Kreditning salbiy ro‘li asosan quydagi 2 holatda namoyon bo‘ladi:
Kredit xalq xo‘jaligiga turli yo‘llar bilan asossiz ravishda ko‘p berilsa va
oqibatda pul massasi ko‘payib, milliy pul qadrsizlansa;
Agar olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat
o‘zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan qaytarsa.
Kreditning qanday shakllari mavjud?
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida bevosita va bilvosita
bo‘lishi mumkin. Birinchi holda ular to‘g‘ridan to‘g‘ri muomalaga kirishadi.
Ikkinchi holda ular aloqasi vositachilar orqali yuz beradi. Shunga qarab kreditning
quyidagi asosiy shakllari kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti
2. Bank krediti
3. Iste`molchi krediti
4. Davlat krediti
5. Xalqaro kredit
Do'stlaringiz bilan baham: |