Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

Og’zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish. 
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. 
Turli sohalarga oid innovatsiyalar haqida gapirib berish. 


92 
 
 
Yozma nutq: 
“Zamondoshlarimizning kashfiyotlari” mavzusida taqdimot tayyorlash. 
Kasb sohasidagi innovatsiyalar haqida ma’lumot tayyorlash. 
Sohada qo’llanadigan baynalmilal so’zlar lug’atini tuzish. 
 
GRAMMATIKA. Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. 
Fan  va  texnikaning  turli  tarmoqlariga  doir  ilmiy  asarlar,  darsliklar  ilmiy 
uslubda  yoziladi.  Ilmiy  matn  ilmiy  va  ilmiy-ommabop  matnlarga  ajratiladi.  Ilmiy 
matnda  gap  bo‘laklari  tartibi  adabiy  til  qoidasiga  qat’iy  amal  qilgan  holda 
qo‘llanadi.  Ilmiy  matnda  har  bir  fan  sohasiga  oid  atamalarning  qo‘llanilishi 
xarakterli  xususiyat  hisoblanadi.  Masalan,  iqtisodiyotda  kredit,  moliya,  pul, 
sug‘urta,  narx,  tannarx,  hisob,  taftish,  aylanma  kabi  terminlar  ishlatiladi.  Ilmiy-
ommabop  matnlarda  atamalar  tizmasidan,  ilmiy  bayonchilikdan  qochiladi.  Bayon 
etilayotgan  fikrning  barchaga  baravar  tushunilishini  ta’minlash  maqsadida 
tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq  va batafsil 
tasvirlardan foydalaniladi.  
 Ilmiy  uslubning  janrlari  –  monografiya,  maqola,  annotatsiya,  dissertatsiya, 
darslik, ma’ruza, ma’lumotnoma. 
Ilmiy  uslub  va  uning  xususiyatlari.  Ilmiy  uslubga  mantiqiylik,  aniqlik,  ilmiy 
atamalarning  keng  qo`llanishi  xos  bo`lib,  barcha  ilmiy  asarlar,  jumladan,  maktab 
darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy 
munosabatlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy  xulosalarga  asoslanuvchi,  har  bir  fan 
sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon 
qiluvchi  uslub  ilmiy  uslubdir.  Ilmiy  uslubning  asosi  atama,  ta’riflar,  qoidalar, 
qonunlardir.  Atamalar  faqat  bir  ma’noda  qo`llanilib,  o`zi  ifodalayotgan 
tushunchaning  tub  mohiyatini  ko`rsatadi,  masalan  o`zak,  negiz,  yasovchi 
qo`shimcha,  turlovchi  va  tuslovchi  qo`shimchalar,  shakl  yasovchilar  kabi  atamalar 
so`z  tarkibiga  oid  lingvistik  tushunchalarni  ifodalaydi.  Masalan:  Har  qanday 
grammatik  ta’rif  yoki  qoidada  uchta  tushuncha  birlashgan  boladi:  tushunchaning 
mohiyati,  xususiy  va  umumiy  tomoni.  (Ona  tili  darsligidan).  Nuklein  kislotalar 
dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein 
kislotalar deb atalgan.  
Hozirgi  vaqtda  nuklein  kislotalar  faqat  yadroda  emas,  balki  xloroplast  va 
mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan.  (Biologiya  darsligidan).  Jismni tashkil 
qilgan  %  molekulalar  xaotik  harakatining  kinetik  energiyasi  bilan  ularning  o

zaro 
ta’sir potensial energiyalarining yig’indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi 
(«Fizika» darsligidan). 
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:  


93 
 
1) sof ilmiy uslub;  
2) ilmiy-ommabop uslub. 
Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy  asarlar, darslik 
va  o’quv  qo’llanmalari  yoziladi.  Bu  uslub  aniq,  daliliy  ma’lumotlar  asosida 
chiqarilgan  ilmiy  xulosalar  (qoidalar,  ta’riflar)ga  boy  bo’lishi  bilan  boshqa 
uslublardan  farqlanadi.  Ilmiy  uslub  ham  adabiy  tilning  ko’rinishi  bo’lib,  bir  qator 
o’ziga  xos  xususiyatlarga  ham  ega:  monologik  belgilari  bilan  boshqa  uslublardan 
ajralib  turadi;  obrazli  tasvirlar  bilan  emas,  balki  aniq  ma’lumotlarning  xolis, 
umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar 
bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi. 
Ilmiy  uslubda  har  bir  fanning  o’ziga  xos  terminlaridan  foydalaniladi. 
Masalan,  jinoyat,  jazo,  afv,  hukm,  ozodlikdan  mahrum  etish,  davlat  tili,  davlat 
chegarasi,  unitar  davlat,  tergov,  alibi,  kodeks  yurisprudentsiya  tarmoqlarida; 
jamiyat,  ong,  tafakkur,  mushohada  falsafada  va  h.k.  Ilmiy  uslubda  so’zlar  asosan 
o’z  ma’nosida  qo’llanadi,  qoida  yoki  ta’rifning  mazmunini  ochishga  xizmat 
qiladigan  ajratilgan  bo’laklar,  kirish  so’z  va  birikmalar,  shuningdek,  qo’shma 
gaplardan ko’proq foydalaniladi. 
Ilmiy  uslubda  qo’shma  gaplardan  shu  sababli,  shunday  bo’lsa,  bunday 
vaqtda,  shunga  qaramasdan  kabi  vositalar  yordamida  bog’lanuvchi  ergash  gapli 
qo’shma  gaplar  ko’proq  ishlatiladi.  Chunki  bunday  gaplar  sabab  va  natija  hamda 
boshqa  munosabatlarni  aniq  ifodalay  oladi.  Bog’lovchisiz  qo’shma  gaplar  bu 
uslubda kamroq ishlatiladi. 
Ilmiy  matn  qurilishining  mantiqiy  izchil  bo’lishi  unda  boshlanmalar,  gap 
qismlarini  bog’lash  uchun  shunday  qilib,  shu  sababli,  bundan  keyin,  ko’rinadiki, 
shunga  ko’ra,  shu  bilan  birga,  aytilganlarga  ko’ra  kabi  so’z  va  so’z  birikmalari 
qo’llaniladi.  Ko’p  qo’llaniladigan  birinchidan,  bir  tomondan,  ikkinchi  tomondan, 
xullas,  demak  shaklidagi  kirish  so’z  va  birikmalar  ham  yuqoridagi  maqsadlarga 
xizmat qiladi. 
Ilmiy  uslubda  fikrning  aniq  bir  shaxs  tomondan  bayon  qilinayotgani 
sezilmaydi.  Unda  ko’proq  fe’lning  majhul  nisbatidan  foydalaniladi:  dalillar 
keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi.  Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar 
ilmiy  uslubning  lisoniy  belgilaridir.  Bu  belgilar  mazkur  uslubning  boshqa 
uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi. 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish