«Sab'ayi sayyor» dostonining tuzilishi, hikoyatlar tahlili


Agar  bu  ulug‘  zotni  avliyo



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana31.12.2021
Hajmi2,21 Mb.
#219484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
alisher navoiyning sabbayi sayyor dostonida ranglar psihologiyasi

Agar  bu  ulug‘  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning  avliyosi,  mutafakkir 

desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. 

I.A.Karimov 



Mavzuning dolzarbligi: Tarix hukmi shunga guvohki, xalqchil insonparvar 

va  yuksak  san’at  namunasi  bo‘lgan  asarlargina  davrlar  sinovidan  o‘tib,  yangidan-

yangi  avlodlarga  ma’naviyat  va  ma’rifat  nurlarini  taratib  ardoqli  meros  sifatida 

qadrlanadi.  Ulug‘  Alisher  Navoiy  yaratgan  bebaho  badiiy  durdonalar  ana  shunda 

xushbaxt taqdirga ega. Yana shu ham haqiqatki, buyuk  obidalarni bunyod etolgan 

umri  bezagi  mutafakkirlarning  har  bir  so‘zi    inson  va  insoniyat,  hayot  va  jamiyat 

haqidagi qarashlari  go‘zallik,  nafosat borasida bildirgan  mulohazalari qimmatli  va 

qadrlidir.  Zero  ular  pok  qalb  va  ezgu  niyatning,  zukko  aql  va  benazir  teran 

shuurning  ummonidan  yuzaga  kelgan  bo‘lib,  g‘oyat  kuchli  umumlashma 

xususiyatga ega

1

.  


Alisher  Navoiy  har  bir  so‘zi  shu  bois  hozir  ham  purma’no  hurmat  bo‘lib 

jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq bo‘lmoqda. 

San’at  turlarini  o‘zaro  sintezi  bizga  boshqa  bir  san’at  turining  boy 

imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilish bizga uning keng holatdagi badiiyatini 

ochib  beradi.  She’riyatdagi  vazn,  buning  isbotidir.  Rassomchilik  ya’ni  rangtasvir 

va badiiy adabiyotning uyg‘unlashuvi ham shular jumlasidandir. 

Tasviriy  san’at  va  adabiyotning  o‘zaro  sintezi  Sharqda  avvaldanoq 

rivojlanganligini kuzatish mumkin. Masalan: “Zumrad va Qimmat” ertagida oq va 

                                                

1

 Қудратиллаев Ҳ. Навоийнинг адабий-эстетик олами. Ғофур Ғулом номидаги нашриёт  матбаа бирлашмаси. 



1991, 3-бет. 


 

qizil  rangli  sandiqlarning  berilishi  va  ushbu  ranglar  orqali  ezgulik  va  yovuzlik 



mazmunining  ifodalanishi,  yoki  “Tohir  va  Zuhra”  dostonida  Tohirning  sandiqda 

oqib kelishi shular jumlasidandir. 

Rassom  ijodidagi  rangtasvirni  ko‘r  –  ko‘rona  mushohada  eta  olsak, 

adabiyotda  berilgan  ranglarni  mushohada  eta  olishlik  uchun  ranglarning  “nedan 

so‘zlamoqchi” ekanligini bilish zarur. 

Biz  yoritmoqchi  bo‘lgan  mavzu  o‘zida  ortig‘i  bilan  tasviriy  san’at  va 

adabiyotning  oliy  uyg‘unlashuvini  bera  olgan,  Alisher  Navoiyning  “Sab’ai 

Sayyor”  asaridagi  ranglar  jilosini    ifodalashdan  faqatgina  ifodalabgina  qolmay, 

ranglar  ortidagi  “dunyo”ni  ham  ochib  berishdan  iborat.  Ayrim  maqola  va  fikr  – 

mulohazalar  hisobga  olinmaganda,  o‘zbek  mumtoz  she’riyatida  rang  ramzlari  va 

ma’nolari muammosi hali maxsus tadqiq qilingani yo‘q. 

Alisher  Navoiy  uslubiy  me’rosi  undan  keyin  yashab,  ijod  qilgan  bir  necha 

yirik qalam ahli  uchun o‘ziga  xos  maktab  vazifasini o‘tamoqda.  Lekin bu  maktab 

faqat  o‘zbek  yoxud  turkiylar  uchungina  emas,  balki  bani  bashar  ichidan  yetishib 

chiqqan  so‘z  daholaridan  tortib  o‘ziga  yarasha  “tab’i  nazmi”  bor  shaxslarga  ham 

taalluqlidir.  Abdulla  Oripov  aytganidek,  “Agar  shunday  deyish  joiz  bo‘lsa,  tub 

xususiyatlari  bilan  ulug‘  shoir  asarlarining  “qon  gruppasi”  umuminsoniy.  Uni 

alohida  bir  xalq  yoxud  bir  necha  millatga  nisbat  berish,  ochig‘i  xato,  u  yer 

kurrasidagi barchaning ma’naviy-ruhiy hayotga daxldordir”.

1

 



Navoiy  asarlari  bag‘rida  jo  bo‘lgan  milliy  va  umuminsoniy  qarashlar,  fikrlar 

har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi, 

bemisl  mahorat  natijasi  o‘laroq  tarkib  topgan  go‘zal  shakli  shu  qadar  jozibali, 

hayratlanarli.  Ularni  o‘qigan  kishi,  agar  tom  ma’noda  uni  tushunish,  anglash 

baxtiga  musharraf  bo‘lsa  shoirning  ulug‘  donishmandligi  oldida  lol  qolsa, 

yozmishlari  badiiyati,  ularning  nafosati  qarshisida  dong  qotadi.  Shuning  uchun 

adib  asarlarning  mazmuni,  g‘oyaviy  jihatlari  tadqiqi  ne  chog‘liq  dolzarb  bo‘lsa, 

ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib berish ham birdek zarur. 

                                                

1

 Ҳаққулов И. Абадиёт фарзанди. Тошкент: 1990, 165-166-бетлар. 




 

Navoiy  asarlarida  qo‘llangan  tabiiy  vositalar,  unsurlar  turfa  va  xilma  –  xil. 



Ular  ichida  shoirning  ranglar  vositasida  fikr  berish  usuli  o‘ziga  xos. 

Adabiyotshunoslikda  olimlarimiz  u  yoki  bu  asar  tadqiqi,  shoirlar  tahlilida  ularda 

qo‘llangan ranglar, ularning badiiy – estetik vazifasi xususida to‘xtalganlar. Lekin 

hozirgacha  shoir  ijodida  tasvirdagi  ranglar  ahamiyati  maxsus  o‘rganilmagan.  Shu 

bois bitiruv malakaviy ishimizga mazkur mavzuni tanladik. 


Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish