Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

 
LATIFALAR 
Yumor  har  bir  xalqning  o‘ziga  xos,  xarakterli  xususiyatlarini 
yorqin ko‘rsatadi. Turk xalq og‘zaki ijodida, latifalar rang-barangligi 
bilan  ajralib  turadi.  Bu  latifalar  turklar  hayoti  bilan  chambarchas 
bog‘liq  bo‘lib,  turk  xalqi  ma’naviy  madaniyatining  ajralmas 
qismidir. Turk latifalarining ilk yozma namunalarini XIII–XIV asrga 
oid bo‘lgan adabiy yodgorliklarda ko‘rish mumkin. Xo‘ja Nasriddin 
                                                           
1
 Турк эртаклари. Анќара. 1992й. 1-жилд. 14-бет.
 


 
20
haqidagi  43  latifani  qamrab  olgan  ilk  to‘plam  sanasi  1571  yil. 
Nasriddin Xo‘ja tarixiy shaxs bo‘lib, 1208–9 yili Sivrihisorga yaqin 
joydagi Horto qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasidan so‘ng biroz vaqt qish-
loqda  imomlik  qiladi  va  1237  yilda  mutasavvuf  olim  Sayyid  Mah-
mud Hayroniyga murid bo‘lish uchun Oqshaharga keladi. Umrining 
oxirigacha  (1284)  shu  yerda  yashab  qolgan  Xo‘ja  xalq  orasida  ni-
hoyatda zukko, gapga usta, adolatpesha odam sifatida taniladi. Nuk-
tadon,  orif  inson  bo‘lgan  Nasriddin  Xo‘ja  zamondoshlarining 
ko‘nglidagi  gaplarni  topib  aytganki,  bora-bora  u  haqida  latifalar 
to‘qilib, xalq qahramoniga aylanib ketgan. 1837 yildan buyon Xo‘ja 
Nasriddin  latifalari  kitob  holida  tez-tez  bosilib  turibdi.  1857  yildan 
e’tiboran  Yevropa  tillariga  tarjima  qilina  boshlangan.  1865  yilda 
qirqdan ortiq latifalar o‘zbek tilida kitobot qilingan. Xo‘ja Nasriddin 
bugungi  kunda  ko‘plab  turkiy  xalqlarning  sevimli  qahramonidir. 
Xo‘ja  Nasriddindan  boshqa  Bekri  Mustafo,  Bektoshiy,  Qoraqush, 
Xobenneka  kabi  turk  xalq  qahramonlari  borki,  bular  haqidagi  lati-
falarning  o‘zi  alohida-alohida  turkumlardan  iborat.  Bekri  Mustafo 
erkin  fikrlovchi,  qotib  qolgan,  qoloqlikka  qarshi  kurashuvchi  shaxs 
sifatida tasvirlansa, darvish Bektoshiy topqirligi bilan ayrim kaltabin 
qozilarning, din peshvolarining ustidan kuluvchi xalq qahramoni si-
fatida  tasvirlanadi.  Go‘l,  berahm,  qaysar  hukmdorlar  haqidagi  lati-
falar vazir Qoraqush nomi bilan bog‘liq. Qoraqushning kaltafahmligi 
uning  so‘zlarida,  xizmatkorlariga  ish  buyurishida  ko‘rinadi.  Xo-
benneki  haqidagi  latifalarda  ham  sodda,  go‘l  odamlar  ustidan  kuli-
nadi. 
Latifalarda mavzu jihatdan o‘zga xalqlar folklorida uchraydigan 
voqealarga qisman o‘xshashlari ham bo‘lishi mumkin. 
Namunalar: 
Bir kuni Qoraqushning lochini qafasdan chiqib ketibdi. 
-  Darvozani  yopinglar,  lochin  chiqib  ketmasin,  -  buyuribdi 
Qoraqush qorovullariga.  
Qozi  bo‘lgan  Afandi  da’vogarningmi,  javobgarningmi  haq-
liginimi  yecha  olmay  boshi  qotdi-da,  ikkalasini  ham  kaltaklashni 
buyurdi. 
Jazo bajarilgach, xo‘rsinib dedi: 


 
21
-  Endi  vijdonim  toza,  qaysi  biri  aybdor  bo‘lsa  ham  jazodan 
qutulolmadi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish