Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

 
Og’zaki nutq:  
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.  
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.  
Matnga munosabat bildirib so’zlash.  
Yozma nutq:  
O’zbekiston muzeylaridan biri haqida taqdimot tayyorlash.  
Jahonning mashhur muzeylari haqida qiziqarli ma’lumotlar tayyorlash. Soha muzeyi 
haqida matn tuzish. 
 
Grammatika:   Sohaviy terminlar va ularning qo’llanishi. 
        Iqtisodiyot  terminologiyasini,  umuman,  boshqa  soha  terminologiyalarini  ham 
boyitishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch 
holatga e’tibor berish zarur bo‘ladi:  
1.  Muayyan  bir  tilda,  shuningdek,  o‘zbek  tilida  ham  iqtisodga  oid 
tushunchalarni  aniq  ifodalovchi  qator  leksemalar  qadim-qadimdan  qo‘llab 
kelinmoqda.  O‘zbek  adabiy  tili  boyligining  bir  qismi  o‘laroq,  bunday  so‘zlar 
keyinroq, konkret  terminologik  tizim  vujudga  kela  boshlashi  bilan iqtisod  fanining 
maxsus  tushunchalarini  ifodalash  uchun  jalb  qilina  boshlangan  edi.  Masalan,  haq, 
bitim,  pay,  garov,  dallol,  pul,  so‘m,  sug‘urta,  savdo,  omonat,  g‘amlama  va 
boshqalar. 
2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan 
terminlar  ham  maxsuslashtiriladi,  ya’ni  iqtisodiy  terminlar  sifatida  ishlatiladi. 
Masalan,  taklif,  sohibkor,  o‘sim,  qoldiq,  daraja,  palata,  kadrli,  yetakchi,  yig‘im, 
qonun,  qaydnoma,  baho,  xo‘jalik  kabi  yuzlab  leksemalar  iqtisodiy  terminologik 
tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu 
soha terminlari sifatida amal qilinaveradi. 
3.  Iqtisodiyot  terminologiyasining  boyishidagi  yana  bir  manba,  bu  iqtisodiy 
tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama 


49 
 
lug‘aviy  birliklar  hisoblanadi:  jamg‘arma,  ijarachi,  ishsizlik,  uyushma,  tejamkor, 
iqtisodiyot, tadbirkor, bojxona, qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday 
terminlarning  bir  qismi  tegishli  ruscha-baynalmilal  muqobillarining  o‘zbek  tilidagi 
kalkasi sifatida yuzaga kelgan. 
        Hozirgi  o‘zbek  tili  lug‘at  tarkibida,  uning  iqtisodiy  terminlar  tizimida 
yuqoridagidek  umumturkiy,  o‘zbek  terminlari  bilan  bir  qatorda  fors-tojikcha, 
arabcha,  shuningdek,  ruscha-baynalmilal  leksemalar  ham  qo‘llanib  kelinayotir. 
Masalan,  sarmoya,  savdogar,  tojir,  sarkor,  daromad,  dastmoya  kabi  fors-tojikcha 
so‘zlar  asosiy  iqtisodiy  terminlar  bo‘lib  qo‘llanmoqda.  O‘zbek  tili  iqtisodiyot 
terminologiyasining  ruscha-baynalmilal  terminlar  hisobiga  to‘ldirilishi  haqida  gap 
ketganda  shuni  aytish  kerakki,  rus  tili  leksikasi  imperiya  davrida  mahalliy  tillarga, 
xususan,  o‘zbek  tiliga  ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazdi.  Masalan,  veksel,  preyskursant, 
kredit, tovar, buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar. 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish