Yozma nutq:
“San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish. San’atkorlarni ta’riflab,
reklama matnini tayyorlash. O’zbek kinosining mavzulari va muammolari haqida
publitsistik maqola yozish. Madaniy hordiq odobi qoidalarini yozish.
185
Mustaqil ta’lim
“San’at mening hayotimda” mavzusida taqdimot tayyorlash.
186
35-MAVZU. MEN SEVGAN ASAR
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatining yirik vakili, mohir tarjimoni va
jamoat arbobidir.
U 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan.
1958-yili o‘rta maktabni bitirib, shu yili Toshkent davlat universitetining o‘zbek
filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi.
A.Oripov o‘quvchilik yillaridayoq she’rlar yozishni mashq qila boshlagan.
Uning ilk she’rlari dastlab tuman gazetalarida e’lon qilinadi.
Talabalik yillarida esa she’rlari respublika matbuotida bosilib chiqib, adabiy
jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Shoirning ilk to‘plami 1965-yili “Mitti yulduz” nomi bilan nashr qilingan.
Shundan so‘ng 1966-yilda “Ko‘zlarim yo‘lingda”, 1969-yili “Onajon”, “Ruhim”,
70-yillarda “Buloq”, “O‘zbekiston”, “Yurtim shamoli”, “Hayrat”, “Yuzma-yuz”,
80-yillarda esa “Najot qal’asi”, “Yillar armoni” kabi qator to‘plamlari chop etildi.
1968-yil Abdulla Oripov Oybek, Uyg‘un, Mirtemir tavsiyalari bilan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. U avval “Yosh
gvardiya” nashriyotida, keyinroq, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyotida bo‘lim muharriri, “Sharq yulduzi” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi, Yozuvchilar
uyushmasi Toshkent bo‘limi mas’ul kotibi, “Gulxan” jurnali bosh muharriri,
O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimlarida ishladi.
Abdulla Oripov O‘rta asr italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya”sidan
“Do‘zax” dramasini, venger dramaturgi Xeltonning “Soqov ritsar” nomli she’riy
dramasini, Pushkin, Nekrasov she’riyatini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
A.Oripov 1983-yili Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor
bo‘ldi. U adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989-yili “O‘zbekiston Xalq shoiri”,
1999-yilda esa “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvonlari bilan taqdirlandi.
Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabrda vafot etdi.
Og’zaki nutq:
Sevimli asar haqida so’zlab berish.
Zamonaviy o’zbek adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni gapirib berish.
Mashhur o’zbek shoirlari ijodidan namunalar yod olish.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |