Shaxs
kamolotining
bosqichlari Hayot davri yoki uning davomiyligi tug‘ilish va o‘lim orasidagi
vaqtinchalik intervalni anglatadi. Hayot davomiyligi muhim sotsial va psixologik
natijalarga ega: unga ko‘p holatlarda avlodlar yashash davomiyligi hamda
bolalarning dastlabki ijtimoiylashu jarayonlari bog‘liqdir. SHunga qaramasdan,
“hayot davri” formal tushuncha bo‘lib, shaxsning hayot mazmuniga bog‘liq
bo‘lmay, individual mavjudligining xronologik doirasini anglatadi. Hayot sikli
shuni taqazo qiladi-ki, hayot yo‘li ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadi, uning
bosqichlari (“hayot yoshi”, “hayot davrlari”) esa doimo o‘zgarib turadi. A.Adler
hayot yo‘li tushunchasining o‘rniga hayot uslubi tushunchasini ishlatgan. Uning
qarashicha, hayot uslubi insonning olamga va o‘z-o‘ziga beradigan e’tibori bo‘lib,
maqsadlari intilishlari tomon yo‘nalgan bo‘ladi. A.Adlerning fikricha, hayotdagi
mohiyat shaxsning 4-5 yoshlarida anglab bo‘lmas hissiyotlar orqali erishiladi. 5
yoshlarning oxiriga borganda, bola turli muammo va vazifalarga nisbatan amalga
oshiriladigan xaddi-harakat va shaxsiy uslubining namunasiga ega bo‘ladi101.
Individual rivojlanishni tavsiflash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy
termin – bu “hayot yo‘li”dir. Bu termin shaxs rivojlanish jarayonini bildirib, unda
hayotiy jarayonlarni va shaxs shakllanishini boshqarish amalga oshadi. Oxirgi
paytlarda hayot yo‘lini tizimli o‘rganish va biografik metod rivojlanish
psixologiyasida muhim o‘rin egallagan. Zamonaviy fan rivojlanishdagi sifatiy
siljishlar, sakrashlar hamda krizislar muammosiga katta e’tibor qaratmoqda.
Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial o‘zgarishlar – ba’zida kasallik holatlari –
psixologik qayta tiklanish shaklida kechadi. SHunga ko‘ra, rivojlanish
psixologiyasi “yosh krizislari yoki “rivojlanishning normativ krizislari” singari
o‘ziga xos tushunchalar kiritgan. “Krizis” tushunchasi – muvozanat buzilish holati,
yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, shaxs motivatsion sohasining qayta qurilishi
kabilarda namoyon bo‘ladi. Unga mos biologik hamda sotsial qonunlarni bilish,
qaysi yosh davrida mazkur jamiyatdagi individ u yoki bu muammolar bilan
to‘qnashishi, bu muammolar qanday qilib o‘zaro aloqador bo‘lishi, qaysi
faktorlarga ko‘ra muammo davom etishi va u qanday echimlarga ega ekanligi
bilish mumkin bo‘ladi. SHaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik (masalan, jinsiy
etilish) yoki sotsial-psixologik (masalan, maktabga chiqish yoki turmush qurish)
hodisalar quyidagi omillarsiz kechmaydi: a) individning xronologik yoshi; b)
individning tug‘ilish sanasi; s) tarixiy davr va kalendar sanasi. Ameriklik olimlar
L.R.SHerrod va O.G.Brim insonning hayot yo‘li haqidagi tasavvurlarini quyidagi
shaklda taqdim etishadi: 1. Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham
plyuralistik hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‘lmay, yakuniy natija ham bir
xil bo‘lmaydi. 2. Rivojlanish homila davridan to o‘limgacha davom etib, uning
plastiklik va o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib qoladi.
Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning turli vaqtida boshlanishi, davom etishi
va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta, o‘xshash traektoriya
yoki qonuniyatga ega bo‘lishi shartemas. 3. Turli insonlardagi rivojlanish bir xilda
kechmaydi. Individlararo farqlar o‘z ichiga jinsiy, sotsial-sinfiy va boshqa
xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar differensiatsiyasini olishi mumkin. 4.
Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan boshqarilishi va bu
sohalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin: ular bitta-yagona ta’sit tizimiga kirmaydi.
Masalan, biologiya (rivojlanish etilishning sodda jarayoni emas) yoki muhit
(rivojlanish tarbiya va ta’limning sodda jarayoni emas). Hayotiy jarayonlar va
perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja bo‘lib, u o‘zida hayot
strategiyasini namoyon etadi. Hayotiy taktikalar jamlanmasi hayot ssenariysini
yaratadi. Hayot yo‘lini yaratish jarayonini tushuntirishning ikki yondashuvi
mavjud bo‘lib, ulardan biri rejalashtirish, ikkinchisi ssenariy talqinidir. Birinchi
yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa olimlar o‘z ishlarida
ko‘rsatishgan bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs ongli ravishda hayot jarayonini tanlaydi va
boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‘li maqsadlari va tizimlari haqidagi
qarashlarning shakllanishida ota-onaning roli muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
S.L.Rubinshteynning fikricha, “shaxs hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zi
belgilaydi”. Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers, E. Bern va b.)
shaxs hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz ravishda tanlaydi va bu jarayon
bola umrining dastlabki yillarida sodir bo‘ladi deb hisoblashadi103. Ularning
konsepsiyasiga ko‘ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va uni tasavvurlar
va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‘riladi. Hayot ssenariysi esa shaxs
hayot bo‘shlig‘ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi, sekin-astalik bilan
kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini tanlashga ta’sir qiluvchi
omillar sifatida bolaning oilada tug‘ilish tartibi, ota-ona, buva va buvisining ta’siri
(ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi, emotsional qo‘lab-quvvatlashi yoki
deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‘z ismi va familiyasining qabul qilinishi,
tasodifiy ekstremal holatlar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |