24- MAVZU
ISHCHI KUCHI BOZORI VA ISHSIZLIK
1. Bu kasb egalari oylik ish haqi miqdorini taxminan belgilang va ularni kamayish
tartibida joylashtirib chiqing.
2. Nima sababdan bu kasb egalarining oylik maoshlari miqdori turlicha?
3. Sizningcha, oylik maoshlar miqdoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Yana qanday kasb va hunar egalarini taniysiz?
5. Ularni kim va qanday tartibda ishga yollaydi?
Bank xodimi
Ilmiy xodim
Sartarosh
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ishchi kuchi taklifi
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda qancha
ishchi o‘z ishchi kuchini sotishga rozi ekanligini anglatadi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda
qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan sotib olinishini
bildiradi.
ISH HAQI VA UNING MIQDORI
Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan o‘lchanadi.
Tabiiyki, ishchi kuchining narxi qancha arzon bo‘lsa, bunday mehnat bilan
shug‘ullanishni istaydigan ishchilar soni shuncha kam bo‘ladi va aksincha,
Do'stlaringiz bilan baham: |