Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Elchilik  tartiblari.  Antik  Yunonistonda  jamoalar  va  polislar  o’rtasidagi 
munosabatlarni  tartibga  solishda  maxsus  vakolatlarga  ega  bo’lgan  elchilar  ham 
muhim rol o’ynaganlar. Gomer davrida ularni “keryuks”, “angelos” (habarchi) deb 
ataganlar.  Klassik  davrda  esa  elchilar  “presbeys”  (oqsoqollar)  deb  atala 
boshlangan.  Presbeyslar  Afina,  Sparta,  Korinf  singari  qudratli  polislarda  50 
yoshdan  oshgan  nufuzli  kishilardan  saylangan.  Ayrim  polislarda  esa  elchilik 
vazifalari bilan arxont va arxont-polemarxlar (harbiy sarkardalar) shug’ullanganlar. 
Dastlab  barcha  elchilar  teng  huquqli  hisoblanib,  keyinchalik  bosh  elchi  lavozimi 
joriy etilgan. Elchilarga alohida maosh va safar xarajatlari uchun davlat tomonidan 
mablag’lar  ajratilgan.  Elchilarga  boshqa  davlatlarga  jo’nab  ketishi  oldidan  ikkita 
mum  taxtachadan  iborat  yorliq  taqdim  etilgan.  Ushbu  yorliq  “diploma”  deb 
atalgan.  “Diploma”  so’zi  “ikkitasini  birlashtiraman”  degan  ma’noni  anglatadi. 
Mum  taxtachalardan  biriga  elchilar  uchun  yo’riqnoma  qayd  etilgan  bo’lsa, 
ikkinchisida elchining vakolatlari bayon qilingan. 
Elchilar  qo’shni  davlatlardagi  xalq  yig’inlari  va  oqsoqollar  kengashi 
majlislarida  bevosita  ishtirok  etganlar.  Ularga  alohida  hurmat  bilan  munosabatda 


19 
bo’lingan.  Elchilarni  o’z  yurtlariga  kuzatish  paytida  ularga  qimmatbaho  sovg’alar 
taqdim  etilgan.  Elchi  yurtga  qaytib  kelgach,  xalq  yig’inida  hisobot  bergan. 
Missiyasini  munosib  bajargan  elchi  davlat  hisobidan  qimmatbaho  sovg’alar  bilan 
taqdirlangan.  Ular  uchun  lavr  daraxti  barglaridan  tayyorlangan  gulchambar  eng 
oliy mukofot hisoblangan. 
Elchilarning  asosiy  vazifalari  ittifoqlar  tuzish,  muhim  shartnomalar 
imzolashdan  iborat  bo’lgan.  Shartnomalar  “ilohiy  hujjat”  hisoblanib,  uni  buzish  – 
“xudoning qarg’ishiga uchrash” deb baholangan. Shartnomalar bandlaridagi o’zaro 
majburiyatlar  qasamyod  bilan  mustahkamlangan.  Qasamyod  oliy  ruhoniylar 
ishtirokida  amalga  oshirilgan.  Shartnomalar  ahdlashuvchi  tomonlarning  tillarida 
tuzilib,  bir  nusxasi  davlat  arxiviga  yoki  ibodatxona  arxiviga  topshirilgan. 
Shartnomani  buzganlarga  juda  katta  jarima  solingan.  Ayrim  vaqtlarda  ularni 
xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. 
Umuman  olganda,  antik  Yunonistonda  qadimgi  Sharq  mamlakatlaridan 
ko’ra  ko’p  jihatdan  huquqiy  asoslarga  ega  bo’lgan  diplomatik  munosabatlar 
shakllangan  va  takomillashib  borgan.  Diplomatiyaga  oid  dastlabki  ilmiy 
bilimlarning  paydo  bo’lishi  kelajakda  Rim  diplomatiyasining  rivojlanishiga  katta 
ta’sir o’tkazgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish