O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-BOB. AYLANMA AKTIVLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/128
Sana31.12.2021
Hajmi4,18 Mb.
#216023
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

6-BOB. AYLANMA AKTIVLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH 
 
6.1. Ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlari hisobini yuritish.   
6.2. Tayyor mahsulotlarni hisobga olish. 
6.3. Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi. 
6.4.  Tovar va xizmatlarning kirimini hisobga olish. 
6.5.  Material va tovarlarning qaydarilishi hisobi. 
6.6.  Chet korxonalarning xizmatlarini hisobga olish. 
6.7. Chakana va ulgurji savdoda tovarlar hisobi. 
6.8. Schyot-faktura, uni rasmiylashtirish va QQS. 
 
6.1. Ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlari hisobini yuritish 
Buxgalteriya  hisobining  1C  dasturiy  ta’minotida  (keyingi  matnlarda  “Dastur” 
deb  ataladi)  ishlab  chiqarish  faoliyatini  avtomatlashtirilgan  holda  aks  ettirish  uchun 
quyidagi xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish mumkin: 

ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladigan ishlab chiqarish zahiralari va chet 
tashkilotlarning xizmatlarining kirimi; 

ishlab chiqarish zahiralarini mahsulot ishlab chiqarishga berish; 

omborga tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlarning kirimi; 

o’z ishlab chiqarish bo’limlariga ko’rsatilgan xizmatlarni aks ettirish; 

mahsulot (tovar, xizmat)larning haqiqiy tannarxini aniqlash; 

o’z  ishlab  chiqargan  tayyor  mahsulot  (yarim  tayyor  mahsulot,  xizmat)larni 
sotish; 

buyurtmachilarga xizmatlarni ko’rsatish;  

daval xom-ashyolarni qayda ishlovga berish. 
Ishlab  chiqarishga  doir  hujjatlarda  ishlab  chiqarish  bo’limini  yozish  majburiy 
hisoblanadi. 
Dasturda  mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  va  ishlab 
chiqarilgan  mahsulotning  tannarxiga    hamda  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ta’sir 
ko’rsatuvchi omillarni hisob siyosatida aks ettirish lozim. 
Dasturda ishlab chiqarish faoliyati quyidagicha aks ettiriladi: 
1. Oy  davomida  ishlab  chiqarish  faoliyatini  bilan  bog’liq  bo’lgan  ishlab 
chiqarish xarajatlari  2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hisobga olib boriladi. 
Ishlab  chiqarish  zahiralari  avval  omborga  qabul  qilinadi  va  undan  keyin  ishlab 
chiqarishga beriladi. 
2. Omborga  tayyor  mahsulot  (yarim  tayyor  mahsulot)lar  reja  bahosida  (ishlab 
chiqarish  hisobi  reja  bahosida  olib  borilsa)  yoki  material  qiymati  (ishlab  chiqarish 
hisobi spetsifikatsiya asosida olib borilsa) asosida qabul qilinadi. 
3. O’z ishlab chiqarish bo’limlariga va chet tashkilotlarga ko’rsatilgan xizmatlar 
hisobi aks ettiriladi. 
4. Oy  oxirida  inventarizatsiya  natijasida  tugallanmagan  ishlab  chiqarish 
qoldiqlari  aniqlanadi,  agar  Tugallanmagan  ishlab  chiqarish  inventarizatsiyasi 
hujjati foydalanilsa. 
5. Oy  oxirida  reglamentli  operatsiyalar  natijasida  ishlab  chiqarish  tayyor 
mahsulot (yarim tayyor mahsulot, xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. 


Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi schyotlarida olib boriladi: 
- 2000 “Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar”; 
- 2300 “Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar”; 
- 2500 “Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”; 
- 2600 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schetlar”. 
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagilar bo’yicha olib boriladi: 

Ishlab chiqarish bo’limlari (Tashkilotning bo’limlari ma’lumotlar bazasi); 

Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  turlari  (Nomenklatura  guruhi 
ma’lumotlar bazasi); 

Xarajat  moddalari  (Xarajat  moddalari  va  Boshqa  xarajat  va  daromadlar 
ma’lumotlar bazasi). 
Omborga  materiallar  kirimi  qilish  uchun  menyu  Xaridlar  –  Tovar  va 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish