rizo bo‘lung, Xudoyi taolo mani shu ko‘yga solibdur” – deb, Eshon Mulla Bozor
borlig‘ini ilm-ma’rifat, haqiqat va ilohiyotning oliy marhamatiga erishish yo‘lida
Yo`ldoshev B, To`xliyev B, Yo`ldoshbekov J. 9-sinf adabiyot darsligi – Toshkent: 2006.
50
islom qoidalarini o‘rgangan. Aniqrog‘i, Qur’onni yod olgan. Uning tariqatlarini
qalbida joylagan, amalda uni qo‘llagan, aslida so‘fiy darajasiga ko‘tarilgan komil
inson edi. Uning Mulla Bozor Oxund dargohida bo‘lishi, undan ta’lim olishi, o‘z
bilimini, tariqatini yana bir bor sinash, o‘z bahosini olish bilan izohlanadi. Shu
bilan birga, Mashrab din ahliga o‘z muritiga ega bo‘lgan Xo‘ja Said Eshon ahliga
e’tiqod qo‘ygan shariatning homiylaridan edi. Bu narsa Mulla Bozor Oxund bilan
bo‘lgan munosabatda o‘zining shariatga xos bo‘lgan ifodasini topa olgan.
O‘z davrida Ofoq Xo‘ja Eshon o‘zining karomati bilan muridlarning
ko‘pligi, aqidasi, so‘fiyona ta’limining kuchi bilan nom chiqargan edi. Bu narsa
mashrabning ruhiy olamiga ta’sir etmay qolmadi. Mashrab Namangandan
Qashg‘ar sari otlandi. Yo‘lda ne-ne karomatlar sodir bo‘ldi. Ofoqxo‘ja hammani
ham o‘zining dargohida qabul qilmas, unga qo‘l bermas edi. Ammo karomatli
shoir B.Mashrab bilan bo‘lgan savol-javob Ofoqxo‘jani lol qoldirdi. Hatto, o‘zini
butun borlig‘i, umidi, e’tiqodini karomatli eshonga bag‘ishlagan. Mashrabni
bag‘riga olib, u haqida duolar qildi. Allohdan o‘z duoaini ijobat bo‘lishini so‘radi:
“Qissai Mashrab” devonida jamlangan rivoyatlar nihoyat ko‘p. Unda
shoirning karomati, Allohga iltijosi, Qur’oni karimni yod olgani, qalbida ilohiy nur
paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar keltirilganki, bu voqealar bugungi
kunda ham o‘zining tarbiyaviy – didaktik ahamiyatini yo‘qotgan emas. Eng
muhimi, rivoyatlarning har birida Mashrabning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan islom
qoidalarining inson hayotidagi kuchi, haqiqati ilova etilgan, shu sababli, (mazkur
to‘plami) Mashrab haqidagi rivoyatlarni to‘plab, devon holiga keltirgan Pirmat
setoriyning “Mashrab karomatlari” haqidagi voqealar, hikoyalar shoirning tabiati,
ulamo-yu shaxslarga nisbatan munosabatlarini bildiruvchi, eng muhimi, uni
haqiqat, Xudo tomon intilishini ta’minlovchi voqealarni o‘rganish uning tub
mohiyatini o‘quvchilarga soda tilde yetkazish Mashrab dunyosi, falsafiy qarashlari,
ruhiy olami, eng muhimi, uni shariat, tariqat, ma’rifat sari intilishini tub sabablarini
o‘rganish imkoniyatini beradi. Shunga ko‘ra, darsda “Qissai Mashrab” asaridagi
51
shoirning dunyoga kelishi hamda dini islomiyatni qalbiga jo qilishi haqidagi
rivoyatni o‘quvchilarga yetkazish shoirning tabiati, ichki dunyosi, yashashdan
maqsadi nima ekanligini bilib olish imkonini beradi.
O‘qituvchi dars oxirida “Qissai mashrab” asarining g‘oyaviy mazmuni,
tasavvufiy talqinlari va shoirning badiiy mahoratini yoritishga oid bo‘lgan
darslikdagi savollarni mustaqil ravishda o‘rganib, unga javob yozib kelish
vazifasini topshiradi:
1.Xudo yo‘liga kirgan Mashrabning onasidan rizolik olish uchun o‘zini
suvga g‘arq qilish tadbirini qanday izohlaysiz?
2.
Do'stlaringiz bilan baham: