Kartografiya va geovizuallashtirish


-bob. KARTA DIZAYNI VA GATDA VIZUALLASHTIRISH



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

2-bob. KARTA DIZAYNI VA GATDA VIZUALLASHTIRISH 
2.1. Kartografik  ma‟lumotlarni tasvirlash  usullari 
Kartadan  foydalanish  uchun  uning  mazmunini  o‗qib  tushunish,  ya‘ni  karta 
to‗g‗risida  to‗liq  ma‘lumot  olish  va  kartaning  o‗quvchanligini  oshirish  uchun 
kartaning  tilihisoblangan  shartli  belgilar  to‗g‗risida  foydalanuvchi  to‗liq 
tasavvurga ega bo‗lishi kerak. 
Kartadagi  belgilarning  asosiy  vazifasi  tasvirlanayotgan  voqea  va 
hodisalarning  o‗rnini,  turini  (zavod,  suv  ombori,  gaz  quvuri,  shaharning  o‗rni), 
miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, etishtirilgan yalpi 
paxta hosili), sifatini (sho‗r bosgan joylar, quduq suvining sifati, ko‗mirning sifati 
va  boshqalar),  tarqalish  xususiyatlarini  (aholi  zichligi,  migratsiyasi,  shamollar 
harakati,  geologik    jarayonlar)  ko‗rsatishdan  iborat.  Kartografik  belgilar  shartli 
belgilardan  mazmunining  kengligi,  aniq  shakli,  miqdor  va  sifat  ko‗rsatkichlari 
hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi. 
Dastlabki  kartalarda  voqea    va  hodisalar  suratlar  yoki  shakllar  bilan 
tasvirlangan,  bu  esa  kartani  o‗qishni  osonlashtirgan.  Masalan,  tog‗lar  perspektiv 
usulda  berilib,  shakl  yordamida  tasvirlangan,  aholi  yashaydigan  joylar  binolar 
shaklida,  o‗simliklar  ham  shakllariga  qarab  ko‗rsatilgan  (igna  bargli  va  yaproq 
bargli),  lekin  ularning  miqdor  va  sifat  ko‗rsat-kichlarini  aniqlash  mum-kin 
bo‗lmagan. Shuning uchun kartalardan to‗liq foydalanish maqsadida va mukammal 
ma‘lumot  olish  uchun  yangi  belgilarni  qo‗llash  zaruriyati  tug‗ilgan.  Tanlangan 
belgilar  geometrik,  badiiy  va  an‘anaviy  shakllarda  bo‗lganligi  uchun    ma‘lum 
darajada mazmunni anglatadi.  
Lekin kartada hamma predmetlarning ham aniq o‗rnini kartaning masshtabi 
asosida  tasvirlash  mumkin  emas,  chunki  ularning  egallagan  maydoni  juda  kichik 
bo‗lib, masshtab asosida ko‗rsatilsa, o‗qish mumkin bo‗lmay qoladi.  


 
 
30 
Shuning uchun bunday predmet-
lar  (tafsilotlar)  masshtabsiz  belgilar 
bilan  ko‗rsatiladi,  masalan,  temir 
yo‗llar,  elektr,  tele-fon  simlari,  gaz 
quvurlari va h.k. 
Hozirgi 
vaqtgacha 
ishlatila-
yotgan hamma belgilar turg‗un holatda 
tasvirlanib  kelingan  bo‗lsa,  elektron 
texnologiyaning  kartografiyaga  kirib 
kelishi  bilan  o‗zgaruvchan  (dinamik) 
shartli  belgilardan  foydalanilmoqda. 
Bunday  belgilar  harakatlanadigan  belgilar  bo‗lib,  kompyuterni  kartografiyada 
qo‗llashda, ya‘ni animatsiya holatida foydalaniladi hamda nuqta,  chiziq, maydon 
shaklida va rangli bo‗ladi. 
Belgilarningroli  faqat  axborot  berish  bilan  chegaralanmaydi.  Belgilar  faqat 
yozib  yoki  chizib  qo‗yish  emas,formalistik  va  tizimga  solish  imkoniyatidan 
foydalanishi mumkin. Undan fikrlash funktsiyasi sifatida ham foydalanish, uning 
yordamida  bir  shakldan  ikkinchi  shaklga  o‗tishni  va  o‗lchash  ishlarini  bajarish 
mumkin.  Ilmiy  tushunchalarni  tashkil  qilishda  va  ulardan  foydalanishda 
belgilarning imkoniyatlari katta. 
Kartalarni tuzishda kartograf belgilarni tanlashda ularning shakliga, holatiga 
va  rangiga  e‘tibor  berib,  o‗zining  badiiy  bilimdonligidan  foydalanishi  mumkin. 
Standart    shartli  belgilar  topografik  kartalar  uchungina  qabul  qilinib,  mavzuli 
kartalardan  faqat  geologik  kartalarni  tuzishda  ishlatiladi.  Bundan  tashqari, 
aeronavigatsiya,  dengiz  navigatsiyasi  kartalarida  va  tuproq  kartalarida  ham 
ishlatiladi. 
Kartografik  belgilarda  xilma-xil  ko‗rsatkichlarni  tasvirlashda  geometrik 
shakllar eng ko‗p ishlatiladi. Masalan, to‗rt-burchak shaklining balandligi miqdor 
ko‗rsatkichlarni,  to‗rtburchak  shaklining  yuzasi  maydonni,  kub  hajmni,  doira 
miqdor va sifat ko‗rsatkichlarini ifodalaydi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish