6-mavzu. BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISH DAVRI VA UNING OʻZBEKISTONDAGI
XUSUSIYATLARI
Reja
1. Oʻtish davri iqtisodiyoti nazariyasi,uning belgilari, turlari va qonuniyatlari.
2. Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga oʻtish yoʻllarining xususiyatlari va tamoyillari.
3. Oʻtish davrida Oʻzbekistonda bozor islohatlarning kontseptsiyasi va strategiyasi.
4. Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida Respublikada makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish vazifalari.
1. Oʻtish davri iqtisodiyoti nazariyasi,uning belgilari, turlari va qonuniyatlari.
Bir itisodiy tizimdan bosha bir iqtisodiy tizimga oʻtish yoʻllari (modellari) xilma-xil
boʻlib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning barcha yoʻllari umumlashtirilib,
quyidagi toʻrtta asosiy turga boʻlinadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yoʻli;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yoʻli;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yoʻli;
4) sotsializm gʻoyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan
qoʻshib olib borish yoʻli.
Bu yoʻllar turli tuman va har xil boʻlishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yoʻllarning hammasi bozor iqtisodiyotiga oʻtishni maqsad
qilib qoʻyadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi koʻp jihatdan
umumiy boʻladi.
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yoʻl bilan, ya’ni jadal
usulda yoki evolyutsion yoʻl bilan, ya’ni bosqichma-bosqich oʻtish mumkin.
2. Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga oʻtish yoʻllarining xususiyatlari va tamoyillari.
Oʻzbekistonda bozor munosabatlariga oʻtish yoʻli ijtimoiy-yoʻnaltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yoʻlni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh
qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib
olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- oʻtish davrida davlatning bosh islohotchi boʻlishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga oʻtish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida
kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga oʻtishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga
egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtish tamoyili alohida
e’tiborga loyiq.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning