43-modda. Professional tibbiyot va farmatsevtika uyushmalari
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va
farmatsevtika amaliyotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tibbiyot va
farmatsevtika xodimlarining kasb faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish
maqsadida ixtiyoriy asosda tarkib topadigan professional uyushmalar hamda boshqa jamoat
birlashmalari tuzish huquqiga ega.
Professional tibbiyot, farmatsevtika uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari o‘z
faoliyatlarini ustavlar asosida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |