75
o’rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o’rta
maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni
tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular
o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom, kurs,
laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasalar;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar
soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan
xodimlarga (100modda ikkinchi qismining 1-bandi).
Maktablar, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlari, kadrlarning
malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarining
muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga
ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq
to’lagan holda yozgi ta’til davrida to’liq beriladi.
Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko’ra joriy yilda ta’tilni to’liq berish imkoni
bo’lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o’n ikki ish kunidan
ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin, shu yili undan albatta
foydalanilmog’i lozim.
Xodimlar quyidagi
ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:
homiladorlik va tug’ish ta’tillari (233-modda) ;
bolalarni parvarishlash ta’tillari (232, 234, 235-
moddalar); o’qish bilan bog’liq ta’tillar (254 va 256-
moddalar) ;
ijodiy ta’tillar (258-modda).
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra,
ish haqi saqlanmagan holda
muqarrar tartibda ta’til beriladi:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga
tenglashtirilgan shaxslarga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar; ishlayotgan I va
II guruh nogironlariga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar; ikki yoshdan uch
yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga (234-modda); o’n ikki
yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga - har yili
o’n to’rt kalendar kunga qadar (232-modda) ; mehnat to’g’risidagi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat
shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar
yillik asosiy ta’tilga qo’shib hisoblanadi.
Xodimlarga 15 kunidan kam bo’lmagan muddatda yillik asosiy ta’til beriladi.
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning
umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak (MK 140 modda).
Do'stlaringiz bilan baham: