Kartografiya va geovizuallashtirish


-rasm.Izoliniyalar yaratish jarayoni



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

5.2-rasm.Izoliniyalar yaratish jarayoni 
Izoliniyalar  orqali  yuzalarni  yaratishda  dastlab  bir  xil  balandlikka  ega 
bo‗lmagan  nuqtalar  tanlab  olinadi  (5.2-rasm,  yuqori  qismida).  So‗ngra  yuzani 
yaratish uchun bir xil qiymatga ega bo‗lgan balandliklar soya nur (otmivka) orqali 
rang shkalasi ajratib chiqiladi (5.2-rasm, pastki chap qismida). Bir xil balandlikka 
ega  rang  shkalasidan  gorizontallar  hosil  qilinadi  (5.2-rasm,  pastki  o‗ng  qismida). 
Shuning  uchun  ham  odatda  interpolyatsiya  usulidan  foydalanib  biror-bir  nuqtada 
turgan holda qiymati ma‘lum bo‗lmagan joylar qiymati ma‘lum bo‗lgan balandlik 
nuqtalari orqali aniqlangan. 
Ta‘kidlab  o‗tish  joizki,  hatto  bugungi    kunda  masofadan  zondlash 
ma‘lumotlari imkoniyatlari ham turlicha natijalarni bermoqda. Shuning uchun ham 
er  yuzasidagi  har  bir  nuqtaning  aniq  qiymatini  ololmaymiz.Aynan  shu  sababli 
interpolyatsiya usuli yuzani tasvirlashda hozirgacha juda muhim usul hisoblanadi. 
Zarur  bo‗lgan  obyektning  yoki  atributning  yuza  tasviri  yaratilganidan  so‗ng 
(yuzalar  odatda  rastr  ma‘lumotlaridan  yoki  TNT-Triangulyatsiyalangan  notekis 
tarmoqdan  olinadi)  mutaxassis  qaysi  gorizontalni  kartada  tasvirlash  kerakligini 


 
 
94 
tanlaydi,  kompyuter dasturlari orqali  esa har  bir  qiymatning  o‗rnini  aniqlagan  va 
nuqtalarni birlashtirgan holda gorizontallarni chizib chiqadi.  
Biroq karta tuzishda, kartada gorizontallarni tasvirlashda bir nechta omillarni 
inobatga olish kerak. Chunki hudud relefi kartada gorizontallar orqali tasvirlangan 
bo‗lsa,  joy  balandligi  to‗g‗risida  yuqori  aniqlikda  ma‘lumot  olish  imkoniyatini 
beradi.Lekin  o‗quvchilar  gorizontallar  orqali  yuzaning  shaklini  tasavvur  qila 
olishmaydi  (5.3-rasm,  chapda).  Amaliyotda  esa  gorizontallar  orasini  ma‘lum 
o‗zgarib  boruvchan  ranglar  bilan  to‗ldirish  o‗quvchilar  uchun  relef  shakli  haqida 
aniq tasavvurga ega bo‗lishi kuzatilgan (5.3-rasm, o‗ngda).  
 
5.3-rasm.Gorizontallar orasini ranglar ketma-ketligi bilan to‗ldirish: 
yuzani gorizontallar bilan tasvirlash (chapda), 
gorizontallar orasini ranglar bilan to„ldirish (o„ngda) 
Kartalarda  relefni  tasvirlashda  gorizontallar  intervalini  tanlash  juda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Chunki  ularning  noto‗g‗ri  tanlanishi  yuzadagi  zarur  relef 
elementlarida  ba‘zi  bir  kamchiliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Masalan, 
gorizontallar  oralig‗i  juda  kichik  qilib  tanlanganda  kartaning  o‗quvchanligi 
pasayib,  zarur  bo‗lgan  ma‘lumotlarni  etkazib  bera  olmaydi  (5.4-rasm,  chapda). 
Agar  gorizontallar  intervali    katta  qilib  tanlanadigan  bo‗lsa,  unda  o‗quvchi 
yuzaning  muhim  relef  elementlarini  ko‗ra  olmay  qolishi  mumkin  (5.4-rasm, 
o‗ngda), ayniqsa, atributlarning sekin o‗zgaradigan qismlarida (masalan, vodiyning 
chuqur qismini tasvirlashda). 
5.4-rasm.Gorizontallar intervalini tanlash: 


 
 
95 
interval oralig„i juda kichik (chapda), interval oralig„i juda katta (o„ngda) 
 
Gorizontallar  chizishning  boshlang‗ich  nuqtasi  balandligini  tanlash  ham 
kartada  tasvirlanadigan  tafsilotlarni  ochib  berishi  yoki  yashirishi  mumkin. 
Masalan,  5.4-rasm,  o‗ng  tomonda  keltirilgan  kartaning  o‗ng  yuqori  burchagidagi 
orolda  gorizontallar  ma‘lum  balandliklar  oralig‗ida  aks  ettirilgan  bo‗lsa-da,  chap 
tomonda  kartadagi  noto‗g‗ri  tanlangan  balandlik  tufayli  boshlang‗ich  gorizontal 
tasvirlanmay qolgan.  

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish