Kartografiya va geovizuallashtirish


Tavsiya  berish  kartalari



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

Tavsiya  berish  kartalari  –  ular  baholash  va  prognoz  qilish  kartalarining 
mantiqan  davomi  bo‗lib,  o‗zida  hududda  biror-bir  aniq  amaliy  vazifani  echish 
uchun ko‗rsatma, tavsiya berish va muayyan bir tadbirni tasvirlaydigan kartalardir. 
Masalan, cho‗l zonalaridagi erlarning sho‗rini yuvish yoki hududlarning namligini 
qochirib, ishga yaroqli qilish tav-siyalari va h.k.  
Raqamli  kartalar  –  umuman  olganda,  bu  kompyuter  xotirasida 
saqlanadigan, avtomatik ravishda hosil qilinadigan, turli vizual masalalarni o‗zida 
avtomatik  echadigan  tasvirlarning  (masalan,  kartografik,  navigatsion  va 
boshqalarning)  raqamli  yozuvidir.  Raqamli  kartografiya  standarti  raqamli  kartani 
kartografik  generalizatsiya  qonuniyatlari  asosida  qabul  qilingan  proektsiyada 
koordinatalar  va  balandliklar  sistemalarida  hosil  qilingan  er  yuzasining  raqamli 
modeli, deb ta‘riflaydi. 
Kartalar  maqsadiga  ko‗ra  ham  har  xil  tiplarga  bo‗linadi.  Ba‘zan  kartalar 
faqat bitta maqsad uchun foydalaniladi. O‗quv kartalari faqat o‗quv ishlari uchun 
ishlatilib, geografiya va tarix fani dasturiga moslab tuziladi. Turli maqsadlar uchun 
juda ko‗p kartalar tuzilmoqda. Ular keng kitobxonlar uchun mo‗ljallangan bo‗lishi 
mumkin.  Bunday  kartalar  ko‗proq  umumgeografik  kartalar  bo‗lishi  mumkin, 
masalan,  Dunyo  geografik  kartasi  yoki  O‗zbekistonning  tabiiy  kartasi.  Shu  bilan 


 
 
27 
birga  maxsus  mavzular  uchun  ham  kartalar  tuziladi,  masalan,  turizm,  avtomobil 
yo‗llari,  ilmiy  tadqiqot  ishlari  uchun  tuziladigan  kartalar.  Sportchilar  uchun 
maxsus sport orientirlash kartalari shular jumlasidandir.  
Har  qanday  karta  tiplari,  turlari,  ishlatilishi,  maqsadli  bo‗lishi  bilan  birga 
bitta karta tizimi asosida yaratiladi. Ular masshtabi, maydoni, maqsadi, strukturasi, 
dinamik  tuzilishi  va  foydalanishi  har  xil  bo‗lsada,  bir  xil  tizim  asosida  tuziladi. 
Respublikamizda  hozirgi  vaqtda  ishlatib  kelinayotgan  kartalar  maxsus 
nomenklatura asosida olib borilishi kerak. Mayda masshtabli kartalar: 
•  1:1  000  000  –  maxsus  nomenklatura  asosida  yaratilib,  obzor-topografik 
kartalar deb yuritiladi;  
•  1:2  500  000  –  ko‗proq  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  va  milliy  atlas  tuzishda 
ishlatiladigan kartalar; 
•  1:3  500  000  va  1:4  000  000  masshtabli  kartalar  o‗quv  atlaslarida 
foydalanishga mo‗ljallangan;  
• 1:5 000 000; 1:7 500 000 va 1:10 000 000 juda mayda masshtabli kartalar, 
ular ham asosan atlas tuzishda foydalaniladi. 
Oliy maktablar uchun kartalar yaratilgani yo‗q, lekin shunday kartalar yaratish 
vaqti etib keldi. 
Hozirgi  vaqtda  ―Kartografiya‖  fabrikasida  umumta‘lim  maktablari  uchun 
1:1500000  masshtabli  kartalar  chop  etilmoqda.  Bularda  asosan  respublikamiz 
hududi  tasvirlanmoqda.  Lekin  bu  masshtabdagi  kartada  respublikamizning  ba‘zi 
hududlarini,  ayniqsa,  Farg‗ona  vodiysi  va  Xorazm  viloyatini  o‗qib  tushunish  
nihoyatda  qiyin.    Shu  bilan  bir  qatorda  viloyatlar  va  iqtisodiy  hamda  tabiiy-
geografik rayonlarning kartalari chop etil-moqdaki, ularning ham masshtablari har 
xil  bo‗lib,  bir  tizimga  solinmagan.  Umuman  olganda,  respublikamizda  chop 
etilayotgan kartalarning masshtab tizimini ishlab chiqish zarur. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish