4-bob. KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH
4.1. Maket komponovka
Hozirgi davrda insonlarning kundalik hayoti va faoliyatida geografik
kartalarning ahamiyati nihoyatda katta. Birorta ilmiy asar yoki darslik er
yuzasidagi voqea va hodisalarning hududiy tafsilotlarini kartadek mufassal
tasvirlab bera olmaydi. Kartada faqat er yuzasida ro‗y berayotgan voqea va
hodisalar emas, balki atmosferada bo‗layotgan hodisalar (shamollar, yog‗in-
sochinlar, bulutliklar, bosim, quyosh radiatsiyasi va h.k.), er ostidagi hodisalar (er
osti suvlari va ularning harakati, sifati, geologik jarayonlar, zilzilalar va boshqalar),
sezgi organlarimizga ta‘sir qilmaydigan hodisalar (er magnetizmi, magnit
strelkasining og‗ish burchagi), kosmosdagi tafsilotlar va ularning harakati
(osmon yulduzlari va Oydagi o‗zgarishlar) ham tasvirlanishi mumkin.
Hozirda inshootlarni qaerda qurish masalasi bilan bog‗liq bo‗lgan ishlarning
birortasini kartasiz rejalashtirish va bajarish mumkin emas. Mamlakatimiz
boyliklarini o‗rganish va ulardan to‗g‗ri foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini
to‗g‗ri joylashtirish, tabiatni muhofaza qilish ishlarini bajarish va harbiy ishlarni
olib borishda kartaning o‗rni nihoyatda beqiyosdir. Karta armiyaning ko‗zi, deb
bejiz aytilmagan.
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo‗lib, tasvirlanayotgan
hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning
joylanish xususiyatlarini, ularning o‗zaro bog‗liqligini, hatto o‗zgarishlarini
prognoz qilib tasvirlab berishi mumkin.
―Karta‖ atamasi o‗rta asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu atama
lotincha ―shartes‖ so‗zidan olinib, papirus qog‗ozi varag‗i degan ma‘noni
bildiradi.
Hozirgi vaqtda ―karta‖ atamasi dunyoning turli davlatlari tillarida ishlatilib
kelinmoqda. Masalan, frantsuzcha – saye, nemischa – kaye, italyancha – saya,
gollandcha – kaap va h.k. Shu bilan bir qatorda bu atama o‗rniga bir nechta
davlatlarda boshqa atama, ya‘ni “mappa” so‗zi ishlatilib, polotnoning bir
bo‗lagi degan ma‘noni bildiradi. Masalan, inglizlar mar deb ataydilar. Ba‘zi
65
mamlakatlarda ikkala atama, ya‘ni inglizlar “say” so‗zini dengiz va
aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar esa “say” atamasini faqat dengiz
kartalarida ishlatadilar. Ba‘zi mamlakatlarda butunlay boshqa atamalar, masalan,
vengerlar echker (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar.
Vaqt o‗tishi bilan kartografiya fanining ta‘rifi ham takomillasha bordi.
Yaqin vaqtlargacha kartografiya geografik kartalar to‗g‗risidagi fan deb, uning
asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va ulardan foydalanish yo‗llarini
o‗rganishdan iborat, deb kelingan. So‗nggi vaqtlarda kartografiya fanining
o‗rganish obyekti to‗g‗risida turli xil yondashuvlar paydo bo‗lib, ba‘zilar dunyoni
bilish va fikrlash desa, boshqalar dunyoni o‗rganish manbai va ma‘lumot beruvchi
demoqdalar. O‗tgan asrning 80-yillaridan esa geoinformatika, ya‘ni Er va jamiyat
fanlari to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi fan, deb qaraganlar ham bo‗ldi.
Karta katta mehnat evaziga vujudga keltiriladi, bu loyiha ustida anchagina
vaqt sarflanadi, qancha ter to‗kiladi, mashaqqat chekiladi. Tan olish kerakki,
ushbu vaziyatda chegaraviy darajada muhim ahamiyatga ega bo‗lgan elementlar
batafsil ifodalanmagan hisoblanadi (kartaning asosiy elementlari kiritilmagan), o‗z
navbatida, elementlarning asosiy karta yoki kartalar atrofida va uning chegarasida
to‗liq uyg‗unligi ta‘minlanmaganligi qayd qilinadi, bu holat mehnat mahsuli
bo‗lgan ushbu kartaning qiymati yo‗qqa chiqarilishi, foydalanish mumkin
bo‗lmagan yaroqsiz ma‘lumotga aylanishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Kartada joylashtirilish tartibi (maket) alohida diqqatga sazovor jihat bo‗lib,
bu holat kartaning asosiy strukturasi sifatida kartadan foydalanuvchilar uchun
tushunarli ko‗rinishdagi ma‘lumotlarni ta‘minlab beruvchi, barcha elementlarni o‗z
ichiga oluvchi komponovka hisoblanadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |