25-rasm. Klotoida.
O`tish egri chizig`i burilish burchagi ichiga joylashgan bo`lib, asosiy burilish
chizig`iga nisbatan ichkariga siljigan bo`ladi (26-rasm). Bu chiziqni qurishda
asosiy burilish chizig`i faqat α=2β burchagi ichida o`z xolatini saqlab qoladi.
Bunda β – o`tish egri chizig`i boshlanish va ohirgi nuqtalari orqali o`tkazilgan
urinma chiziqlar xosil qilgan burchak. 26-rasmga asosan α>2β bo`lgan sharoitda
o`tish egri chizig`ini joylashtirish mumkin.
Egrilik radiusi o`zi xosil qilgan yoy uzunligi Sga teskari nisbatda bo`ladi, ya’ni:
ρ=C/S C – doimiy-klotoid ko`rsatgichi.
51
S – klotoid boshidan undagi berilgan nuqtagacha bo`lgan uzunlik.
O`zgaruvchan egrilik uzunligi, quyidagi ibora bilan topiladi: