Ishning ilmiy yangiligi. Ishda so‘z yasalishi, so‘z yasalish usullarini o‘qitishga
oid uslubiy ko‘rsatma va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Birituv malakaviy ishi
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasining qo‘shma yig‘ilishida muhokama
qilinib, himoyaga tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha Yakkasaroy
tumanidagi 73-maktabda ochiq dars tashkil qilindi.
Bitiruv ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Ishimizda bayon etilgan ilmiy-
metodik xulosalardan umumiy o‘rta ta’limda ona tili fanidan so‘z yasalishiga oid
mavzularni o‘tishda foydalanish mumkin.
Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv ishi kirish, uch bob,
xulosadan tuzilgan bo‘lib, ishning so‘ngida xulosa va tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yxati
berilgan. Ishning umumiy hajmi 64 sahifani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |