4.4. Havoni kompleks changsizlantirish tadbirlari Zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan shaxtalarda ko‘mirni qazish va tashish jarayonlarining bajarilishida foydali qazilma- ning maydalanishi va chang ajralib chiqish intensivligi yuqori b o‘lishi kuzatiladi. Qazish kavjoyida chang bostirish vositasidan 30
foydalanilmaganda qazish kavjoyidagi (kavjoydan ajralib chiqqan chang b o ‘yicha) havoning changlanganlik darajasi 6000 m g/m 3 ni tashkil etishi mumkin. Bunday sharoitda bironta changga qarshi kurash usulidan alohida foydalanish havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan konsentratsiyasini ta’minlay olmaydi. Shu sababli changga qarshi kurashning samaradorligiga mavjud changga qarshi kurash usullari va vositalaridan kompleks foydalanish