Ikkinchi jahon urushiga SSSRning tortilishi. 1941-yil 22-iyun kuni erta
tongda soat 4:00da fashistlar Germaniyasi o’zining ulkan harbiy kuchi hamda
ittifoqchilarining qurollangan kuchlari yordamida SSSRga qarshi urush boshlab,
uning hududlariga bostirib kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga
qarshi urushda qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi. 24-iyunda F. Ruzvel’t AQSh
hukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga
qarshi urushning Birinchi davri (1941-yil, iyun – 1942-yil, noyabr)da, asosan,
mudofaa xarakteridagi janglar olib bordi.
Fashistlar Germaniyasi SSSR ni bosib olish uchun 191,5 diviziya;
dushmanning kuchi 5,5 mln kishini tashkil etib, taxminan 4,3 ming tank, 47,2 ming
minomet va qurollar, taxminan 5 mingdan oshiq harbiy samolyot, 192 ta kemani
urushga yo’naltirilgan edi.
Sovet-german fronti o’sha zahoti ikkinchi jahon urushining asosiy va hal
qiluvchi fronti bo’lib qoldi. Bu yerda nafaqat sovet ittifoqining balki butun
dunyoning taqdirini hal qiluvchi hayot-momot jangi boshlandi.
Sovet Ittifoqining urushga kirishi dunyodagi harbiy siyosiy vaziyatni tubdan
o’zgartirdi. Hujum qilish oldidan fashist germaniyasi Yevropaning katta qismini,
shu jumladan Fransiya kabi yirik davlatni ham egallab olgan edi. Yevropa qit’asida
Ryunkerkdagi fojiadan so’ng harbiy harakatlar deyarli to’xtadi, agar Qarshilik
harakati hisobga olinmasa. Urushayotgan tomonlardan faqat Angliya to’liq
yengilishdan qutilib qoldi, lekin u Britaniya orollariga Germaniyaga hujum
qilishidan qo’rqib yashardi. U Germaniyaga qarshi harbiy harakatlarni faqat dengiz
va havoda olib borardi. Shuningdek, janglar Shimoliy Afrikada ham borardi. Bu
yerda Angliya armiyasiga qarshi bor-yo’q bir qancha Italyan va german
diviziyalari qarshi turardi. AQSh, Angliya iqtisodiy va harbiy yerdan ko’rsatardi,
lekin rasmiy jihatdan fashistlarga urush e’lon qilmagan edi. O’zga yerlarni bosib
olish va aholisini ommaviy qirish siyosatini olib borayotgan fashist Germaniyasiga
qarshi ma’lum halqlarning ijtimoiy va milliy ozodlikka bo’lgan qonuniy huquqini
himoya qilayotgan Sovet Ittifoqi turardi. Sovet ittifoqining urushdagi adolatli,
ozodlikka qaratilgan maqsadlarini Germaniyaning SSSR ga hujum qilgan
176
kommunistik partiya va sovet hukumati tomonidan e’lon qilindi. Davlat mudofaa
komiteti rahbari I. V. Stalinning 1941-yil 3-iyul Sovet xalqiga qilgan murojaatida
aytildiki, ikkinchi jahon urushida maqsad faqat SSSRning ozodligini himoya qilish
emas, shuningdek fashist agressiyasiga uchragan boshqa xalqlarga ham yordam
berishdir. Vatanimiz ozodligi uchun bizning kurashishimiz murojaatda aytilishicha
Yevropa va Amerika xalqlarining mustaqillik va demakratik ozodliklar uchun
bo’lgan kurashi bilan qo’shilib ketadi. Bu halqlarning ozodlik. Gitlerning armiyasi
tomonidan zabt etilganligi qarshi yaxlit front bo’ladi.
Urushning birinchi kunlardan boshlab fashistlarning butun Yevropa bo’ylab
SSSR hududi sari yo’naldi. Bunga nisbatan Sovet Ittifoqini qo’llab quvvatlovchi
xalqaro harakatlar to’lqini ko’tarildi. Bu urush dunyoning 61 ta davlatini o’z
domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 % yashar edi. Armiya saflariga jami
110 mln. kishi safarbar etildi.
1942-yilning 19-noyabridan 1943-yillar oralig’idagi davr Ikkinchi jahon
urushida tub burilish davri bo’lib sanaladi. Bu davrda sovet qo’shinlarining butun
front bo’ylab ommaviy tarzda hujumga o’tishi bilan xarakterlanadi, va yana
dushmanni bosib olgan yerlardan haydab chiqarish, Shimoliy Afrikada ingliz-
amerika qo’shinlari harakatlarining faollashuvi, fashistik ittifoqning tanazzulga
uchrashi, partizanlik va milliy ozodlik harakatlarining o’sishi, Gitlerga qarshi
davlatlarda harbiy ishlab chiqarishning keskin tarzda o’sishi bilan ham ta’riflash
mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sovet-german frontidagi juda og’ir kechgan
janglarda fashist Germaniyasi asta-sekin ustunligini yo’qota boshladi. Urushning
birinchi-yilidayoq, SSSR ga bostirib kirgan Gitler armiyasi harbiy kuchlarining 40
%ini, ya’ni 2 mln. ga yaqin askarlarini yo’qotib bo’lgan edi. 1942-yildagi yozida
bo’lib o’tgan janglarda esa 800 mingdan ziyod soldat va ofitserlari va harbiy
texnikasidan ajraldi. Stalingrad ostidagi to’rt oylik bo’lib o’tgan janglar davomida
mingdan ortiq nemis tanklari hamda 1400 dan ortiqroq samolyotlari yo’q qilinib
yuborildi. Sovet partizanlarining soni kundan-kun orta boshlagani sayin, ularning
dushmanga bergan talafotlari ham o’shancha ko’pyaverdi. Sovet partizanlarining
177
soni 1942-yilning oxiriga kelib 125 ming kishidan ortib ketdi. Partizanlarga qarshi
nemis qo’mondonligi sovet-german fronti quruqlikdagi kuchlaridan 10%ga
yaqinini qarshi urushga yo’llaydi. Partizanlar Belgiya, Niderlandiya, Daniyani ham
qo’shgan holdagi maydonni qamrab olib nazorat qiladi.
SSSR ning vaqtinchalik nemislar tomonidan bosib olingan yerlarida aholi
soni ancha ko’p sonda bo’lishiga qaramasdan va Sovet Ittifoqi yirik harbiy
kuchlarini Uzoq Sharqda ushlab turishga majbur bo’lsada, Sovet qo’mondonligi
zarur zaxira harbiy kuchlarini tayyorlashga ulgurgan edi. Sovet sanoati va qishloq
xo’jaligi juda katta qiyinchiliklar evaziga bo’lsa ham frontni oziq-ovqat, qurol-
aslaha va harbiy texnika bilan muntazam ta’minlashga erishadi.
Evakuatsiya ishlari tamomalngandan so’ng, 1942-yilning bahoridan boshlab,
SSSR dagi ishlab chiqarish asta-sekin orta boshlaydi. Ayniqsa harbiy sanoat,
umumiy sovet sanoatining yalpi ishlab chiqarishining 70-80% ini tashkil qildi.
1942- yil martda SSSR sharqiy viloyatlarida ishlab chiqarilgan harbiy texnika
hajmi – Ulug’ Vatan urushi boshlanishidan avval butun Sovet Ittifoqi miqiyosida
ishlab chiqarilgan texnika bilan teng bo’lib qoldi.
Sovet harbiy sanoati Germaniya va uning Yevropadagi ittifoqchilari hamda
bosib olgan davlatlari bilan qo’shib sanaganda ham yuqori darajaga ko’tarilib
ketdi. Sovet Armiyasi fashistik bloki harbiy kuchlaridan harbiylar soni va harbiy
texnika bo’yicha, shu jumladan, tanklar soni bo’yicha – 1,4 baravar, samolyotlar
soni bo’yicha – 1,6 baravar, artilleriya soni bo’yicha esa – 1,5 baravarga ko’tarilib
ketdi.
T-34-sovet tanklari, S. V. Ilyushin ixtiro qilgan Il-2 – hujumchi samolyotlari,
A. S. Yakovlev va S. A. Lavochkinlar ixtiro qilgan qiruvchi samloyotlar, o’sha
davrda mashhur – “Katyusha” deb nom olgan refaol zenit moslamalari dunyodagi
eng zo’r harbiy qurollar edi.
1942-yilning oxiriga borib Germaniya va AQShda atom bombasi ustida ish
olib borilayotganaligi to’g’risida xabar topgan Sovet hukumati yadro quroli
sohasida izlanishlar olib borishni boshlash to’g’risida qaror qabul qiladi.“Uran
muammosi” guruhiga atoqli sovet olimi I. V. Kurchatov rahbarlik qiladi.
178
1942–1943- yillarning eng muhim voqealaridan biri bu – Stalingard jangi
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |