O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi d. Q. Maksumova g’. U. Qobilov


Bioenergetika: hozirgi holati va istiqbollari



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#214120
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
ekologik biotexnologiya

Bioenergetika: hozirgi holati va istiqbollari 
1973  yildagi  energetik  tanqislik  va  1986  yildagi  Chernobildagi 
elektrostansiyada yuz bergan katastrofa butun dunyo davlatlarini energiya ishlab 
chiqarish  siyosatini  qayta  ko’rib  chiqishga  majbur  etdi.  Bu  esa  o’z  navbatida 
qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan  kengroq  foydalanish  imkoniyatini 
yaratdi.Natijada  noananaviy  energiya  manbalaridan  kengroq  foydalanib,  atomli 
obyektlarni,  ya’ni  ekologik  jihatdan  o’ta  xavfli  bo’lgan  turli  xil  inshoatlar 
qurilishini  qisqartirish  borasida  dunyo  hamjamiyatlari  tomonidan  ko’plash 
kelishuvlar amalga oshirildi. 
Tradision  energetik  texnologiya  maxsulidan  foydalanish  qulay  bo’lganligi 
bilan  ekologik  jihatdan  bir  qancha  muammolarni  jumladan,  atrof  muhitning 
issiqlik,  kimyoviy  va  radiaktiv  ifloslanishi  kabi  katastrofik  holatlarni  vujudga 
keltirishi  mumkin.  Shu  boisdan  ananaviy  energetik  zahiralardan  oqilona 
foydalanish  va  noananaviy  energiya  manbalaridan  foydalanish  imkoniyatlarini 
kengroq  tadqiq  etish  hamda  amaliyotga  joriy  etish  dunyo  olimlari  oldiga 
yechilishi  lozim  bo’lgan  dolzarb  vazifalardan  biri  deb  qo’yildi.  Yer  sharidagi 


103 
 
barcha  energiya  zahiralari  oxir  oqibat  quyosh  faoliyati  maxsulotlari  bilan 
bog’liqdir.  Amalda  barcha  noananaviy  energetikalar  quyosh  energiyasidan 
to’g’ridan-to’g’ri yoki aylanma yo’llar orqali foydalanishga asoslanadi. 
To’g’ridan-to’g’ri  foydalanish  usuli  –  quyosh  nurlarini  elektr  yoki  issiqlik 
energiyasiga aylantirishga asoslaniladi. 
Aylanma yo’llar orqali foydalanish usuli – quyosh nurlarining geosfera bilan 
o’zaro  ta’siri  natijasida  hosil  bo’ladigan  kinetik  yoki  potensial  energiyasiga 
asoslanadi.  Asosiy  energetik  potensiallar  -  shamol  energiyasi,  daryolar 
energiyasi,  dengiz  chayqalishi  va  to’lqinlar  energiyasi  hamda  biomassalar 
energiyasi bilan xarakterlanadi. 
Ko’plab  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  davlatlarda  noananaviy  energiya 
manbalaridan  foydalanish  bo’yicha  davlat  dasturlari  ishlab  chiqilgan  va 
amaliyotga joriy etilgan.  
Samarali  qayta  tiklanadigan  manbalardan  biri  –  biomassa  hisoblanadi. 
Biomassa  zahiralari  turli  xil  ko’rinishlarda  barcha  regionlarda  mavjud  bo’lib, 
ularning  har  biridan  qayta  ishlash  orqali  energiya  yoki  yoqilg’i  olish 
imkoniyatlari mavjuddir.Sanoati rivojlangan malakatlarning umumiy energiyaga 
bo’lgan  talabini  biomassa  hisobiga  bor-yo’g’i  6-10%  ni  qoplash  mumkin.  Yer 
sharida fotosintez natijasida 120 mlrd. tonna quruq organik maxsulotlar vujudga 
keladi,  ularning  energetik  ekvivalenti  400  mlrd.  tonna  neftdan  ko’proqdir. 
Biomassadan  foydalanish  quyidagi  usullarda  amalga  oshiriladi:  to’g’ridan-
to’g’ri  qizdirish,  gazifikasiya,  motor  yoqilg’isi  sifatida  etil  spirti  ishlab 
chiqarish,  maishiy  xizmat  va  qishloq  xo’jaligi  qoldiqlaridan  biogaz  ishlab 
chiqarish.  Biomassadan  energiya  olishda  Portugaliya,  Fransiya,  Germaniya, 
Daniya,  Italiya  va  Ispaniya  davlatlari  samarli  foydalanishmoqda. 1986 yilda 
biomassa  va  qoldiqlardan  foydalanib,  energiya  olish  bo’yicha  loyihalarga  YeI 
70.6  mln.ekv.  miqdorida  mablag’  ajratgan  bo’lsa,  bu  kabi  tdqiqotlar  uchun 
AQSh 1992 yilda 12 mln. dol. Miqdorida mablag’ ajratganligi ham bu boradagi 
ishlar qanchalik ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Biomassa zahiralari 2000 yilda 


104 
 
Yevropa  miqyosida  yog’och  yoqilg’isi  -75,  yog’och  qoldiqlari  –70,  qishloq 
xo’jalik qoldiqlari –250, shahar chiqindilari – 75 mln. tonnani tashkil etgan. 
Go’ngni anaerob bijg’itish orqali  biogazga  aylantirish  jarayoni  mustahkam 
yopiladigan maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi. Bu texnologik 
jarayon  quyidagicha  olib  boriladi.  Hayvonlar  saqlanadigan  molxonalardan 
(suratda  1)  go’ng  to’planadigan  idishga  yuboriladi  (2),  keyin  nasos  (3) 
yordamida uni metantenk (4) (go’ngni anaerob bijg’ishi uchun maxsus qurilma) 
ga  yuboriladi.Bijg’ish  jarayonida  hosil  bo’lgan  biogaz,  gazgolder  (5)ga  kelib 
tushadi.va undan keyin iste’molchiga tarqatiladi. Suyuq go’ngni isitish uchun va 
issiqlikni  bir  xil  ushlab  turish  uchun  metanotenk  ichida  issiqlik  almashtirib 
turuvchi  g’ovurlar  o’rnatilgan,  ular  orqali  qozonxonadan  (7)  kelgan  issiq  suv 
aylanadi. Bijib bo’lgan go’ng go’ng saqlanadigan (8) chuqurlikka tushiriladi. 
 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish