To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


B O R S A   K E L M A S   D A R V O Z A S I



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

B O R S A   K E L M A S   D A R V O Z A S I
«Shahidlar xotirasi»  maydonidagi 
g  'amgin  o'ylar
Bu  v a ta n   q a n d a y   v a ta n d ir,  h a r   g o ‘sh a sid a
tu rm a la r,
Q o ‘n g an i  b ir   y e r  to p o lm ay ,  o sm o n d a   y ig ‘la r
tu rn a la r.
(«Xalq  dushmani»  ning qizi yig 'lab 
aytgan  qo ‘shiqdan)
P rezidentim iz  Islom  Karimov 
irodasi  bilan  Ь аф о 
qilinayotgan  «Shahidlar  xotirasi»  yodgorlik  majmuyi  bugun- 
erta  tantanali  vaziyatda  ochiladi.  Har  bir  terilgan  g ‘ishtga, 
har  bir  chekilgan  naqshga  ziyoratchilam ing  ko‘z  yoshlari 
tomadi.  O dam lar  bu  yerga  shodon  qo‘shiqlar  kuylash  uchun 
emas,  o ‘ynab-kulish  uchun  emas,  azob-uqubatlarda  zor-zor 
qaqshab  jo n  bergan  jigarlarining  ruhlari  bilan  yuzm a-yuz 
boMgani  keladilar.  0 ‘yga  toladilar,  sog‘inchdan  pora-pora 
b o ‘lgan  yuraklarini  b o ‘shatgani  keladilar.  Bunda  buyuk 
bir  sukunat  hukmron.  Bu  yerda  xotira,  bu  yerda  xayollar, 
o ‘ksiklik,  yetimlik  iztiroblari,  sog‘inch  hukmron...
M aydon  yonboshidagi  temiryoMdan  guldirab,  qichqirib 
shumshuk  poyezd  o ‘tadi,  baland,  salobatli  ko‘prik  tagiga 
bosh  suqib  so ‘ngsiz,  poyonsiz  tem ir  izlardan  bobolarimizni 
olib  ketgan  yoqlarga,  borsa  kelmas  Sibir  tomon  y o ‘l  oladi. 
Bu  y o ‘ldan  yopiq  vagonlarda  yuz  minglab  yurtdoshlarimiz 
qon  qaqshab  o ‘tganlar.  Qaytmaganlar.
Bolaligim ning  bir  b o ‘lagi  shu  yerda,  hozir  biz  «Shahidlar 
xotirasi»  yodgorlik  majmuyi  deb  atayotgan  joyning  xuddi 
o ‘zginasida  o ‘tgan.  O dam lar  «Alvasti  ko‘prik»  deb  nom 
qo‘ygan  ko‘prik  tagidan  tinimsiz  poyezd  o ‘tardi.
27


Onamning  singlisi,  katta  xolamning  bog‘i  shu  yerda 
edi.  Bog‘ning  bir  tomoni  «Alvasti  ko‘prik»ka,  bir  tomoni 
Sabzavotchilik  tajriba  stansiyasiga,  etagi  temiryo‘lga  tutash  edi.
Bu  joylar  kechalari  ju d a  vahimali,  q o ‘rqinchli  b o ‘lardi. 
K o‘prik  tagida  ajinalar  bor,  deb  tunda  ko‘prikdan  deyar- 
li  odam  o ‘tmasdi.  Bu  joylarga  hali  elektr  kelmagan,  atrofda 
m ilt  etgan  bir  nur  k o ‘rinmasdi.
B a'zan  m ahallaga  GPU  odami  kelib,  oqsoqolga  nima- 
lam idir  tushuntirardi.  Oqsoqol  esa  uyma-uy  yurib,  qorong‘i 
tushgandan  keyin  k o ‘chaga  chiqmasliklarini,  bolalam i  ham 
uyda  ushlab  turishlarini  tayinlardi.  Biz  bolalar  baribir  qochib 
chiqib  ketardik.  Bilamiz,  GPU  odami  bekorga  kelmagan. 
Butalar orasiga yashirinib,  temiryoMning  naryog‘idagi  «Najas 
tepa»ga  qarab,  pusib  o ‘tirardik.  Tem iryo‘l  b o ‘ylab  miltiq 
ko‘targan  soqchilar  u  yoqdan-bu  yoqqa  borib-kelib  turardilar. 
Boshliqlari  kam ariga  to ‘pponcha  tiqqan  qorovulboshi  ulardan 
xabar  olib  turardi.  Bunday  paytda  «Alvasti  k o ‘prik»dan 
birovni  o ‘tkazishmasdi.
Tun yarmidan oqqanida ko‘prikdan usti berk yuk mashinasi 
o ‘tadi.  Chap  tom onga  burilib,  «Najas  tepa»  oldidagi  o ‘ngir 
yonida  to ‘xtaydi.  Undan  q o ‘li  bog‘langan  besh-olti  kishini 
tushirishadi.  Ruscha  so ‘kishlar  baralla  eshitilib  turadi.
QorongMda  hech  narsa  k o ‘rinmaydi. 
Buta  shoxlari 
orasidan  mashina  chirogN  arang  ko‘rinadi.
Birdan  m ashina  farasi  d o ‘nglikni  yoritib  yuboradi.  Buta 
shoxlari  orasidan  o ‘sha  tarafga  tikilib  qaraymiz.  Q o‘li  bog‘liq 
yetti  kishi  qator  turibdi.  Ulardan  o ‘n  besh  metrlar  uzoqlikda 
soqchilar  yelkadan  miltiqlarini  olib  shay  boTib  turishibdi. 
Zatvorlam ing  sharaqlagani  eshitiladi.  Boshliq  «ot!»  degan 
buyruq  beradi.  Yetti  miltiqdan  baravar  o ‘q  uziladi.  Q o‘li 
bogTiqlardan  ikki-uchtasi  yiqiladi.  Dod-faryodlar,  ingrash 
tovushlari  eshitiladi.  Miltiqli  kishilar  yiqilmay  tik  turgancha 
chayqalayotgan yaradorlarga yana o ‘q uzadilar. O tilganlam ing 
ovozi  tinadi.
2 8


Xolam ning  o ‘g ‘li  N e’matilla,  dushm anlam i  otishdi,  dedi. 
M en  esa  dag‘-dag‘  titrayman.  Uning  bilagiga  osilib,  yur, 
ketaylik,  deb  qistayman.  Jim  tur,  bilib  qoladi,  deb  meni 
jerkib  tashlaydi  u.
Q orong‘i  kechani  sukunat  bosdi.  Birozdan  keyin  o‘sha 
joydan  chang  ko‘tarildi.  Pastga  tashlanayotgan  tuproq  chang- 
lari  m ashina  farasining  o ‘tkir  nurida  pastak  bulutdek  aniq 
k o ‘rinib  turadi.
Tem iryo‘1  shpallari  ustida  u  yoqdan-bu  yoqqa  yurib 
turgan  soqchilar  yuqoriga  chiqib  ketishdi.
M ashina  chirog‘i  goh  daraxt  uchlarini,  goh  pastak 
tom lam i  yoritib,  orqaga  burildi.  Keyin  «Alvasti  ko‘prik» 
tepasiga  chiqib,  shahar  tom on  shitob  bilan  ketdi.
O rqaga  qaytyapmiz.  Yettinchi  lampa  yonib  turgan  q o ‘sh- 
nim izning  yo‘lagida  to ‘rt  kishi  bosh  eggancha  sukut  saq- 
lashardi.  D uradgor  amaki  hozirgina  shahid  boMganlar  ruhiga 
Q u r’on  tilovat  qilardi.  U  oyatlam i  shunday  hazin  o ‘qirdiki, 
beixtiyor  y ig ia b   yuborging  keladi.  Zim iston  jim ligida 
qorining  ovozi  goh  baland,  goh  past  suzib  yuradi.
A na  shu  voqeadan  keyin  xolam ning  b o g ‘iga  ju d a  kam 
boradigan  b o ‘ldim.  K eyinchalik  to ‘ygam i,  m a’rakagami 
borganim da,  k o ‘prikka  chiqib,  tem ir  izlariga  qarab  o ‘yga 
tolam an.  Tagidan  tinim siz  poyezd  o ‘taverganidan,  paravoz 
tutuni 
qoraytirgan, 
qurum ga 
to ‘lgan 
k o ‘prik 
tagiga 
qaraym an.
M ana  shu  k o ‘prik  tagidan  poyezd  meni  ham  olib  ketgan. 
0 ‘shanda  nim alam i  o ‘ylagandim?  Bilmayman.  M eni  shuur 
tark  etgan,  butun  vujudim  karaxt  b o ‘lib  qolgan  edi...
Eshik  o ‘mi  to ‘r  sim  bilan  qoplangan  to ‘rt  kishilik 
kupega 
ко ‘ ф а -to‘shaklari-yu 
oziq-ovqatlari 
bilan 
yigir­
ma  yetti  kishi  tiqishtirilgan.  Qani  endi,  qimirlab  boT- 
sa! 
Birining 
oyog‘i 
birining 
boshida, 
birining 
boshi 
boshqasining  qo‘ltig‘ida  qisilib  qolgan.  Pastda  qolganlari  buk- 
chayib,  bellaridan  bosayotganlami  arang  ko‘tarib  turardilar.
2 9


Birov  birovni  tanimaydi.  Bir-birini  o ‘rischalab,  bolo- 
xonador  qilib  so‘kishdan  b o ia k   gap  y o ‘q.  Oyoq  ostida 
qolib  ketgan  mahbus  bor  ovozi  bilan  qichqira  boshladi. 
Soqchi  yigit  qafas  eshigini  ochib,  uni  sug‘urib  oldi.  Hamon 
dodlayotgan  mahbusning  chap  q o iin i  qo‘ltig‘idan  o ‘tkazdi, 
o ‘ng  qo‘lini  yelkasidan  oshirib,  ikkala  q o iin i  bir-biriga  tortib 
yaqinlashtirdi.  Keyin  ikki  bilagiga  avtomat  kishanini  soldi.
Har  qanday  bardoshli  odam  bu  xil  azobga  chidayolmasdi. 
Ikkala  q o i   beixtiyor  orqaga  tortiladi.  Tortilganda  avtomat 
kishan  bilak  suyaklarini  sindirib  yuborgudek  qisadi.  Qani 
endi,  bu  azobga  chidab  b o is a !  M ahbus  ingrar,  vahshiy  bir 
ovozda  b o ‘kirardi.  Yerga  dumalab  dodlardi.  Soqchilar  unga 
parvo  qilmaydilar.  Aksincha,  bittasi,  b o ‘kirm a  fashist,  deb 
uning biqiniga  ikki  marta  bor  kuchi  bilan  tepdi.  A na  shundan 
keyin  u  hushidan  ketdi.  O voz  chiqarm ay  q o ‘ydi.
Butun umrini qam oqlarda o ik a zg an ,  Sho‘ro hukumatining 
jam i  qamoqxonalarini  ko‘rgan  ashaddiy,  zo ‘ravon  blatnoylar 
ham  pusib  qolishdi.  Soqchi  hushidan  ketgan  mahbusning 
betiga  suv  sepib,  chala  o i i k   holda  sudrab,  yana  qafasga 
tiqdi.  Q o‘shni  qafaslardagi  g ‘ovur-g‘uvur  ham  tindi.  Odamlar 
y o i   a z o b i - g o ‘r  azobi,  deydilar.  G o‘r  azobi  nim a  ekan? 
Jahannam  azobi  nim a  ekan?  Bu  xil  azoblarga  inson  bolasi 
hali  nom  topmagan.
Baxtsiz  insonlam i  k o ‘raverib  beti  qotib  ketgan  soqchilar 
uchun  bular  odammi  yoki  g o ‘shtga  topshirish  uchun 
kushxonaga  olib  ketilayotgan  molmi,  baribir  edi.
Vagon  ichida  uzoq  vaqt  y o ‘lni  ko‘rmay  ketayotganingda 
avvaliga  old  tomonga  qarab  ketayotganingni  bilasan.  Bir 
muddat  mudrab  ko‘z  ochganingda  poyezd  orqaga  qarab 
ketayotganga o ‘xshayveradi.  Shunday paytlarda senda qadrdon 
yurtimga  qaytib  ketyapman,  degan  bir  ilinj  paydo  boMadi.
Poyezd  hech  qayerda  to ‘xtamasdi.  Siyosiy  mahbuslami 
olib  ketayotgan  eshelonga  stansiyalarda  alohida  «hurmat» 
bilan  yo‘l  b o ‘shatib  berishardi.
30


Bir  katta  stansiyada  -   menimcha,  O lm aota  stansiyasi 
bo‘lsa  kerak,  uzoq  turib  qoldik.  Ikki  ofitser  va  to ‘rt-beshta 
soldat  y o ‘lakda  paydo  b o id i.  K atta  papka  qo‘ltiqlab  olgan 
ofitser  qo‘lidagi  ro ‘yxatga  qarab,  m ahbuslam i  nomma-nom 
chaqira  boshladi.
-   Nomi  chiqqanlar  yuk lari  bilan  y o ia k k a   chiqsin,  -  
deb  buyruq  berdi  u.  Ikki  soatlar  chamasi  vaqt  ichida  vagon 
yengillab  qoldi.  Bizning qafasdan  o ‘n  to ‘qqiz  kishi  k o ‘rpasini 
k o ‘tarib  chiqib  ketdi.  Ofitser:
-   Shirimbetov,  yuking  bilan  chiq!  -  deb  buyruq  berdi.
Shirim betov tunov kuni q o iig a  kishan solingan, soqchidan
tepki  yegan  mahbus  edi.  U  hali  ham  hushiga  kelmay,  ikki 
bukchaygancha  m ahbuslam ing  oyog‘i  ostida  yotardi.  Ofitser 
uni  yana  ikki  m arta  chaqirdi.  Ammo  Shirimbetovdan  sado 
chiqmasdi.  Ikki  soqchi  uni  sudrab  olib  chiqmoqchi  bo‘ldi. 
Shirim betov  o ‘lgan,  tanasi  ham  allaqachon  sovib  b o ig a n  
edi.  U  qachon  o ig a n ,  hech  kim  bilmasdi.  Uni  ikki  soqchi 
ko‘tarib,  y o ‘lakka  olib  chiqdi.  U nga  kishan  solishganda 
azbaroyi  tiqilinchda  orqamga  burilib  unga  qarayolmagan 
edim.  Uning  yuziga  endi  ko‘zim  tushdi.  0 ‘n  yetti-o‘n  sakkiz 
yoshlardagi  hali  murti  chiqmagan  qoraqalpoq  bolasi  edi.
Shirim betov  bukchaygancha,  oyoqlari  bukilgancha  qotib 
qolgan  edi.  Haligacha  ochiq  turgan  ko‘zlarida  nur  so‘ngan. 
Cheksiz  alam,  iztirob,  nafrat  aks  etgan  bu  ko‘zlar  endi 
loqayd,  hech  qanday  m a’no  anglatmas  edi.
Qafasda  yetti  kishi  qoldik.
Yonimizdagi  b o ‘shab  qolgan  qafasga  bizdan  yana  uch 
kishini  opchiqib  ketishdi.  Endi  bizga joy  bemalol  bo‘lib  qoldi.
Sheriklarimizdan  biri  Shinjonning  G ‘ulja  shahridan  0 ‘rta 
Osiyo  davlat  universitetiga  o ‘qishga  kelgan,  josuslikda 
ayblanib,  «Troyka»  tomonidan  o ‘n  yil  muddatga  hukm 
qilingan  Qodirxon  degan  uyg‘ur  yigiti  edi.  Yana  biri  yoshi 
yetmishlardan oshgan soqov. Qay millatga mansubligini  so‘rab 
bilolmadik.  Kar-soqovlar  o ‘rtasida  sovetlarga  qarshi  tashviqot
31


yuritgani  uchun  qamalgan,  barmoqlarini  bukib  ko‘rsatishicha 
o ‘n  besh  yilga  hukm  qilingan  ashaddiy  «dushman»  ekan.
Yana  biri  qaysidir  rayon  gazetasining  m uharriri,  raykom 
byurosining  a ’zosi  b o ‘lgan.  Plenum da  uchinchi  sekretar- 
likka  tavsiya  qilingan,  rayonda  suyug‘oyoqligi  bilan  nom 
chiqargan  ayolga  qarshi  ovoz  bergan.  Eri  rus  b o ‘lgani 
uchun  yoqlab  ovoz  berm agansan,  deb  m illatchilikda 
ayblashgan. 
Yetti 
yil 
m uddatga 
ozodlikdan 
m ahrum  
qilingan. 
Q am oqxonada  z o ‘ravon  blatnoylar  o g ‘zidan 
to ‘rtta  tilla  tishini  qoqib  olganlar,  m ilklari  lunjlari  shishib 
ketgan.  Yigirm a  besh  yoshlardagi A bdulla  G ‘apporov  degan 
chiroyli  bir  yigit  edi.
Poyezd  ilgarilab  borardi.  Ne  manzil-u,  ne  marohillardan 
o ‘tmadik.  Bu  qafas-vagon  uylarga  kim lar  chiqmadi-yu, 
kim lar  tushmadi.  Butun  sho‘ro  zam inining  qon  tomiridek 
taralgan  tem ir  izlar  bo‘ylab  sudralgan  «Baxtsizlar  uyi»da 
buguni  qorong‘u,  ertasi  nom a’lum  ZEK  deb  atalmish 
jism oniy  shaxslar  sarson-sargardon  kezardi.
Lagerga  kelganimdan  keyingina  «qonuniy»  mahbus 
maqomiga  ega  bo‘ldim.  Shu  kundan  boshlab  zek  nomini 
oldim.  Bu  joyda  yigirma  yillab  raqam  bilan  atalgan  va 
o ‘z  nomini  unutib  yuborganlar  k o ‘p  edi.  Ular  kimliklarini 
uylaridan  to ‘rt-besh  yilda bir keladigan  posilka  qutisi  ustidagi 
yozuvdan  bilardilar.
Lagerimizning  tepasiga  tikanli  sim  qadalgan,  o ‘rtasi 
yoMakli  ikki  tosh  devor  ayollar  boMimidan  ajratib  turardi. 
Shu  qo‘sh  devor  orqasidagi  mahbus  ayollam ing  baqirish- 
chaqirishlari,  q o ‘shiqlari,  y ig ‘ilari,  qarg‘ishlari  aniq  eshi- 
tilardi.  Yillab  ayol  ko‘rmagan  m ahbuslar  bu  ovozlardan 
qiyqirib  yuborardilar.  B a’zan  o ‘sha  tom ondan  shamol  es- 
ganda  ayol  hidiga  qorishgan  havodan  to ‘yib-to‘yib  nafas 
olardilar.
Karantin  muddatini  o ‘tab  b o ig a n   kunim ning  ertasi,  meni 
lager  b o sh lig in in g   yordamchisi  chaqirtirdi.
32


-   Yozuvchimisan?  Endi  kasbingni  o ‘zgartirishingga to ‘g ‘- 
ri  keladi.  M uhim  topshiriqni  bajarasan.  Qanday  topshiriq 
ekanini  zonadan  tashqariga  chiqqanda  bilasan.
-   Qani,  marsh! -  dedi  u  istehzoli  kulib. -  Yozuvchi  emish, 
hozir  kim  ko‘p,  yozuvchi  ko‘p.  G o‘rkov  kam,  bildingmi?
Soqchi  meni  ergashtirib tashqariga olib chiqib, keksa qozoq 
nazoratchiga  topshirdi.  Boshliq  yordamchisi  bu  bo‘shashgan 
yozuvchi  qayoqqa  qochardi,  deb  o ‘ylagan  bo‘lishi  kerakki, 
beshotami  arang  ko‘taradigan  nazoratchiga  meni  topshirgan.
Shtab  oldida  oq  xalat  kiygan  itxona  veterinari  irkitgina 
chol  bir  q o ‘lida  belkurak,  bir  q o iid a   qog‘oz  qop  ushlab 
kutib  turardi.
-   Shuni  qabristonga  oborib  ko‘mib  kelasan.
Q og‘oz  qopda  yigirma  kilocha  keladigan  muzdek  bir 
narsa  bor  edi.  Olisda  mahbuslar  qabristoni  ko‘rinib  turardi. 
Yelkamda  belkurak,  q o iim d a  o g ‘ir  qog‘oz  qop,  orqamda 
beshotar  ko‘targan  nazoratchi  yetovida  yo‘lga  tushdim.
Qandoq  kunlarga  qoldim,  deym an  o ‘zim ga  o ‘zim.  Q ab­
ristonga  yetib  kelganimdan  keyin  qopni  ochdim.  Och- 
dim-u,  miyamga  chaqin  urgandek  b o ‘ldi.  Q opda  nemis 
ovcharkasining  muzlatilgan  m urdasi  bor  edi.  B o‘shashib, 
xarsang  ustiga  o ‘tirib  qoldim.  Nazoratchi  m axorka  tutatib, 
olis-olislarga  tikilib  o ‘tiribdi.
C ho‘l 
nihoyatda 
befayz, 
odam 
bolasini 
yutaman, 
deyotganga  o ‘xshardi.  Qozoqlar  bu  joyni  bekorga  «Petpak 
dala»  (Badbaxt  dala)  deb  atamagan.  Mis  kukunlaridan 
zanglagan  cho‘l  yashil  tusga  kirgan.  Olisda  adashgan  yolg‘iz 
tuya qim irlamay turibdi.  Sarobda uning aksi, xuddi chayqalgan 
hovuzda  ко‘rinayotgandek  goh  cho‘kib,  goh  paydo  bo‘ladi.
Ikki  soatcha  urinib,  toshloq  yerda  bir  yarim  burma  bolish 
sig‘adigan  go‘r  qazidim.
-   0 ‘tir,  damingni  ol, -  dedi  nazoratchi. -  Ne  yeming 
bolasisan? -  deb  so‘radi.  Unga,  toshkentlikman,  deb  javob 
qildim.
3 - 5 .  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish