.
Bu kabi yordamchi dasturlar yana mavjud bo’lib ular System Cleaner, System
Mechanic yoki Norton Clean Sweep dasturlari, Norton Utilities gurudida mavjud
Diskni Defragmentatsiya qilish (Disk Defragmented)
Defragmentatsiya - diskning tarkib qismini mantikiy optimallashtirish maqsadida
klasterdagi uzluksiz ketma-ketlikda tuplangan fayllarni tartiblaydi, saqlaydi va olib
borilayotgan jarayonlarni yangilaydi. Defragmentatsiyadan so’ng fayllarning yozilishi va
o’qilishi, dasturlarning ishlashi tezlashadi. Defragmentatsiyaning boshqacha ta'rifi esa:
fayllarning diskda taksimlanishi, ularni uzluksiz qattiq disk maydonlarida joylashuvidir.
Windows diskining defragmentatsiyasi - kompyuter dasturi bo’lib, Microsoft
Windows OT tarkibiga kiradi. Ushbu dastur uzida bir necha amallarni mujassamlashtirgan
9-rasm. Diskni tanlash
11-расм. Diskni keraksiz va qoldiq
fayllardan tozalash
65
bo’lib, u qattiq diskda ma'lumotlarni tartibga soladi va kompyuter ishining
samaradorligini oshiradi.
Klaster - bazi “fayl tizim” turidagi mantiqiy birlikdagi ma'lumotlarni jadval
joylashuvidagi fayllarni sektor gurudlariga birlashtiradi. Klaster tushunchasi FAT va
NTFS fayl tizimlarida ishlatiladi. Boshqa fayl tizimlari shunga o’xshab amalga oshiriladi
(Minix xizmat doirasida, Unix blokida).
Speed Disk dasturi yordamida diskni defregmentatsiyalash.
Speed Disk xizmatchi dasturi diskni defragmentatsiyalash. (Pusk, Programmo',
Standartno'e, Defragmentatsiya diska) standart xizmati dasturi bajargan maqsadlarga
xizmat qiladi, biroq ko'pgina funktsional imkoniyatlarga ega.
Defragmentatsiya to'la-to'kis tugagandan so'ng barcha fayllar bir jinsli rangli
bloklarda joylashtiriladi. Kartada tasvirlanayotgan fazo diskning to'la xajmiga ekvivalent
bo'ladi. Kartaning eng kichik birligi bir yoki bir necha klasterlardan tuzilgan blokdir.
-Xammasi blokning o'lchamiga va diskdagi klasterlar soniga bog'liq (blokning o'lchami
kartaning yuqori o'ng tomonida ko'rsatiladi). Klastrning o'lchami uncha katta bo'lmagan
xollarda (FAT32 da 2G baytda 8G baytgacha bo'lgan disklar uchun bu o'lcham 4K baytga
teng) kartaning bitta bloki bir necha klasterlarga mos keladi. Yanayam batafsilrok
tekshirish uchun oynaning o'lchamlarini kattalashtirish mumkin. Bu xolda karta kattarok
joyni egallaydi, xar bir blok esa kamroq sondagi klasterlarga mos keladi.
Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilganidan boshlab, to hozirgi kunga qadar ma'lumotlarni
saqlash va boshqa joyga ko'chirish yoki olib borishning eng ommabop vositasi disketalar
edi va ular hozirgi kunda ma'lumotlarni saqlash va almashishning boshqa vositalariga o'z
o'rnilarini bo'shatib bermoqdalar.
66
11 – Mavzu
Do'stlaringiz bilan baham: |