IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISH
20- MAVZU
REAL VA NOMINAL QIYMATLAR
Ma’lumki, mamlakatning muayyan yildagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
(YaIM, YaMM, SIM, SMM va MD) o‘sha yilda amalda bo‘lgan narxlarda
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning qaralayotgan yildagi joriy narxlarda hisoblangan
qiymati nominal qiymat deb yuritiladi. Lekin ma’lumki, narxlar yildan yilga
o‘zgarib turadi. Shuning uchun mamlakatning turli yillardagi ko‘rsatkichlari o‘zaro
taqqoslanayotganda, ularning real qiymatidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |