Kartografiya va geovizuallashtirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

 
 
4.1-rasm.Maket komponovkalardan namunalar: 
a  –  karta  nomi,  masshtabi,  legendasi  va  boshqa  ma‘lumotlarni  karta  ramkalari  ichida 
joylashtirish;  b  –  karta  nomi,  masshtabi  va  boshqa  ma‘lumotlarni  karta  ramkasidan  tashqarida 
joylashtirish; d – kartasi tuzilayotgan hududning turtib chiqqan joylarini karta ramkalarini uzib 
chiqarib joylashtirish; e – kesma (vrezka) kartani joylashtirish 
 
Professional  ko‗rinishdagi  karta  maketini  yaratish  uchun  nima  talab 
qilinadi?  Uni  amalga  oshirishda  quyida  keltirilgan  bandlarga  amal  qilish  yordam 
berishi  mumkin.  Ehtimoli  mavjud  bo‗lgan  barcha  holatlarning  ro‗yxati  tarkibini 
batafsil qarab chiqish lozim, jumladan: 
•  ishlab  chiqilgan  karta  maketining  joylashtirilishini  to‗g‗ri  amalga 
oshirish,  ya‘ni  maketning  joylashtirilishi  ro‗yxati  tarkibidan  tegishli  holatlarni 
qidirib topishni amalga oshirish;  
•  tanlab  olingan  holatlardan  qaysi  biri  boshqalaridan  farqli  ravishda  karta 
maketi tarkibiga kiritilishi kerakligini bilish; 
•  boshqa  mavjud  yaratilgan  kartalarni  o‗rganib  chiqish  va  ishlash  uchun 
biror uslubni tanlab olish;  
•  kartada  karta  maketining  qanday  qismlariga  alohida  e‘tibor  berish 
kerakligi va qanday qismlarning ahamiyati kamaytirilishi kerakligini aniqlash;  
• berilgan bandlar asosida boshlang‗ich konfiguratsiyani tanlash;  
• karta maketini joylashtirish;  
• teskari aloqaga kirishni amalga oshirish va talab qilingan vaziyatlarda uni 
takrorlash kerak.  


 
 
67 
Maketning  joylashtirilishi  ro‗yxati  va  alohida  qismlar  elementlari 
navbatdagi  bo‗limda  boshlang‗ich  ikki  qadamni  qo‗yish  uchun  imkon  beradi. 
Navbatdagi  beshta  bo‗limda  alohida  qismlar  elementlari  va  misollardan  keyingi 
o‗lchamlarda  aniqlashlar  kiritish  asosida  o‗zaro  aloqadorlik  printsipidan 
foydalanib,  maket  tarkibida  yuqorida  tanlangan  elementlarning  uslubiy  jihatdan 
o‗zaro  uyg‗unligini  tuzib  chiqishdan  tashkil  topadi.  Ushbu  o‗rinda  yuqori 
malakaga ega bo‗lgan kasbiy mahorat egasi karta maketini qanday yaratishi haqida 
qisqacha  umumiy  sharh  berish  maqsadga  muvofiq.  Maket  loyihasiga  alohida 
e‘tibor  bergan  holda  yakuniy  ravishda  katta  mehnatni  o‗ziga  yuklash  hisobiga 
kartograf,  ya‘ni  malakali  GAT  dasturlari  mutaxassislari  bu  masalani  qarab 
chiqishlari kerak.  
Karta  yaratilishida  dastlab  uni  nomlash  amalga  oshiriladi,  ya‘ni  ushbu 
asosda  kartadan  foydalanuvchilar  bu  nomni  o‗qishlari  bilanoq  besh  sekund  yoki 
undan kam vaqt davomida karta bilan shug‗ullanishga kirishishlari tabiiy. Kartada 
nomlashlar turli xil shevalardan foydalanilmagan ko‗rinishda, qisqa va tushunarli 
tarzda tanlanishi kerak. Kartaga ayrim shartli belgilashlar va shimolni ko‗rsatuvchi 
strelka kiritilishi uning tushunarlilik darajasini ta‘minlaydi.  
Shu  bilan  birga  kartaga  ayrim  qo‗shimcha  matnlar,  ma‘lumotlar,  hujjatli 
manbalar haqidagi ma‘lumotlar va albatta, sana kiritilishi kerak. Va nihoyat, maket 
ro‗yxati  tarkibi  qarab  chiqilganidan  keyin  unda  keltirilgan  holatlarning  karta 
tarkibida aks ettirilishi talab qilinganlari aniqlanib, soha mutaxassislaridan tashqari 
ushbu belgilar bilan tanish bo‗lmaganlar uchun nisbatan tushunarli bo‗lishi uchun 
kartada  ayrim  sohalarning  joylashish  o‗rni,  izohlashlar  ko‗rsatiladi.  Kartograf 
qandaydir qismlarni tarkibga kiritish yuzasidan birinchi navbatda o‗z hamkasblari 
maslahatiga e‘tibor qaratishi va unga amal qilishi lozim. Ayrim soha kartalarining 
masshtablarini  o‗zgartirib  ko‗rsatish  kerakligi  haqida  takliflar  kiritishi  mumkin. 
Ushbu  holatda  kartograf  karta  maketida  uyg‗unlikni  ta‘minlash  bo‗yicha  turli 
usullardan  foydalanishning  ikkinchi  bosqichiga  o‗tishi  kerak.  Bunda  kartograf 
karta maketi tarkibida asosiy qismlarning o‗zaro bog‗liqligiga e‘tibor bergan holda 
kartani tuzib chiqishni amalga oshiradi. Bu holatda kartada undan foydalanuvchilar 


 
 
68 
auditoriya  talablarini  hisobga  olgan  holda  nomlanishning  sekundlar  davomida 
ilg‗ab  olinishi  bo‗yicha  ish  tutilishi  va  asosiy  qismlardan  keyin  qolgan  qismlar 
kiritilishi amalga oshirilishi kerak.  
Albatta,  ushbu  ishlar  amalga  oshirilganidan  keyin  maxsus  GAT  dasturiy 
ta‘minoti  yordamida  kartani  tuzib  chiqish  yakunlanadi  va  yakuniy  holatda  karta 
nashr  qilishga  tayyor  shaklga  keltiriladi.  Kartograf  o‗z  hamkasblari  tomonidan 
bildirilgan  taklif  va  mulohazalar  asosida  ayrim  qo‗shimcha,  tuzatishlar  va 
o‗zgartirishlarni  kiritganidan  keyin  kartani  yana  bir  marta  qayta  ko‗rib  chiqib, 
so‗ngra  yakuniy  kartografik  asarni  tayyor  deb  hisoblashi  mumkin.  Shuningdek, 
karta  maketini  yaratishda  talab  qilingan  vaqt  sarfi  ushbu  maket  asosida  ikkinchi 
maketning  yaratilishida  juda  kichik  qismni  tashkil  qilishi  mumkin.  Hatto    juda 
tajribali kartograf uchun ham kasbiy mahorat darajasida karta loyihasini tayyorlash 
jarayoni ko‗p vaqtni oladi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish