Marketing dasturini asosiy mazmuni -
bu korxonani о‘tgan davrdagi faoliyat natijalari
bо‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini
qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini
asosiy
maqsadi,
bozordagi
hulq-atvorini
strategik
yо‘li,
tovar,
narx,
sotish
va
rag‘batlantirish
siyosatlarining
chora-
tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni,
xarajatlar
smetasi,
marketing
harakatlari
samaradorligini oldindan baholash, marketing
dasturini amalga oshirish bо‘yicha nazorat
chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing
dasturi
marketing
kompleksi
tadqiqotlari va firmani о‘z imkoniyatlarini baholash
asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega
bо‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur
bosqich sifatida kо‘riladi.
Firmalar faoliyatining
zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani
yuqori boshqaruv bо‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv
rejalar,
strategik
dasturlar,
strategiyani
tanlash
)
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun zarurdir.
Marketing
dasturini
strategik
yo’nalishi
bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini
baholashiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar
diversifikatsiyasi,
tadbirkorlik
faoliyatini
segmentatsiyalash,
hujum
va
himoya
strategiyalari bо‘lishi mumkin.
Marketing majmui dasturi jarayoni
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko’p
variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga
binoan marketing dasturini va rejasini bir necha
varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va
maksimal turlari bo’ladi. Dasturni minimal varianti,
dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni,
maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni
rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi,
yunalishiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki
bug’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori
bug’in uchun bo’lsa, u qisqa va lo’nda tuzilgan bo’lishi
lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib
ko’rsatiladi. Pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda
esa har bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa,
о‘rta va uzoq muddatli turlarga bо‘linadi. Ayrim
firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni
uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy
yoki maqsadli dasturlarga bо‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab
chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni
savollarini
yechishga
yо‘naltiriladi.
Maqsadli
dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki
segmentni
о‘zlashtirish,
firma
siyosatini
rag‘batlantirish
samaradorligini
oshirish
kabi
muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Obyektiga bog‘ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar
bо‘yicha va ishlab chiqarish bо‘limi bо‘yicha bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |