14-topshiriq. Iqtisodiyotga oid qiziqarli ma’lumotlar to’plang.
203
37-MAVZU. ISH YURITISH TILI VA USLUBI
Hujjat ish yuritishning asosi. Hujjatchilik tarixi. Normativ (me’yoriy) hujjat
tushunchasi. Hujjat aylanishi. Elektron hujjatlar.
Vazirlar
Mahkamasining
2012-yilda
respublikani
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor
vazifalariga bag'ishlangan yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida kerakli
chora-tadbirlarni va loyihalarni amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o'tdi. Yig'ilish
yakuni bo'yicha mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish
Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish bo'yicha tegishli
qaror qabul qilindi.
Elektron hujjat aylanish tizimi «Elektron hukumat» ning asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Chunki ushbu tizimning muvaffaqiyatli yo'lga qo'yilishi nafaqat
davlat hukumati va boshqaruvi organlari, xususiy sektor va aholi o'rtasidagi
samarali hamkorlikni ta'minlaydi, balki
mamlakatda
axborot
jamiyatini
shakllantirishga yordam beradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-maydagi №126-
sonli «Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida, davlat va xo'jalik
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron
pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish
chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarorini qabul qilinishi elektron hujjat aylanish
tizimini O'zbekistonda tadbiq etishning muhim bosqichi bo'ldi. Mazkur qarorni ijro
etish doirasida «UNICON.UZ» markazi tomonidan vazirlik va idoralarni yagona
himoyalangan «e-Hujjat» tizimiga uzviy bog'lash bo'yicha ishlar olib borilib, hozirgi
kunda 150 dan ziyod tashkilotlar ushbu tizimga bog'landi.
Yuqorida zikr etilgan Vazirlar Mahkamasining qaroridan kelib chiqqan
vazifalarni sifatli ijrosini ta'minlash maqsadida «UNICON.UZ» markazi O'zbekiston
Respublikasi Hukumati va BMT Taraqqiyot Dasturining «Mahalliy boshqaruv
tizimini qo'llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik» qo'shma loyihasi
ko'magida «e-Hujjat» tizimini takomillantirdi.
Qo'shma loyiha tomonidan Jizzax va Namangan viloyatlarida «e-Hujjat»
tizimini tadbiq etish, eski tizimda mavjud kamchiliklarni tahlil qilish, tizimni
qo'llash uchun AKT texnik jihozlarini sotib olish va o'rnatish hamda «e-Hujjat» ning
yangi versiyasini yaratish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy
yordam ko'rsatildi.
«e-Hujjat» tizimining yangi versiyasi zamonaviy platforma bazasi asosida
sanoat standartlari va texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib,
204
bu tizim qonuniy elektron hujjatlarni ayirboshlash, mavjud ish yuritish tizimi va
tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish,
yagona qayd qilish tizimini yaratish hamda hujjatlarni tizimlashtirish va ularning
ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.
«e-Hujjat» tizimi platformasi boshqa elektron hujjat aylanish tizimlariga
moslikni hamda vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlarida mavjud yoki yangi
ishga tushirilgan dasturlar bilan uyg'unlikni ta'minlaydi.
Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni konstitutsiyamizda “Davlat tili
haqida”gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda o‘zbek tilining huquqiy maqomi va
istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbek tili Davlat tili maqomini olgach, hujjatlarning barchasi o‘zbek tilida
yuritilmoqda. Endi O‘zbekistonda yashovchi va faoliyat ko‘rsatuvchi fuqorolar
qanday kasb egasi bo‘lishlaridan qat’i nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida,
albatta, o‘zbek tilidagi hujjatlarga duch keladilar. «O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili haqida»gi Qonunning 19-moddasida: «Muassasalar, tashkilotlar va jamoat
birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi»,
deb belgilab qo‘yilganligini inobatga olsak, bu borada ko‘pgina amaliy ishlarni
bajarishga to‘g‘ri keldi.
Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni jadal amalga oshirishda yozma
manbalarning, hujjatlarning roli beqiyosdir.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining
adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan
avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga
ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham
takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-
enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab
hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar,
vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash
va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga
yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning
otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-
yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda
205
Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va
boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy
jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos
hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish
yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi
shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar
hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari
saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida
ish yuritish huquqi qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy
mavqei past edi. Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda
yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan.
Hujjat – rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari
olingan, davlat standart talablariga javob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni
aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak.
Hujjatlar matniga qo`yiladigan eng muhim talablardan yana biri – xolislik. Bu
talablarga javob bermaydigan hujjat chinakam hujjat bo`la olmaydi, bunday hujjat
ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy
sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min
etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar
ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq
gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan
ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar
qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”;
2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”;
5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan
e’lon qilinsin” va h.k.
206
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish
mumkin:.
1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni
eslatamiz”;
2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”,
“.
.
.
qaroriga muvofiq ravishda . . .”
3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va
h.k.
O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari, bunday qoliplashgan
birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni
tuzish va rasmiylashtirish ishi ham bir qadar yengillashadi.Ana shu qoliplashgan
birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi”
deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |