Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishining amaliy ahamiyati
shundan iboratki, ko‘pgina nazariy tadqiqotlar, xulosa va takliflar aniq uslubiy
tavsiyalargacha yetkazildi hamda bu tavsiyalar mintaqa doirasida turizmni
rivojlantirish uchun turizmni boshqaruv organlari va shahar ma‘muriyati
tomonidan foydalanilishi mumkin. Ishning xulosa va tavsiyalari turizm sohasi
nazariyasi hamda amaliyotdagi keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Ishning natijalaridan oliy va o‘rta maxsus kasb ta‘lim tizimida turizm va xizmatlar
sohasiga iqtisodchilar, menejerlar, marketologlar, turoperatorlarni tayyorlashda
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |