Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Kursk  jangi.  Stalingrad  jangining  bunday  g’alabasigi  erishishiga  1943-
yilning yozidagi Kursk ostonalaridagi janglar asosiy turtki bo’lib xizmat qildi. 
Germaniya  ommaviy  safabarlik  e’lon  qilib,  erkaklarning  16  yoshdan  –  65 
yoshgacha,  ayollarni  esa  17  yoshdan  –  45  yoshgachasi  urush  va  harbiy  ishlab 
chiqarishga  chaqiriladi.  Ommaviy  ravishda  kichik  ustaxonalar,  mehmonxonalar, 
restoranlar  yopilib,  undagi  ishlayotgan  ishchi  va  xizmatchilar  bevosita  harbiy 
zavodlarga  jo’natib  yuboriladi.  Nemislar  ishchi  kuchi  yetishmovchiligini  chet 
ellardan  ishchilarni  Germaniyaga  olib  kelishib  to’ldirardilar.  Bulardan  tashqari 
yana  nemis-fashistlari  bosib  olingan  davlatlar  aholisidan  tashkil  topgan  asirlar  va 
konsentratsion lagerlar mahbuslarini juda og’ir mehnat sharoitlarida ishlatishar edi.  
1943-yilning 
yozlarga 
borib 
Germaniya 
harbiy 
kuchlarini 
biroz 
ko’paytirishga  va harbiy texnikasi sonini  ham oshirishga erishadi. Tank, samolyot 
va boshqa qurollar ishlab chiqarish 1942- yildagiga nisbatan 70% ga ortadi. “Tigr” 
va “Pantera” nomli harbiy tanklar va yangi samolyotlar ishlab chiqarila boshlandi. 
Harbiy texnika sonini ko’paytirib “Sitadel” rejasi asosida urushda ustunlikni qo’lga 


182 
olishni ko’zlagan edilar. Sovetlarning yirik harbiy gruppirovkasi joylashgan Kursk 
rayonida yangidan hujum qilishini oldini olgan holda, nemis-fashist qo’mondonligi 
shartli  ravishda  “Sitadel”  deb  nomlangan  operatsiyasini  amalga  oshirishga 
kirishadi.  Ushbu  operatsiyaga  asosan  Kursk  yo’nalishidagi  Oryol  va  Belgorod 
rayonlaridan turib, Kursk yoyidagi (Kurskaya duga) joylashgan sovet qo’shinlariga 
qarama-qarshi  chiqib  yo’q  qilishga  qasd  qiladilar.  Gitler  soldatlarga  qilgan 
murojaatida shunday deydi: Kursk ostonasidagi “Ushbu ulug’ hujumkor jang – olib 
borilayotgan butun urush davomida hal qiluvchi (tub burilish) ta’sir ko’rsatadi”. 
“Ommaviy safarbarlik”  va Yevropada  ikkinchi  frontning hali ochilmganligi 
Germaniga  yirik  kuchlarini  to’plash  uchun  yaxshi  imkoniyat  yaratib  bergan  edi. 
Kursk  yoidagi  janglar  uchun  50  ta  diviziya,  shundan  16  tasi  tank  diviziyasi 
mo’ljallangan  edi.  Ushub  yo’nalishda  jang  qilish  uchun  sovet  –  german  frontida 
ishlatilgan  barcha  tanklarning  70  %,  samolyotlarning  65%  mo’ljallangan  edi. 
Shunday  haraktalariga  qaramasdan  gitlerchilar  Sovet  Armiyasidan  umumiy 
ustunlikka  erisha  olmaydi.  Sovet  Harbiy  kuchlari  dushman  harbiy  kuchlaridan  - 
shaxsiy  tarkib  bo’yicha  –  1,2  baravar,  qurol-aslaha,  tank  va  samolyotlar  soni 
bo’yicha  ikki  baravarga  ortiq  edi.  Juda  g’aroyib  manzara  vujudga  keladi, 
mudofaalanuvchi  tomon  hujum  qilayotgan  dushman  tomonidan  har  jabxada 
ustunlikka ega edi. 
Kursk  yoyidagi  Sovet  qo’mondonligi  dushman  rejalarini  bilib  qoladi,  va 
uning hujumini o’zining avvaldan tayyorlangan mudofaa kuchlari bilan kutib olib, 
hamda  yangi  kuchlarni  ishga  solib  qarshi  hujumga  utish  va  dushmanni 
batamomom  yakson  qilishdan  rejalashtiradi.  Mudofaa  bu  rayonda  250-300 
kilometrga  ichkarigacha  cho’zilgan  bo’lib,  juda  ham  mustahkam  mudofaa  tizimi 
tashkil  qilinadi.  Yaqinroqda  joylashgan  front  ortidagi  sovet  qo’shinlari  zaxiradagi 
Stepnoy  fronti  kuchlarini  kengaytirishni  avj  oldirib  yuboradi.  Sovet  razvedkasi 
dushmanning hujum boshlash muddati va yo’nalishlarini oldindan belgilab bo’lgan 
edi.  Bir  vaqtning  o’zida  100  mingga  yaqin  partizanlar  sovet  qo’mondonligining 
buyrug’iga  binoan,  “Rels  urushi”ni  boshlab  yuborib,  bosqinchilar  fronti  ortida 
uzunligi  1000  km.dan  ko’proq  temir  yo’llar,  ko’priklarni  portlatib  yuborib 


183 
dushmanga  misli  ko’rilmgan  talafot  yetkazadilar.  1943-yilning  5-iyulidagi  nemis-
fashistlarining  bosqinchilik  hujumi  barbod  bo’ladi.  Proxorovka  qishlog’i 
ostonasidagi tank jangi ikkinchi jahon urushidagi janglarning eng yirik shafqatsizi 
deb  e’tirof  qilinadi.  Bu  jangda  ikkala  tomondan  1200  tank  va  o’zi  yurar  qurollar 
(to’p,  zambarak,  artilleriya  qurollari,  zenit  to’plari)  jangga  tushirilgan.  Shuning 
uchun ham bu jang tarixda “tanklar jangi” deb nomlanadi. 
Ayniqsa havo janglarida uchuvchilarning qahramonliklari juda ham tahsinga 
sazovor edi. Ushbu janglarda sovet jangchilari bilan bir qatorda “Normandiya” deb 
nomlangan fransuz aviatsiyasi ham fidokorona jang qilgan. 
Sovet  Armiyasi  dushmanning  hujumini  qaytarib,  qarshi  hujumga  o’tadi.  5- 
avgusda  Oryol  va  Belgorod  ozod  qilinadi.  Ushbu  kunni  nishonlash  uchun 
Moskvada  birinchi  marta  bayram  salyuti  uyushtiriladi.  Keyinchalik  Sovet 
Armiyasi xar-bir katta g’alabasidan so’ng xuddi shunday salyut uyushtirish an’ana 
tusiga kirgan edi.  
Kursk  yonidagi  jang  23-  avgustda  Xarkovni  ozod  qilish  bilan  yakunlanadi. 
Jang  50  kun  davom  etgan  bo’lib,  u  o’zining  o’lchamlari  bo’yicha  Moskva  va 
Stalingrad janglaridan ham o’tib ketgan edi. Moskva ostonasidagi janglarda ikkala 
tomondan - 1,5 mln, Stalingrad jangida – 2 mln. kishi ishtirok etgan bo’lsa, Kursk 
yoyidagi  janglarda  –  4  mln.  kishi  qatnashgan.  Bu  jang  Germaniyani  juda  ham 
bezovta  qilib  qo’ygan  edi.  Shundan  so’ng  va  hatto  urush  tugagunga  qadar  ham 
Germaniya  qo’shinlari  faqat  mudofaalanishga  majbur  bo’ladilar.  Bu  janglardan 
keyin  sovet  qo’shinlarining  yangidan-yangi  zafarli  yurishlari  boshlanadi.  Qizil 
Armiya Donbass  va  Levoberejnaya Ukrainani ozod qiladi.  Bu bilan Qizil  Armiya 
nemis-fashistlarning Dnepr chegaralaridagi mudofaa tashkil qilish rejalarini barbod 
qiladi.  Qizil  Armiyaning  urush  davomida  orttirgan  harbiy  hunarining 
takomillashgani  sabab,  ular  Dneprni  kechib  o’tib,  1943-  yil  6-noyabrda 
Ukrainaning  poytaxti  –  Kiyev  shahrini  nemis-fashist  bosqinchilaridan  ozod 
qiladilar va o’ng qirg’oqni ozod qilish uchun yana ilg’or qadam tashlaydilar. 
Sovet-german  markazi  chizig’ida  sovet  qo’shinlari  Bryansk,  Gomel, 
Smolensk,  Belorussiyaning  sharqiy  qismini  bosqinchilardan  ozod  qiladilar. 


184 
Muntazam armiyaga partizanlar juda katta yordam ko’rsatdilar. 1943- yilda ular 5 
dan ortiq qo’poruvchilik ishlarini uyushtiradilar. 1942- yilga nisbatan bu-yili ular 4 
martadan ko’p fashistlarga har xil ko’rinishda talafot yetkazadilar.  
Sovet  qo’shinlarining  hujumlari  natijasida  188  dushman  diviziyasi  tor-mor 
qilinadi. Germaniya quruqlikdagi armiyasi 1400 dan ziyod askari va yirik sondagi 
harbiy texnikasini yo’qotadi. 
Sovet  qo’shinlari  zarbalari  ostida,  chekinayotgan  gitlerchilar  shaharalar  va 
qishloqlarni yondirar, tinch aholini qiynoqqa solar, va ularni Germaniyaga haydab 
ketardilar.  Fashistlarning  eng  og’ir  yovuzliklariga  birgina  Minsk  viloyati  Xatin 
qishlog’idagi  yovuzliklarini  misol  qilishimiz  mumkin.  Bosqinchilar  1943-yili 
Xatin  qishlog’idagi  barcha  uylarni  yoqib  yuboradilar  va  butun  aholisin  o’ldirib 
yuboradlar.  
Ikkinchi jahon urushida tub burilish davrini tahlil qilib ko’rganimizda, sovet 
–  german  urushidagi  sovet  qo’shinlarining  xizmatlarini  yuqori  baholaganimiz 
holda, 
biz 
g’alabaning 
ta’minlanishida 
Gitlerchilarga 
qarshi 
koalitsiya 
qatnashchilarining  ham  xizmatlari  katta  bo’lganligini  yoddan  chiqarmasligmiz 
darkor. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish