II. Umumiy ma’lumotlar:
Avtomagistral - transport vositalarining yuqori tezlik va havfsiz
harakatlanishini ta`minlovchi yo`l bo`lib, 5.1 (yashil rangdagi) belgi bilan
belgilanadi. Avtomagistraldagi barcha ahborot ishora belgilari yashil rangda
bo`ladi.
Velosiped - odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq
g`ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari).
Etarli ko`rinmaslik - yomg`ir, qor yog`ishi, tuman tushishi va shunga
o`xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g`ira-shira vaqtida yo`lning ko`rininsh
masofasi 300 metrdan kam bo`lishi.
Yondosh hudud - bevosita yo`lga tutashgan va transport vositalari o`tib
ketishi uchun mo`ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobillarning
to`xtab turish joylari, yonilg`i quyish tarmoqlari, korhona va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |