasi,  ixtisoslashuvi  hamda  faoliyatining  ko‘lami  bilan  ishlab 
chiqaruvchi firmaga uning yolg‘iz o‘zi qila olishi mumkin bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq 
narsa taklif etadi. Shu sababli ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini bozorga 
vositachilar orqali taklif etadilar. 
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi 
sari  harakatida  ularga  bo‘lgan  mulk  egasi  huquqini  o‘ziga  oladigan  yoki  boshqaga 
berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuidan iboratdir. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  taqsimot  yo‘li  tovarning  ishlab  chiqaruvchidan 
iste’molchiga  qarab  harakat  qiladigan  yo‘lidir.  Taqsimot  yo‘lining  tarkibiy  qismlari 
bir qator vazifalarni bajaradi: 
•  tovar (xizmati)ni bir joydan boshqa joyga ko‘chishi; 
•  tovar (xizmati)ga yoki undan foydalanish uchun mulk egasi huquqini berish; 
•  undovchi faoliyat; 
•  tovarlar buyurtmasi; 
•  xavf-xatarni bo‘yniga olish; 
•  muzoqaralar olib borish; 
•  bozor ma’lumoti tahlili. 
Taqsimot  yo‘lining  jami  vazifalariga  uch  umumiy  xususiyat  xos:  ular  taqchil 
resurslarni sarflaydi, ixtisoslashgan sharoitlarda gohida yaxshiroq bajarilishi mumkin, 
turli  ishtirokchilar  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Agar  vazifalarning  ko‘p 
qismi  ishlab  chiqaruvchi  bajaradigan  bo‘lsa,  uning  chiqimlari  ortib  ketadi,  demak, 
mahsulot  narxi  ham  baland  bo‘ladi.  Agar  vazifani  bajarsa,  ishlab  chiqaruvchi 
belgilangan  narx  pastroq  bo‘ladi,  chunki  vositachi  ishni  tashkil  etishga  sarflangan 
xarajatlarni chiqarish uchun pul undiradi. 
Taqsimot kanalining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: 
•  axborot  –  bu  marketing  tadqiqotlari  natijasida  olingan  ma’lumotlar  va 
marketing muhiti to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi 


 
182 
•  siljitish – mahsulot taklifiga oid ishontiruvchi axborotlarni reklama va boshqa 
vositalar orqali tarqatish 
•  aloqa – kerakli xaridorlarni topish va ular bilan aloqa o‘rnatish 
•  muvofiqlashtirish – talab va taklifni bir-biriga moslashtirish 
•  muloqotlar  –  mahsulotni  narxi,  etkazib  berish  sharti  va  taklifning  boshqa 
punktlari bo‘yicha muloqotlar o‘tkazish 
•  jismoniy taqsimlash – tovarni transportirovka qilish va saqlash 
•  moliyalashtirish – kanal faoliyatini ta’minldashga bog‘liq xarajatlarni koplash 
•  tavakkalchilik – mahsulotni sotib olib keyinchalik zarar bilan sotish. 
Birinchi besh funksiya shartnoma tuzish uchun xizmat qiladi, qolgan uchtasi esa 
shartnomani bajarish uchun xizmat qiladi. 
Taqsimot  kanalining  bosqichi  -  bu  tovar  va  unga  egalik  huquqini  pirovard 
xaridorga yaqinlashtirish yo‘lida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday vositachidan 
iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor: 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish