Internet GAT dinamik tizim. Internet GAT tarmoq bo‗ylab tarqalgan tizim
bo‗lganligi sababli ma‘lumotlar bazasi va amaliy dasturlar ularni nashr qiladigan
tomonda joylashgan. Ushbu ma‘lumotlar va amaliy dasturlar ularni boshqaradigan
kishilar tomonidan yangilanib boriladi. Ma‘lumotlar va amaliy dasturlar
yangilangandan so‗ng ular internetda barcha uchun mavjud bo‗ladi. Boshqacha
qilib aytganda, internet GAT manbalar bilan dinamik tarzda bog‗langan. Manba
yangilanganda GAT ham bevosita yangilanadi. Manbalar bilan dinamik tarzda
bog‗lanish ma‘lumotlarni va dasturlarni har doim zamonga mos tarzda saqlaydi.
Bundan tashqari, internet GAT real vaqt ma‘lumotlariga ham bog‗lanishi mumkin,
masalan, kosmik suratlarga, transport yo‗llaridagi harakatlarga va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |