Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Fransuz diplomatiyasi. O’rta asrlar Yevropasidagi eng muhim voqealardan 
biri  hisoblangan  “Yuz-yillik  urush”  Fransiyaning  siyosiy  jihatdan  rivojlanishida 
muhim rol o’ynagan.  
1328-  yilda  kapetinglar  sulolasi  tugatilib,  taxtga  Filipp  VI  Valua  (1328–
1350)  o’tirgach,  Angliya  qiroli  Eduard  III  (1327–1377,  u  Filipp  IV  Chiroylining 
nabirasi edi) ham Fransiya taxtiga da’vogarlik qila boshlagan. Shu sababli Angliya 
Fransiyaga  qarshi  urushga  harbiy  jihatdan  katta  tayyorgarlikni  boshlab  yuborgan. 
Ushbu  voqea  doirasida  Yevropada  murakkab  diplomatik  o’yinlar  boshlangan.  Bu 
o’yinga  kuchli  diplomatik  ta’sirga  ega  bo’lgan  Papa,  german  imperatori, 
Shotlandiya,  Sitsiliya,  Kastiliya  qirollari  hamda  ko’plab  yirik  gersoglik  va 
grafliklar aralashganlar.  
Papa,  Flandriya  grafi  va  Shotlandiya  qiroli  Fransiyani  jiddiy  qo’llab-
quvvatlashga  tayyor  ekanliklarini  bildirganlar.  Papa  Filipp  VI  ni  din  himoyachisi 
deb  bilsa,  Flandriya  grafi  fransuz  qirolidan  qarzdor  bo’lgan.  Chunki  fransuzlar 
Flandriya  shaharlarining  grafga  qarshi  qo’zg’olonini  bostirishda  katta  yordam 
berganlar.  Shotlandiya  esa  azaldan  Fransiyaning  ittifoqchi  bo’lgan.  Fransuzlar 
shotlandlarning  inglizlarga  qarshi  kurashida  Filipp  IV  Chiroyli  davri  (1285–
1314)dan beri yordam berib kelganlar.  


39 
Angliya  qiroli  Eduard  III  ham  o’z  atrofiga  ittifoqchilar  to’play  boshlagan. 
Dastlab  moliyaviy  qiyinchiliklarni  boshdan  kechirayotgan  german  imperatoriga 
300  ming  florin  miqdorida  ulkan  qarz  berilgan.  Xuddi  shunday  yo’l  bilan 
Gennagaus,  Zeland,  Brabant  kabi  uncha  katta  bo’lmagan  knyazliklar  Angliya 
ittifoqchilariga aylangan. Flandriya ta’siri ostidagi ushbu knyazliklar graf zulmidan 
qutilish uchun Angliyani qo’llab-quvvatlashga rozi bo’lganlar.  
Yuz-yillik  urushda  Angliya  ustidan  qozonilgan  g’alabada  fransuzlarning 
vatanparvarlik  jasoratlari  bilan  bir  qatorda,  yuksak  darajada  olib  borilgan 
diplomatiyaning ham munosib o’rni bor. 
Zamonaviy  tadqiqotchilar  fransuz  qiroli  Lyudovik  XI  (1461–1483)ni 
“zamonaviy  diplomatiyaning  otasi”  sifatida  tan  olganlar.  U  chindan  ham  mohir 
diplomat edi.  
Lyudovik  XI  ritsarlik  shon-shuhratini  tan  olmas,  urushlarni  esa  umuman 
yoqtirmas  hamda  diplomatiyani  o’zining  asosiy  quroli  deb  bilardi.  U  ayyorlikni 
kuchdan  ustun  qo’yar,  ko’plab  dushmanlari  bilan  munosabatlar  paytida  har  doim 
yuzma-yuz  janglardan  o’zini  olib  qochishni  uddalardi.  O’sha  davr  tarixchilaridan 
biri  Komminning  yozishicha,  Lyudovik  XI  ertayu-kech  yangi  g’oyalar  yaratish 
bilan mashg’ul bo’lgan. O’z raqiblarini bir-biri bilan urishtirib qo’yish, eng kerakli 
vaziyatda  ularni  yarashtiruvchi  sud’ya  rolini  o’ynash,  tinchlik  o’rnatish  orqali  o’z 
manfaatlarini ham himoya qilish fransuz qirolining asosiy taktikasi edi. U davlatni 
boshqarish  sohasidagi  barcha  ikir-chikirlarni  erinmay  surishtirar,  o’z  vaqtining 
asosiy  qismini  turli  toifadagi  dvoryanlar  bilan  tanishishga,  ular  haqida  ma’lumot 
to’plashga,  o’zi  bilan  yaqin  deb  hisoblagan  dvoryanlar  bilan  yozishmalar  olib 
borishga  sarflardi.  Komminning  ta’kidlashicha,  bu  qadar  ko’p  odamlar  bilan 
tanishuvchi,  odamlarni  bu  qadar  ko’p  tinglovchi,  bu  qadar  ko’p  ma’lumot 
to’plovchi kishi butun Fransiyadan boshqa topilmagan. Haqiqatdan ham Lyudovik 
XI Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Burgundiyadagi barcha taniqli davlat 
arboblari  hamda  yuqori  darajali  dvoryanlar  bilan  shaxsan  tanish  edi.  Shu  bilan 
birga  ular  haqidagi  ko’plab  qimmatli  ma’lumotlarga  ega  ediki,  yuqori  tabaqa 


40 
vakillari  ishtirokidagi  nizolar  va  tortishuvlar  qanday  yakunlanishini  oldindan 
bexato aytib bera olardi.  
Lyudovik  XI  ning  o’z  diplomatlari  bilan  ish  olib  borish  uslubi  ham  o’ziga 
xos  ko’rinishga  ega  bo’lgan.  Qirol  ularga  faoliyat  yuritishlarida  barcha 
yerkinliklarni  berib  qo’ygandek  o’zini  tutar,  ulardan  doim  maslahat  so’rar,  aslida 
esa  barcha  ishlarni  zimdan  kuzatib  borardi.  U  o’z  diplomatlaridan  biriga  shunday 
maslahat  bergan:  -  “Agar  ishlar  ko’ngildagidek  ketayotgan  bo’lsa,  meni  har 
zamonda habardor qilib turishing kifoya, aks holda, senga yordam berishim uchun 
barcha ma’lumotlardan ipidan-ignasigacha meni habardor qilishing shart”. 
Lyudovik XI o’z elchilariga imkon qadar ko’proq tarafdorlarni sotib olishni 
maslahat  berardi.  Ularga  qarata:  “ko’ryapsanlarmi,  ular  sizni  aldamoqda,  mayli, 
lekin  sizlar  ko’proq  aldanglar”  degan  so’zlarni  ko’p  ishlatardi.  Bunday  qonun-
qoidalar  Lyudovik XI  diplomatiyasining asosiy  mazmunini anglatardi. Uning qo’l 
ostidagi 70 dan  ortiq diplomatlarning  nomlari butun  Yevropada  mashhur bo’lgan. 
Komminning  yozishicha,  diplomatlarining  birortasi  ham  qirolga  xiyonat  qilishni 
xayollariga  ham  keltira  olmaganlar.  Chunki,  har  bir  diplomat  orqasida,  albatta, 
alohida qirol ayg’oqchisi bo’lgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish