Okeniyaning siyosiy bo’linishi
T/r
Mustaqil davlatlar va qaram
orollar nomi
Maydoni
(ming kv.km)
Aholisi,
ming
kishi
(1999)
Poytaxti
yoki
ma’muriy markazi
1
Amerika Samoasi
0,195
67,7
Pago-Pago
2
Vanuatu Respublikasi
12,22
189,6
Port-Vila
3
Guam(AQSH mulki)
0,549
151,7
Xagatna
4
Irian–Jaya
(Indoneziya
provinsiyasi)
422
3506
Jayapura
5
Kiribati Respublikasi
0,81
91,9
Bairiki
6
Kuk orollari (Yangi Zelandiya
mulki)
0,237
20,0
Avarua
7
Marshall orollari Respublikasi
(AQSH bilan erkin uyushgan)
0,181
50,8
-
8
Mikroneziya
Federativ
shtatlari (AQSH bilan erkin
uyushgan)
0,7
133,1
Pamshir
9
Nauru Respublikasi
0,021
11,8
-
10
Niue (Yangi Zelandiya mulki) 0,262
2,08
Alofi
11
Norfolk (Avstraliya mulki)
0,34
2,21
Kingston
12
Palau Respublikasi (AQSH
bilan erkin uyushgan)
0,508
18,7
Koror
13
Papua-Yangi Gvineya
462,8
4900
Port-Morsbi
14
Pitkern
(Buyuk
Britaniya
mulki)
0,035
0,058
Alamstaun
15
Samoa
2,8
179,4
Apia
16
Solomon orollari
27,6
466,1
Xoniara
17
Tokelau (Yangi Zelandiya)
10,12
1,5
Tokelau
18
Tonga Qirolligi
0,748
102,3
Nukualofa
19
Tuvalu
O,026
10,8
-
20
Uollis va Futuna orollari
(Fransiya mulki)
0,274
15,2
Mata-Utu
21
Fiji Orollari Respublikasi
18,4
832,4
Suva
22
Fransiya Pleneziyasi
4,2
249,1
Papaete
23
Shimoliy
Mariana
orollari
(AQSH
bilan
erkin
birlashgan)
0,457
69,3
_
24
Yangi Zelandiya
270,5
3700
Vellington
25
Yangi Kaledoniya
19,01
201,8
Numea
10
1.2 Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Avstraliya relyefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan o’rtacha
balandligi (215m) jihatidan Avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95
%ining mutloq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1)
G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligi – o’rtacha mutloq balandligi 400-500 m, tizmalari
va supa tog’laridan iborat; 2) markaziy pasttekislik – ko’p qismining mutloq
balandligi 100 mga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (-12m) o’sha
yerdagi botiqda joylashgan Eyr ko’li yonida; 3) Katta Suvayirg’ich tizmasi
(materik sharqida) – o’rtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, cho’qqilari yassi tizma
tog’lar. Avstraliyaning eng baland nuqtasi – Kostyushka tog’i (2230 m) janubdagi
Avstraliya Alp tog’larida.
Avstraliya iqlimiy jihatdan subekvatorial, tropik va subtropik va subtropik
mintaqalarida joylashgan. Iqlimi quruq tropic, sharqiy sohillari esa nam tropic.
Buning sabablari: Asosiy daryosi Murrey (Darling bilan)
Avstraliya iqlimi uning shimoliy qismi (20
0
janubiy kenglikgacha) ekvatorial
mussonli, o’rta katta qismi ( 20
0
-30
0
janubiy kengliklar oralig’i) tropik cho’l va
janubi-g’arbiy chekkasi qishda yog’in ko’proq yog’adigan subtropik iqlimli
mintaqalarga kiradi. Avstraliya janubi yarimshardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3
qismi cho’l va chalacho’llardan iborat. Qirg’oqlaridan materik ichkarisiga tomon
yog’in miqdori tez kamayib boradi, lekin ko’p yillik yog’insiz davrlar bo’lmaydi.
Yozda (dekabr-fevral) quruqlik g’oyat qizib (tempratura 36
0
dan ortadi) materik
ustida past bosim oblasti bujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland
bosim qaror topadi, shu sababli janubi g’arbda va Nallarbor tekislida yog’in
tushmaydi. Haroratning mavsumiy o’zgarishi asosan tropik va subtropik
mintaqalarining ichki rayonlarida ko’proq namoyon bo’ladi. Yanvar oyida 40
0
dan
yuqori issiq tempraturalar shimoli-g’arbda (Morbl-Bar) bo’ladi. Mutloq maksimum
harorat 53,1
0
Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutloq minimum harorat
Avstraliyaning ichki rayonlarida – 4,6
0
ga tushadi. Faqat Avstraliya Alp tog’larida
sovuq barqarorroq bo’lib turadi. U yerda -22
0
gacha sovuq qayd qilingan.
11
Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida
ikkita mavsum – quruq va yog’ingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey
tekisliklarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi tog’larda musson
yomg’irlari yog’adi. Sharqiy sohilining ko’p qismida iqlim tropic dengiz iqlimi,
issiq. Shimolda yog’inlarni shimoli-g’arbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yog’in
sohilida 1500 mm, 10
0
-20
0
janubiy kengliklarda 400-500 mm. Avstraliyada eng
ko’p yog’in (2243 mm) Kernskda yog’adi. Eng kam yog’in (300-250 mm) materik
g’arbida yog’adi. Katta Suvayirg’ich tizmasi Tinch okeanidan esuvchi iliq van am
shamollarni to’sib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yg’in
taqsimotini murakkablashtiradi. Qishda (iyun-avgust). Avstraliyaning ayniqsa
janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovuq (12
0
,5
0
), yuqori bosim oblasti tarkib
topadi.
Ichki suvlari. Avstaraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki havzaga, 7 %
Tinch okeani va 33 % Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar
ko’p emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, tog’lardan boshlanadi, suv
miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri) yirik irmog’i – Darling.
Ichki berk havzani kesib o’tivchi chuqur o’zan (krik)lar ko’p, ularda faqat
yog’ingarchilik vaqtlardagina suv oqadi. Avstraliya cho’llaridagi suvlar sho’r. Yer
osti suvlari ko’pincha minerallashgan, zahirasi katta. Ular bir necha artezian
havzada to’plangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 mgacha chuqurlikdan chiqadi.
Sho’r ko’llar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15 ming kv.kmga
yetadi. Undan janubda Torrens, Gerdner, G’arbiy platoda Amadies ko’llari bor.
Avstraliya yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming kv.kmni tashkil
qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; ulardan eng yiriklari – Katta Artezian,
Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurg’oqchil
rayonlarda sug’orish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi
Okeaniya Tinch okeanining markaziy va g’arbiy qismlaridagi orollar
to’dasi.28
0
25
1
shimoliy kenglik bilan 52
0
30
1
janubiy kengliklar va 130
0
sharqiy
uzunliklar bilan 105
0
g’arbiy uzunliklar oralig’ida. G’arbiy qismi Avstraliya va
12
Malay arxipelagiga yondosh. Orollarning umumiy maydoni 1,26 mln km.kv,
shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga to’g’ri kiladi.
Okeaniya uch qism : Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir.
Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Melaniziya (Solomon,
Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin
joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa
Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismalarida
joylashgan. Mikroneziya (Korolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar)
Yangi Gviniya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi
akvatoriyada tarqalgan. Okeanda passat shamollar hukmronlik qiladi. Dengiz
tropik iqlimi tarqalgan, yog’in ko’p yog’adi.
Okeaniya orollari janubiy yarim sharning tropik va subtropik mintaqasida
joylashgan, yumshoq issiq iqlim (yer sharidagi eng shinam, yoqimli va qulay)
harorati, yetarli yog’in miqdori bu kengliklarda yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi
ekinlaridan mo’l hosil olishdan tashqari, bir necha marta hosil olish imkonini
beradi (Kokos palmasi, banan, kakao,kofe, choy, shakarqamish, paxta,
ildizmevalilar: taro, batat, yams, monioki va boshqalar.)..
Avstraliya geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari mineral xom ashyo
resurslariga boy va xilma-xil bo’lishiga olib kelgan. Foydali qazilma resurslari
bilan o’z ehtiyojlarini qondirishdan tashqari xalqaro bozorga ham chiqaradi.
Birinchi navbatda bu qora va rangli metal rudalari, uran, ikkinchi o’rinda ko’mir,
ligerlovchi va kamyob metallar, oltin zahiralariga taalluqlidir.
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati
va zahirasi bo’yicha dunyoda yuqori o’rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel,
uran rudalari, boksitlar, ko’mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir.
Temir rudasining yirik konlari (Tom-Prays, Maunt, Maunt-Ueylbek)
mamlakat g’arbida, oltin konlari (Kambalda, Leonora) janubi-g’arbida, nikel ruda
konlari (Grinveyl) shimoli-sharqiy va janubi-g’arbiy qismlarida alyuminiy (boksit)
rudalari konlari (dunyodagi eng yirik kon Ueypa-York yarim orolida topilgan, yana
Gov va boshqalar), uran rudalari konlari (Nabarlek) shimolda, polimetall rudalari
13
konlari (Broken-Xill va boshqalar) janubiy va shimoliy qismlarida, olmos konlari
(Uinton va boshqalar) mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarida joylashgan.
Ko’mir konlari materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan, neft va
tabiiy gaz konlari mamlakatning sharqiy hududlaridan va g’arbida okean shelfida
qazib olinadi.
Okeaniya xilma-xil qazilma boyliklarga boy. Toshko’mir (Yangi Zelandiya),
tabiiy gaz, temir rudasi, mis va marganes rudalari, platina, kumush (Yangi
Gviniya), oltin (Fiji), fosforit rudasi (Nauri) va boshqalar qazib chiqariladi.
Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy,
Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshko’mir
va qo’ng’ir ko’mir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida
neft va gaz konlari topilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Avstraliya turli xildagi foydali qazilmalarga
boy. Asosan temir rudasi, mis, titan, nikel, uran, boksit, oltin, olmos, ko’mir
kabilar. Masalan:
Temir rudasi qazib olishda dunyoda 3-o’rinda (yiliga 110 mln t.);
Marganes qazib olishda 3-o’rinda;
Boksit qazib olishda 1-o’rinda;
Nikel qazib olishda 3-o’rinda;
Qalayi va rux qazib olishda 2-o’rinda;
Mis qazib olishda 9-o’rinda;
Ko’mir qazib olishda 6-o’rinda (yiliga 210 mln t.)
Olmos qazib olishda 1 -o’rinda turadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |