E. Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 2008- yil, 193- bet.
365
gan yaxshiligi, ayniqsa, yolg‘onchiligi o‘zining boshiga balo
olib kålishi tomoshabinni o‘ylashga, xulosa chiqarishga olib
kåladi.
Bunday o‘ylab ko‘rilsa, tulkining tadbirkorligi, ishbilar-
monligi orqasida cholni o‘limdan asrab qolishi tomoshabinlar-
da katta taassurot qoldiradi.
CHOL BILAN BO‘RI
Ishtirok etuvchilar:
CHOL, TULKI, BO‘RI, OVCHI.
S a h n a :
Chakalakzor, qopqonda yotgan tulkining ovozi eshitiladi.
T u l k i :
Voy-dod. Yordam¾ Dod yordam!
Bormi rahmdil odam¾
(Jim bo‘ladi. Qo‘lida qop va arqon bilan
chol kirib kåladi.)
C h o l :
Cholman, kåtdi madorim,
Håch qolmadi darmonim.
Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuraman,
G‘ira-shira ko‘raman.
Qani¾ biroz dam olay.
(Kunda ustiga o‘tiradi. Tulkining ovozi eshitiladi.)
T u l k i :
Voy-dod, yordam, onajon,
Qayda qolding, otajon?!
Qutqaringlar, o‘laman,
Ochilmayin so‘laman.
(Jim bo‘ladi.)
366
C h o l :
Voy-yu nima bu?..
Allakim¾
Dodladi-yu bo‘ldi jim¾
Qaray-chi, kim bo‘ldi?
(Axtaradi.)
T u l k i :
Mån — Tulki,
Yordam båring, bobojon,
Oyog‘imda bor qopqon.
C h o l :
Qo‘limdan kålsa yordam,
Ayamayman mån håch ham.
(Axtarib topolmaydi.)
Tulki, qaysi to‘rdasan?
Yoki o‘lik murdasan?
Tåzroq bo‘l, ovoz chiqar.
T u l k i :
Chuqurdaman, tåz qutqar.
(Yig‘laydi.)
C h o l :
Qutqaraman, yig‘lama,
Yurak-bag‘ring tig‘lama.
(Chol arqon tashlab, Tulkini chuqurdan tortib,
qopqondan qutqaradi)
T u l k i :
Rahmat, sizga, chol bobo,
Qutqardingiz o‘limdan.
C h o l :
Yordam qildim, ey „bola“
Nima kålsa qo‘limdan.
T u l k i :
367
Mån ozodman, quvnoqman,
Boyagiday o‘ynoqman.
(O‘ynab qo‘shiq aytadi.)
Jon bobojon, bobojon,
Sizga ko‘pdan-ko‘p rahmat.
Båring många bir arqon,
Tortmang siz aslo zahmat.
(Arqonni olib chiqib kåtadi.)
C h o l :
(Orqadan qarab.)
Balli, otangga rahmat,
Umring ziyoda bo‘lsin.
Många qilding zo‘r madad,
Yegan tuzing haq bo‘lsin.
(Birdan: „ Ushla, qo‘yma!“ dågan shovqin eshitiladi.)
Bu qanday shovqin-suron,
„Ushla! qo‘yma!“ — To‘polon?
O‘rmonga o‘t kåtdimi?
Yoki ajal yåtdimi?
(Pauza: Chol hayron. Chopganicha halloslab Bo‘ri kiradi.)
B o ‘ r i :
Boy bobojon, bobojon,
Yordam båring tåz många.
C h o l :
Nima bo‘ldi, Bo‘rijon?
Ozor bårdi kim sånga?
B o ‘ r i :
Qochdim o‘rmonma-o‘rmon,
Qolmadi månda darmon.
Quvladilar bårmay kun,
Yulduz bo‘ldi många tun.
Yashiring, kålmoqda yov,
Unda yo‘q shafqat-ayov.
Rahmingiz kålsin många.
(Yig‘laydi.)
368
C h o l :
Sho‘rlik,
Bo‘ri, tortibsan xo‘rlik.
Kål, qopga kir va jim yot,
Kulcha bo‘lib, toshday qot.
Ko‘rganlar dåsin: o‘tin
Faqat jim yot, jim yotgin.
B o ‘ r i :
Xo‘p, yashiring tåz.
Vaqt oz.
(Qopga kiradi.)
C h o l :
Jim yot, jim bo‘l.
(Bo‘ri jimiydi.)
Juda soz.
(Mårgan kiradi.)
M å r g a n :
Hoy, o‘tinchi bobojon,
Hormang!
C h o l :
Bor bo‘ling, o‘g‘lon!
M å r g a n :
Qochirdim bir bo‘rini,
Ko‘kish, aytsam turqini.
So‘rayman sizdan shuni,
Ko‘rmadingizmi uni!
O‘zi juda bahaybat,
Turgan-bitgani g‘iybat.
Shum, hiylagar va ayyor,
Ovqat bor joyda tayyor,
Qo‘zi-qo‘ylarga ofat.
C h o l :
Yomon ekan kasofat¾
369
M å r g a n :
Qopqon qo‘ysam ilinmas,
Tårisi ham shilinmas¾
Xayr, qolmayin yo‘limdan,
U qutulmas qo‘limdan.
C h o l :
Niyatingga yåt, bolam.
M å r g a n :
Xayr, ota!
C h o l :
Xayr, bolam!
(O‘zicha.)
Yolg‘onladim, oqibat
Yomon bo‘lmasin faqat.
(Bo‘riga.)
Bo‘ri, qopdan chiq tåzroq,
Mårgan uzoq kåtdi, boq.
(Bo‘ri qopdan chiqadi.)
B o ‘ r i :
(Kulib.)
Omon qoldim o‘limdan,
Ha-ha-ha-ha-ha-ha,
Ha-ha-ha-ha-ha-ha.
Endi måning qo‘limdan —
Qutulmas håch qanday ov,
Odam zoti många yov!
(Kuladi.)
C h o l :
(Talvasaga tushib.)
Yaxshilik qildim sånga!
B o ‘ r i :
Yomonlik odat många! (Uliydi.)
24 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
370
Mån bo‘riman, bo‘riman,
Odamlarning sho‘riman.
C h o l :
(Yalinadi.)
Rahming kålsin, shafqat qil,
O‘ldirma, marhamat qil.
B o ‘ r i :
Dushmanga bo‘lmas ayov,
Odam zoti många yov
Qornim ochdi,
Nachora.
(Cholga.)
Såni yåyman, båchora.
Arzing bo‘lsa, aytib qol!
Ochligimdan mån båhol.
C h o l :
Xo‘p, gapimga quloq sol,
Mån rahmdil qari chol,
Dushmanni do‘st bilibman,
Ko‘ngil bo‘shlik qilibman.
(Nochor.)
Shuning uchun haqqing bor,
Yeya qol, mån gunohkor.
Låkin gunohni har gal
O‘zga birov qilur hal.
O‘rmonning qonuni shu.
B o ‘ r i :
Uncha qiyin emas bu¾
Ammo bu yår daraxtzor,
Na odam bor, na jonivor.
C h o l :
So‘nggi iltimos shuki¾
Ana kålmoqda¾
(Tulki kirib kåladi.)
371
T u l k i :
(Såzib.)
Omonmisan, jon bo‘ri,
Daraxtzorga xon bo‘ri.
Na mushkul ish boshingda,
O‘ttiz yashar yoshingda?
B o ‘ r i :
Chol mårgandan qutqazdi,
Låkin jonin yutqazdi,
Qopga kirib qutuldim.
C h o l :
Mån båchora tutildim,
Bo‘ri måni yåyarmish.
Qorni to‘yib kåtarmish.
T u l k i :
(Bo‘riga.)
Qopga sig‘dim dåysanmi?
Cholni endi yåysanmi?
B o ‘ r i :
Ha, sig‘dim, cholni yåyman!
T u l k i :
Gaping yolg‘ondir dåyman!
B o ‘ r i :
Rost.
T u l k i :
Rost bo‘lsa, hoziroq,
Qani, qopga kirib boq!
Ko‘ray, ishonay.
Kåyin —
Mayli, cholni sån yågin!
B o ‘ r i :
Chol, qopni och, kirayin!
372
T u l k i :
Sig‘ganini ko‘rayin!
(Bo‘ri qopga kiradi.)
T u l k i :
Bobo, qop og‘zin bog‘lang,
Bo‘rining bag‘rin dog‘lang.
(Chol qopning og‘zini bog‘lay boshlaydi.)
B o ‘ r i :
Voy-dod! Bobo, rahm aylang!
T u l k i :
Qop og‘zini mahkam bog‘lang!
C h o l :
(Bo‘riga.)
Dushmanga bo‘lmas ayov,
Doim firib bårar yov.
(Chol Bo‘rini, Tulki o‘tinni orqalaydi.)
T u l k i va C h o l :
(Quvonishib ashula aytadilar.)
Biz dushmandan oldik o‘ch,
Endi, Bo‘ri, bo‘lma o‘ch!
Biz ikkovmiz, bizda kuch,
Do‘stmiz qadrdon.
C h o l :
Tulkibåk, rahmat sånga,
Yov xavf sololmas bizga.
T u l k i :
Bobojon, rahmat sizga.
B i r g a :
Yasha, qadrdon!
(Chiqib kåtadilar.)
Do'stlaringiz bilan baham: |