1.2.ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………..…
229
II. MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI…………………………. 231
III. GLOSSARIY…………………………………………………………..
239
IV. ILOVALAR……………………………………………………………
279
4.1. FAN DASTURI……………………………………………………….
279
4.2. ISHCHI FAN DASTURI………………………………………..……
297
4.3.TESTLAR……………………………………………………………… 315
7
КIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini
rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori
malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan
kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini
kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
O‘zbek tili” fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv uslubiy majmua o‘quv
jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion
texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson
o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi.
O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini
o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va
kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan
nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z
mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga
o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv uslubiy majmua nutqiy
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib
tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da
ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan
sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat
bozorining
zamonaviy
ehtiyojlariga
muvofiq
yuqori
malakali
kadrlarni
tayyorlash”ga tola mos keladi.
Majmua birinchi o‘ringa asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi
bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy
maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini
yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni
tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib
turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish,
mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash,
boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada
har bir mashg‘ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar,
mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va
ishchi o’quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat,
bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning
ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |