56
barcha manfaatdor tashkilotlar tanishishi mumkin bo’lgan axborotlashtirish
tizimini tashkil qilish talab etildi.
Hozirgi paytda viloyat ANII asosiy ekologik ko’rsatkichlar bo’yicha tuproq
ifloslanishi darajasini nazorat qilish imkonini beradigan zamonaviy laboratoriya
uskunalari bilan jihozlandi. Har yili laboratoriyalarda tuproqlardagi ifloslanish
ingrediyentlarini aniqlashning yangi zamonaviy uslubiyatlari o’zlashtirilmoqda.
Viloyat laboratoriyalarini uslubiy boshqarish ANIDI tajribali
mutaxassislari
tomonidan amalga oshirilmoqda. Ko’rib chiqilayotgan
davrda ANIDI tuproq
monitoringi bo’limida tuproqlardagi ifloslantiruvchilarni aniqlash bo’yicha 6 ta
Rahbariy Hujjat ishlab
chiqildi, 10 dan ortiq yangi uslubiyat o’zlashtirildi.
Kuzatuv natijalari ichki va tashqi nazoratdan o’tmoqda.
Tuproq hosildorligini tashkil etish va boshqarishda biologik omillarni rolini
birinchilardan bo’lib, tuproqshunoslik fanining asoschilari V.V.Dokuchayev,
P.A.Kosto’chev va V.R.Vilyamsonlar baholab berganlar. Ular tuproq hayotida
biologik birikmalarni roli juda ham katta ekanligini isbotlab berdilar. Bu g’oya
keyinroq S.N.Vinogradskiy, Ye.N.Mishustin, M.M.Kononova, D.G.Zvyaginsev,
V.T.Yemsev, D.I.Nikitin va boshqa olimlarni izlanishlarida o’z rivojini topdi va
ancha-muncha aniqlik ham kiritdi. Ayniqsa Ye.N.Mishustin, D.G.Zvyaginsev,
V.T.Yemsev va boshqalar tuproq hosildorligida mikroorganizmlarni roli beqiyos
ekanligini isbotlab berdilar va shu tufayli mikrobbiokimyo asoslari tiklana
boshlandi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar o’zlarining faoliyati va massasi
bilan tuproq hosildorligini belgilashda asosiy rol o’ynashi aniq bo’lib qoldi.
Shunday ekan, har xil qishloq xo’jaligi tizimida tuproq hosildorligini oshirish va
uni saqlab turish, bu jarayonni boshqarish ko’p ma’noda, tuproqda
mikrobiologik jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog’liq. Qishloq xo’jalik
ekinlaridan unumli hosil ko’tarish jarayonini va tuproqda mikrobbiokimyoviy
jarayonlarni boshqarish qishloq xo’jalik fanida yangi yo’nalish - tuproq
mikrobbiotexnologiyasini paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yo’nalish tuproq
sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o’rganish va boshqarish muammolariga
58
(stabilizasiya) borishi bilan almashib turadi. Boshqacha qilib aytganda bir
vaqtda mikrob massasi tez o’zgaradi, ba’zi-bir vaqtda esa o’zgarmasdan
turadi
va x.k. Tuproqning mikrob senozi (tarkibi) - bu biosferaning o’ziga xos reaktiv
komponentidir. Uning yuqori reaktivligi fiziologik xilma-xilligi, o’sish tezligi,
polifunksionalligi, oqibat
natijada esa modda almashinuvi, mineralizasiyalanishi
jarayonidagi beqiyos ishtiroki bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: