Vena kongressi. Fransiya tor-mor qilinmasdan oldinoq, oltinchi ittifoqning
asosiy qatnashchilari diplomatik kongress chaqirishni va’dalashib qo’ydilar.
1814- yil sentyabrda Venada juda katta diplomatik kongress ochildi, ilgari hech
qachon bunday katta diplomatik kongress chaqirilmagan edi. Kongressga birgina
Turkiya imperiyasidan boshqa Yevropadagi barcha davlatlardan 216 vakil keldi.
Kongressda Napoleonni yenggan eng kuchli davlatlar: Rossiya, Angliya va
Avstriya asosiy rol o’ynadi. Rossiyaning vakillari imperator Aleksandr I, diplomat
Karl Nesselrode va Rossiyaning kongressdagi birinchi muxtor vakili Andrey
Razumovskiylar edi. Rossiya kongressning ishiga juda katta ta’sir ko’rsatib,
Napoleonni tor-mor keltirishda rus xalqi o’ynagan hal qiluvchi roldan o’z
manfaatlari uchun foydalandi.
Yevropadagi yirik monarxiyalarning kongressga to’plangan vakillari
Napoleonning burjua imperiyasi ustidan qozonilgan g’alabani tantana qildilar.
Kongress qatnashchilarining birinchi maqsadi Yevropa xalqlarining
respublikachi-demokratik va milliy-ozodlik harakatlarini bostirish va ilgari
Napoleon bo’ysundirgan davlatlardagi avvalgi, feodal-absolyutistik tartiblarni
tiklash edi. Bu davlatlarning hammasida kongress oldingi sulolalarni imkon
boricha qaytadan taxtga o’tqazdi. G’oliblarning ikkinchi maqsadi Napoleon
79
ustidan qozonilgan g’alabani mustahkamlashdan, Fransiyaning bonapartizm
rejimiga qaytishiga va qaytgan taqdirda Yevropani yangidan istilo qilishga
urinishi ehtimollariga qarshi mustahkam to’siq yaratishdan iborat edi. Buning
uchun kongressning rahbar qatnashchilari Fransiya bilan chegaradosh davlatlarni
kengaytirish va kuchaytirishga hamda bu davlatlarni Fransiyaga qarshi to’siqqa
aylantirishga harakat qildilar.
G’oliblarning uchinchi maqsadi o’zlarining hududiy davolarini qondirish,
davlatlarning Yevropadagi va mustamlakalardagi yerlarini qaytadan taqsimlab
olish edi. Shu bilan birga Vena kongressi yirik monarxiyalarning muddaosiga
xizmat qilib, ayrim xalqlarning milliy-ozodlik yo’lidagi intilishlari va
etnografik
chegaralarini e’tiborga olmadi. Bu esa buyuk davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning
keskinlashuviga olib keldi.
Kongressda uning qatnashchilari o’rtasida jiddiy ziddiyatlar ro’y berdi.
Rossiya imperiyasining G’arbiy Yevropadagi ta’sirini mustahkamlash uchun
Aleksandr I Germaniyada ikkita kuchli davlat – Avstriya bilan Prussiyani saqlab
qolishga intildi: ular o’zaro raqobat qilib, doimo bir-biriga qarshi bo’lishi kerak
edi. Aleksandr I o’zini Fransiya tomonidan bo’ladigan xavfdan saqlashga intilish
bilan birga Fransiyaning haddan tashqari xo’rlanishi va zaiflanishiga yo’l
qo’ymadi: bunga yo’l qo’yish Fransiyani german davlatlarining kuchini G’arbga
chalg’itish qobiliyatidan mahrum qilgan bo’lar edi. Rossiya Yevropa sharqida
tugatilgan Varshava gersogligining deyarli butun hududini bosib olmoqchi bo’ldi.
Bu vazifaning hal qilinishini osonlashtirish uchun Aleksandr pol’yak
dvoryanlarining bir qismi bilan til biriktirdi. Pol’shada mahalliy qonunlarni saqlab
qolishni hamda Pol’shaga cheklangan, aristokratik konstitutsiya va o’z armiyasiga
ega bo’lish huquqi berishni va’da qildi.
Avstriya bilan Prussiya Aleksandr I ning bu ishiga norozilik bildirdilar, bu
ikki davlat o’zlari olmoqchi bo’lgan pol’yak viloyatlariga hech qanday muhtoriyat
berishni istamadilar.
Aleksandr I pol’yak yerlaridan katta bir qismining Rossiyaga o’tishiga
Prussiyaning roziligini olish maqsadida Prussiyaning butun Saksoniyani olish
80
to’g’risidagi da’vosini qo’llab-quvvatlashga va’da berdi. Prussiya qiroli singari,
Aleksandr I ham bosqinchilik niyatida edi. Saksoniya qirolining (ayni zamonda u
Varshava gersogi ham edi) Napoleonga ittifoqchi va vassal bo’lganligi Pol’sha
bilan Saksoniyaning taqsimlab olinishiga bahona bo’ldi.
Angliyaning
torilar
hukumati
savdo-sanoat
va
mustamlakachilik
monopoliyasining Angliya qo’lida bo’lishini ta’minlashga harakat qildi. Torilar
hukumati Yevropa ligasidagi aristokratik reaksiyani qo’llab-quvvatlashni o’z
maqsadiga erishishning eng yaxshi vositasi, deb bilar edi va shu sababli u
Angliyaga raqib bo’la oladigan mamlakatlarda turg’unlik va qoloqlik holatini
mumkin qadar uzoqqa cho’zishga harakat qildi. Britaniya tashqi ishlar vaziri
Kaslri Napoleon urushlari davrida fransuzlardan, ispanlardan va gollandlardan
bosib olingan mustamlakalarning Angliya qo’lida qolishiga erishmoqchi bo’ldi.
Ammo u dastlab burjua Angliyasining eng xavfli raqibi bo’lgan Fransiyani
zaiflashtirishga va uning hududini 1792- yildagi chegara doirasi bilan cheklashga
harakat qildi. Britaniya kabineti Burbonlar sulolasini qaytadan taxtga chiqarishni
ayniqsa qattiq talab qildi. U shuningdek, Fransiya chegaralari yonida to’siq
davlatlar barpo etishga va Reyn daryosi bo’yida Prussiyani kuchaytirishga katta
ahamiyat berdi. Ingliz diplomatiyasi o’zining Yevropadagi siyosatini Yevropa
qit’asidagi davlatlarni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo’yishga qaratdi. Bu
davlatlar bir-biriga “tenglashib” olguncha Angliya ularga doimo hakamlik qilish
imkoniyatiga ega bo’ldi va mustamlakalarni bemalol bosib olaverdi. Kaslri
Rossiyaning Yevropadagi ta’siri yanada kuchayib ketishidan qo’rqib, Aleksandr I
ning Pol’sha to’g’risidagi rejalariga turli yo’llar bilan qarshilik ko’rsatishga
urindi, shuning uchun ham Pol’shani yangidan taqsimlashda uning Rossiyaga
o’tishi mumkin bo’lgan qismini kamaytirishga va Avstriya bilan Prussiyaning
hissasini ko’paytirishga harakat qildi.
Vena kongressida Avstriyaning vakili knyaz Metternix edi. Inqilobiy va
milliy-ozodlik harakatlari chinakam “xalqlar turmasi” bo’lgan ko’p millatli
Gabsburglar monarxiyasining hayotiga xavf solmoqda edi. Shu sababli, Metternix
monarxlarni inqilob bilan qo’rqitib va ularni jipslashtirib, reaksiya tamoyillarini
81
zo’r berib himoya qildi. Avstriya hukumati Prussiya bilan Rossiyaning kuchayib
ketishiga mumkin qadar yo’l qo’ymaslikka harakat qildi. Metternixning
Germaniya masalasida tutgan siyosati Germaniyaning tarqoqligini saqlab qolish
bilan birga unda Avstriya ta’sirining ustun bo’lishini ta’minlashdan iborat edi.
Prussiyaning Vena kongressida yuritgan siyosatning negizi pruss yunkerlari
ahvolini mustahkamlashdan, Saksoniyani bosib olish va ayni zamonda Reyn
daryosi bo’yidagi boy yerlarni qo’lga kiritishdan iborat edi.
Fransiya hukumati Prussiyani Fransiyaning o’ta ketgan dushmani, deb bildi
va Saksoniya qo’shib berilgan taqdirda pruss monarxiyasining yanada kuchayib
ketishidan xavfsiradi. Fransiya hukumatida Prussiyaga protestantlar yashaydigan
Saksoniya o’rniga katoliklar yashaydigan Reyn viloyati bilan Vestfaliyani berish
mayli bor edi, Fransiya hukumati, Prussiya bu ikki o’lkani o’ziga qo’shib
ololmaydi, deb o’ylagan edi. Shu sababli Taleyran Vena kongressida Prussiyaning
Saksoniyani bosib olishiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. Taleyran kongressda
davlatlar o’rtasida ro’y bergan ziddiyatlardan ustalik bilan foydalandi. Bu
ziddiyatlardan foydalanib, Taleyran, Fransiya urushda tor-mor qilingan bo’lishiga
qaramay, kongressda beshinchi buyuk davlat vakili sifatida o’rin ola bildi.
Rossiyaga xalaqit berish uchun Kaslri bilan Metternix Taleyranni zo’r berib
qo’llab-quvvatladilar,
Napoleon
ustidan
qozonilgan
g’alaba
natijasida
Rossiyaning g’oyat darajada kuchayib ketishi uning kechagi ittifoqchilarini shu
qadar qo’rqitib yuborgan ediki, rus hukumati bilan pruss hukumatining Pol’sha va
Saksoniya masalalaridagi rejalariga qarshi turish maqsadida Angliya, Avstriya va
Fransiya 1815- yil 3- yanvarda o’zaro maxfiy ittifoq tuzdilar. Fransuz tarixchilari,
odatda, bu shartnomani Taleyranning qilgan ishi, deb ko’rsatsalar ham, lekin
haqiqatda uning qilgan ishi emas edi. Bu bitimni zimdan tayyorlashda ingliz va
Avstriya diplomatlari asosiy rol o’ynagan edilar. Yangi ittifoqchilar bir-birlariga
harbiy yordam berishni va’da qildilar va bu akt imzolangandan keyin Rossiya
bilan Prussiyaga tazyiq qilishni juda kuchaytirdilar.
Prussiya Saksoniyaning hammasini emas, balki shimoliy qisminigina
olishga rozi bo’ldi, Saksoniyaning janubiy qismi mustaqil qirollik bo’lib qoldi.
82
Podsho ham sobiq Varshava gersogligining hamma yerini o’z mulklariga qo’shib
olishdan voz kechishga majbur bo’ldi, gersoglikka qarashli hududning katta bir
qismi Rossiyaga o’tdi, Poznan bilan Gdansk (Dansig) Prussiya qo’lida qoldi.
Bundan tashqari, Shvetsiya Pomeraniyasi Prussiyaga tegdi, Galitsiya esa
Avstriyaga berildi. G’arbda ilgari mayda knyazliklarning yerlaridan tashkil topgan
ikkita katta viloyat – Reyn viloyati bilan Vestfaliyani Prussiyaga qo’shishga qaror
qilindi. Germaniyaning bu viloyatlari iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy qilgan bo’lib,
strategiya jihatidan muhim ahamiyatga ega edi. Bu viloyatlarning qo’shib berilishi
Prussiyaga keyinchalik Germaniyaning katta qismini bo’ysundirish hamda
Fransiyaning eng kuchli va eng xavfli dushmaniga aylanish imkoniyatini berdi.
Vena kongressida Pol’sha to’rtinchi marta qayta taqsimlandi. Pol’shaning
yangidan taqsim qilinishi natijasida uch davlat: Rossiya, Avstriya va Prussiyaning
hukmron tabaqalari polyak milliy harakatini birgalikda bostirishdan avvalgidek
manfaatdor bo’lib qola berdilar. Faqat Krakov shu qadar janjalli punkt bo’lib
qoldiki, uning kimga berilishi to’g’risida bir fikrga kelish mumkin bo’lmadi.
Krakov shahri va unga bevosita tutashgan hududdan kichik bir mustaqil
respublika barpo etildi. Pol’shani navbatdagi taqsimlashda va polyak xalqini
ezishda Rossiyaning Prussiya va Avstriya bilan hamkorlik qilishi Yevropada
reaksiyami mustahkamlashga yordam berdi.
Napoleon Elba orolidan chiqib, Fransiya shimoliga kelib tushgan va qo’shin
to’plab Parijga qarab yo’l olgan paytda Vena kongressi o’z ishini yakunlab qolgan
edi. Fransiyada Bonapart sulolasining qayta tiklanishidan qo’rqib, kongress
qatnashchilari hal bo’lmagan janjalli masalalarni yig’ishtirib qo’yib, darhol yangi
(yettinchi) ittifoq tuzdilar.
Napoleonning Vaterloo yonidagi jangda so’nggi marta yengilishidan sal
oldinroq, 1815- yil 9- iyunda Vena kongressining аsosiy (oxirgi) hujjati
imzolandi. Bu hujjatda Fransiyaning sharqiy chegaralarida fransuz tajovuzining
yangi urinishlariga qarshi mustahkam to’siqlar barpo qilish ko’zda tutilgan edi.
Prussiyaning G’arbdagi yangi yerlari: Reyn viloyati bilan Vestfaliya
Fransiyaga qarshi qaratilgan sharqy to’siqning asosiy bo’yini va platsdarm edi.
83
Gollandiya va Belgiya yagona Niderlandiya qirolligi qilib birlashtirildi va
shunday qilib, belgiyaliklar ezilgan xalq ahvoliga tushirib qo’yildi. Bundan
tashqari, Niderlandiya qiroli Lyuksemburg gersog ligini shaxsiy mulk qilib oldi.
Mustaqil davlat qilib qaytadan tiklangan Shveytsariyani kongress betaraf
davlat deb e’lon qildi va uning Napoleon tomonidan o’z davrida tortib olingan
chegara viloyatlari (bu viloyatlarning strategiya jihatidan muhim ahamiyatga ega
bo’lgan tog’ yo’llari bor edi) yana o’ziga qaytarib berildi.
Italiyada Sardiniya qirolligi qaytadan tiklandi va kuchaytirildi; unga
Savoyya bilan Nitsa qaytarib berildi va sobiq Genuya respublikasining hududi
olib berildi. Sardiniya qirolligi Fransiyaning janubiy chegarasida Fransiyaga
qarshi platsdarm rolini o’ynashi lozim edi.
Vena
kongressining
asosiy
oxirgi
hujjatida
Yevropaning
va
mustamlakalarning Napoleon ustidan g’alaba qozongan g’oliblar o’rtasida
qaytadan taqsimlanish yakunlari bayon qilindi.
Rossiya Pol’shaning katta bir qismini oldi va ilgari qo’shib olingan
Finlyandiya bilan Bessarabiyani o’z qo’lida saqlab qoldi.
Angliya Mal’ta oroli va Gollandiya bilan Fransiyadan bosib olgan
mustamlaka yerlarni o’ziniki qilib oldi. Afrikaning janubida ilgari Gollandiyaga
qaragan Kap mustamlakasi va Seylon oroli mustamlaka yerlarning eng muhimlari
edi. Bu mustamlakalar, birinchi navbatda, Hindiston yo’lidagi va uning
bo’sag’asidagi muhim strategik punktlar sifatida Angliya uchun juda katta
ahamiyatga ega edi. Hindistonni batamom va uzil-kesil istilo qilish Britaniya
mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |