1.2. Kompyuter tarmoqlarida kartaga olishda telekommunikatsiyaning
roli
Mamlakatda hozirgi kunda kuzatilayotgan yagona telekommunikatsiya
makonini yaratish kompyuterlashtirish jarayonlari bilan chambarchas bog‗liqdir.
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi jarayonidagi muammolarga
tarmoqlarda qo‗llaniladigan protokollarning o‗zaro mos kelmasligi, turli-tumanligi,
ma‘lumotlarni uzatish va tarmoqda qabul qilish jarayonida mamlakat ichida
telekommunikatsiya qurilmalarini takomillashtirish va tarmoqqa oid dasturiy
ta‘minot darajasi pastligi, shu bilan birga bu yo‗nalishda faoliyat ko‗rsatuvchi
xorijiy kompaniyalarning ekspansiyasi kabilar asosiy sabab tarzida ko‗rsatiladi. Bu
qiyinchiliklarni engib o‗tishda dastlabki qadam sifatida davlat miqyosida
ma‘lumotlarni uzatish jarayonida umumiy standart sifat ko‗rsatkichlariga ega
bo‗lgan protokollarni joriy qilishdan boshlash kerakligi ta‘kidlanadi, shuningdek,
bunda dasturiy mahsulotlar va apparat ta‘minoti bo‗yicha mahalliy ishlab
chiqaruvchilar faoliyatini takomillashtirish talab qilinadi. Bu jarayonda kompyuter
tarmoqlarini kengaytirishda nisbatan kengroq ko‗lamdagi foydalanuvchilarni jalb
etishga qaratilgan siyosat olib borish ham etarlicha ijobiy samara berishi qayd
qilinadi.
10
Bularning barchasi mamlakat ichida «internetlashtirish» jarayonlarining
nozik jihatlari hisoblanib, tarmoqlarning rivojlanishi bevosita aloqa kanallaridan
tortib tarmoqlarning geografik joylashish xususiyatlari va xizmat narxlarigacha
bog‗liq. Mavjud tarmoqlardagi qayta yuklanish jarayoni ma‘lumotlar uzatilishining
0,4 Kbit gacha susayishiga sabab bo‗ladi. Bundan tashqari, internet orqali nafaqat
geotasvirlarni olish, balki shu bilan birga matn holidagi axborotlarni ham qabul
qilish talabi mavjud.
Yangi paydo bo‗lgan obyekt turli xil atamalar bilan nomlangan: oddiy
tarzdagi «telekommunikatsiya tarmoqlari kartografiyasi», «axborot makonini aks
ettirish», «internet geografiyasi»dan tortib, e‘tiborni o‗ziga tortuvchi «kiber
makonning kartografiyasi» kabi nomlar bilan aks ettirilgan. Bunda gap xizmatlar
sohasi, ilm-fan va madaniyat, hatto ma‘lum bir ma‘noda xalqaro aloqalarda va
mehnatni taqsimlash jarayonlarida kartografiya kabi turli xil sohalarning kesishish
chegaralarida yotuvchi mavzuga oid kartografiya masalalari yo‗nalishlari haqida
bormoqda.
Kartografiya va Er haqidagi bilimlarda inventarizatsiya, baholash,
rivojlanishni prognoz qilish va tarmoqlar yordamida boshqarish kabilar asosiy hal
qilinishi kerak bo‗lgan masalalar majmuasini tashkil qilib, bunda tarmoqlar
ularning topologik xususiyatlariga bog‗liq holda o‗ziga xos geografik obyekt
hisoblanadi. Umumiy holatda ularning tashkil etilishi chiziqli elementlari
xususiyatlarining ko‗pgina jihatlariga bog‗liq ravishda aniqlanib, bular bevosita
moddalar oqimi, energiya va axborot oqimlari uzatilishida xizmat qiladi.
Tarmoqlar keng miqyosda tarqalgan bo‗lib, hatto bunda ushbu holatni tavsiflashda
«mintaqaviy, hududiy» («ekvatorial») va boshqa bir qator atamalardan ham
foydalaniladi, ushbu ko‗rinishda uning mavjudlik xususiyatlari belgilanadi.
Makon davomida tashkil etish va kartografiya nuqtai nazaridan olib
qaralganda tarmoqlarning eng asosiy va muhim xususiyati shundaki, ularda o‗zaro
bog‗liqlik holatlari yaqqol kuzatiladi. Boshqacha aytganda, ko‗pgina hollarda
chiziqli tarmoqlar o‗zaro bog‗langan tarzda aks ettirilib, hatto biri ikkinchisining
tarkibiga «biriktirilgan» holatda tashkil eti-ladi, bunda birinchi tarmoqning
11
xususiyatlari ikkinchi tarmoq uchun muhit vazifasini bajarishi mumkin.
Geografiyada bu ko‗rinishdagi holatlarga xohlagancha misol keltirish mumkin.
Masalan, gidrotarmoqlarni transport tarmoqlarining bir qismi sifatida qarash
mumkin yoki shahar yo‗llari tarmoqlari ─ yuzlab elektr tarmoqlar va telefon
tarmoqlari kabellari, kanalizatsiya suv quvurlari tarmoqlari va boshqa bir qator er
osti kommunikatsiya tarmoqlari strukturasi tarkibiga kiritilishi mumkin,
shuningdek, metropoliten er osti yo‗llari tolasimon-optik aloqa liniyalari yotqizish
tarmoqlari maqsadlarida foydalaniladi. Bu ko‗rinishdagi ko‗pgina tarmoqlar
strukturalarining o‗ziga xos xususiyatlari kompyuter tarmoq-larida kartalar
tuzishda qulaylik yaratish jihatlari hisobga olinishini talab qiladi.
Tarmoq konfiguratsiyalari turli xilda aks ettiriladi, masalan, tarmoqlanuvchi,
shoxlanuvchi tipda (tarmoq oqimlari tipida), kesishuvchi (yo‗l tarmoqlari),
qismlarga ega (ma‘muriy chegaralarga oid tarmoqlar), izopotentsial xususiyatga
ega tarmoqlar (izoliniyalar tarmoqlari) kabi ko‗rinishlarda ifodalanadi. Bunda
tarmoqlar qat‘iy tartibda bo‗lishi mumkin, ya‘ni geometrik jihatdan to‗g‗ri tashkil
qilingan va qat‘iy tartibda bo‗lmagan, bir-biri bilan bog‗langan va avtonom
turlarga bo‗li-nadi. Bundan tashqari, turli xil topologik joylashuv darajalari bilan
ham farqlanadi. Bu va boshqa ko‗pgina xususiyatlari tarmoq strukturalarining
kartografiyasi yo‗nalishiga tegishli bo‗lib, ularning evolyutsiyasi va boshqarilish
qonuniyatlarini o‗rganish davomida topomorfologiya va tarmoqlarning
topomorfometriyasipredmetlari yuzaga kelgan. Bu sohalar hozirgi kunga qadar
asosan yo‗l tarmoqlari strukturalari shakllanishi jarayonlarida qo‗llanilgan bo‗lsa,
endi esa undan telekommu-nikatsiya tarmoqlarini optimallashtirish va makonda
xususiyatlarini tahlil qilish jarayonlarida keng miqyosda foydalanilmoqda.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining kartografiyadagi ehti-moliy syujetlari
xilma-xilligi bilan tavsiflanib, inventarizatsiya, holatni baholash va kompyuter
tarmoqlarining istiqbollari kabi jihatlarni qamrab oladi. Hozirgi kunda gap asosan
quyidagi yo‗nalishdagi mavzular bo‗yicha borishi mumkin:
• hudud bo‗yicha liniya, kanal, aloqa markazlari, veb-serverlarni va umumiy
holatda tarmoq infratuzilmalarini joylashtirish;
12
• tarmoq trafiklari ─ ma‘lum vaqt davomida uzatiluvchi axborotlar hajmi,
yuklanish darajasi, oylar, haftalar va kunlar bo‗yicha trafik dinamik xususiyatlari
va boshqalar;
• tarmoqlarning funktsiyasi statistikasi: muloqotlar soni, so‗rovlar turlari,
tarqatilayotgan geotasvirlarning miqdori, axborot oqimlarining jadalligi;
• tarmoqlarning muhit bilan o‗zaro aloqasi, bunda ular qanday funktsiya
bajarishi, jumladan, geoaxborot yig‗iluvchi markazlar, raqamli ma‘lumotlar
bazalari, bilimlar bazalari va boshqalarning faoliyati nazarda tutiladi;
• turli xil jamoaviy va individual foydalanuvchilarning ta‘minlanishi
jarayonida tarmoqlarning hududiy tarqalish zichliklari va bunda kuzatiladigan
geografik qonuniyatlar;
• ruxsat etilish darajasi, etkazib berilish xususiyati, axborotlarning uzatilish
tezligi, boshqa texnik ko‗rsatkichlar, ko‗rsatkichlarning narxlari va yakuniy
holatda tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligini baholash;
• hududiy rivojlanish jarayonlarini prognoz qilish va rejalashtirish,
taqsimlashni optimallashtirish, tarmoqlar bilan ishlashda konfiguratsiyalar ustida
ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |