Suitsidal xulq-atvor profilaktikasida davlat, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy,
psixologik, pedagogik va suitsidal xulq-atvor rivojlanishidan ogohlantirishga
yo’naltirilgan boshqa tadbirlarni tushunish mumkin. Xorij mamlakatlarida o’z
joniga qasd qilish profilaktikasi maxsus suitsidologik xizmatlar (“ishonch
telefoni”, ijtimoiy-psixologik
yordam
xonalari, inqirozli
holatlar
bilan
shug’ullanuvchi bo’limlar), mutaxassislarni suitsidal moyillikni aniqlashga
o’rgatish, aholini suitsid vositalariga huquqini cheklash, ommaviy axborot
vositalarida o’z joniga qasd qilish haqida xabarlarni nazorat qilish yordamida
amalga oshiriladi.
AQShda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga
sabab bo’ldi, 1966 yilda Psixologik sog’lomlashtirish milliy instituti suitsid
profilaktikasini o’rganish bo’yicha markaz tashkil qilindi. O’z joniga qasd qilish
darajasini kamaytirish uchun “buni shunday qilish kerakki, insonlar hayoti saqlab
qolinishi mumkinligiga hamma ishonsin”. Keyinchalik, ikki psixolog – Edvin
Shneydman va Norman Farberou Los-Anjelesda Suitsid profilaktikasi markazini
tashkil qilishdi hamda hozirgi kunda dunyoga mashhur muassasa hisoblanadi.
Markaz xodimlarini psixologlar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar va ko’p qismini
volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQShda suitsid profilaktikasi bo’yicha
200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan.
AQShda hozirgi kunda o’z joniga qasd qilish profilaktikasi bo’yicha
muassasalarni tashkil qilishga oid ko’pgina variantlar mavjud. Ularning umumiy
xususiyati inqiroz holatida shoshilinch yordam ko’rsatish uchun telefon
aloqalarining mavjudligi hisoblanadi. Ularning xodimlari o’z joniga qasd qilishga
uringan odam bilan ikki yoqlama aloqa o’rnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga
kirishadilar.
Uning
muammolarini
hal
qilib,
emotsional
zo’riqishlarni
engillashtirish mumkinligini ma’lum qiladilar. Telefon- maslahatchi abonentning
suitsidal potentsialini baholashi lozim. Ular muassasalar, kasalxonalar,
amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki
umumiy ixtisoslashgan shifokorlar hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur
bo’lsa, militsiyadan foydalanish zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz
vaqtida eng samarali yordam oila hisoblanadi, desalar, ba’zilar yaqin do’stlarning
qo’llab-quvvatlashi muhim, deb taxmin qiladilar. Agarda suitsidal inqiroz
tugallanishga yaqinlashsa, abonentni maxsus xizmatlarning psixiatrik yordamiga
yuborish mumkin.
Dunyoviy amaliyotda suitsiddan ogohlantirish tizimini quyidagicha ajratish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: