KREDIT FOIZI VA STAVKASI
“Qarz” bank tilida kredit deb ataladi (lotinchada creditum – qarz ma’nosini
anglatadi). Albatta, bank mijozga qarz berib turganligi uchun mijoz bankka qarz
haqi to‘laydi. Qarz haqi — kredit foizi deb ataladi. Kredit foizi miqdori yillik foiz
stavkasiga qarab belgilanadi.
Formula
Kreditning yillik
foiz stavkasi
Kredit haqi
Kredit miqdori
=
100%
.
Bank atamasi italyancha “banco” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “kursi”
(“stul”) ma’nosini bildiradi. O‘rta asrlardagi birinchi bankirlar aholi gavjum
joylarda, maydonlarda kursida o‘tirib olib, pullarni almashtirib berish, omonatga
qabul qilish va qarz berib turish ishlarini bevosita bajarishgan. Shu bois, ular
o‘tirgan joy, “banco” (“kursi”), ya’ni “bank” nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |