Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini
izohlash.
Matndagi asosiy fikrni ajratib so’zlab berish.
Ekologiya [yun. oikos – vatan, uy + logos – fan, ta’limot] – birgalikda
yashaydigan tirik organizmlarning o‘zaro va tevarak-atrofdagi muhit bilan bo‘lgan
munosabatini, shuningdek, odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
masalalarini o‘rganuvchi fan.
Atrof [tomonlar, chekka joylar] –Tevarakdagi yaqin joy, yaqin oradagi
yerlar. Motorlar tutab, bir tomondan, insonga yengillik va qulaylik tug‘dirsa-da,
ikkinchi tomondan, atrof-muhitni ifloslantiradi.
Biologik – tirik organizmlarning hayoti va o‘sishiga, ya’ni biologiyaga oid.
Biologik jarayonlar. Biologik tadqiqotlar.
Biologiya [bio.. + yun. logos - so‘z, ta’limot] – tirik organizmlarning hayoti
va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limot, fan. O‘simliklar biologiyasi.
Biologiya darsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |